Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
O’zbekistonda demokratik jamiyatga o’tishning o’ziga xos xususiyatlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’RUZA MASHG’ULOTLARI 4- MAVZU. QONUN USTUVORLIGI – HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATI QURIShNING ASOSI REJA
- Tayanch iboralar
- Sud hokimiyatining mustaqilligi – qonun ustuvorligining asosiy belgisi.
O’zbekistonda demokratik jamiyatga o’tishning o’ziga xos xususiyatlari O’tish davrining umumiy qonuniyatlari O’zbekiston uchun ham umumiylikka egadir. O’tish davrining boshlanishi amaldagi siyosiy hokimiyatning tugatilishi, uning zaminida iqtisodiy hokimiyatning tugatilishi, uning zaminida iqtisodiy sohadagi islohotlarning amalga oshirilishi uchun zamin tayyorlash va oldingi tizimning mavjud ma’naviy – mafkuraviy zo’rovonligidan qutilish bilan xarakterlanadi. Ular qaysi darajada bo’lishidan qat’iy nazar, demokratik tamoyillar asosida rivojlanish yo’lida tanlangan barcha mamlakatlar uchun umumiy zaruriyat hisoblanadi. Ammo hamma masala o’tish davri mobaynida amalga oshiriladigan vazifalar strategiyasini belgilash, ularni hal qilishning mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni reallikka aylantirish kabilarda har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’ladi. Bir mamning yohud bir necha mamlakatlarning o’tish davrida qo’llanilgan tajribalarni aynan ikkinchi mamlakat qo’llay olmaydi. Chunki demokratik jamiyatga o’tishda nafaqat mamlakatlarning taraqqiyot darajalari belgiloqchi ahamiyatga ega bo’ladi, xuddi shuningdek, har bir mamlakatda yashayotgan xalqning mentalitetini hisobga olish ham muhim ahamiyatga molikdir. Uni hisobga olmaslik esa pirovard maqsadga erishish imkonini bermaydi. Shu sababdan ham O’zbekistonda uning o’ziga xos bo’lgan evolyusion tadrijiy yo’li ishlab chiqiladi. Bu yo’lning O’zbekiston uchun eng maqbul yo’l ekanligini Prezident Islom Karimov tomonidan ilmiy asoslandi va uning konseptual g’oyalarini fundamental tarzda bosqichma – bosqich amalga oshirishga kirishiladi. Bu yo’l Prezident tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilda o’z ifodasini topdi. Xuddi ana shu tamoyillarni tavsiflab, Prezident shunday ta’kidlagan edi: “Shuni alohida ta’kidlash zarurki, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojeali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyusion yo’l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish – tanlab olishga asosiy mazmuni va mohiyatidir” 12 . Bu bosh g’oyani Prezident Islom Karimov jahon mamlakatlarining tajribalarini chuqur tahlil qilish asosida ilgari suradi va O’zbekistonga xos o’tish davri modelini ishlab chiqishda uning dunyodagi bironta ham davlatlardagi modellariga aynan o’xshamasligiga asosiy e’tiborni qaratdi. U mamlakatimiz o’z mustaqilligini endigina qo’lga kiritgan va mustaqillikka qarshi xavf hali batamom tugamagan sharoitda – 1992 yilda bu konseptual g’oyani ilgari surdi. O’zbekiston mustaqillik yillarida demokratik jamiyatga o’tishning uchta bochqichini bosib o’tdi. Ularning har biri Prezident Islom Karimov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi chaqiriq VI sessiyasida (1996 yil 29 avgust) “Hozirgi bochqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari”; birinchi chaqiriq XVI asrga igtilmoqda” (1999 yil, 14 aprel) va nihoyat, Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq IX sessiyasida “O’zbekiston demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari” (2002 yil 29 avgust), Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shimcha majlisidagi “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasi va isloh etishdir” (2005 yil 28 yanvar) ma’ruzalari ko’rsatib berildi. 12 Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – Т.: O’zbekiston, 1999, 39 – bet. Albatta, ana shu bosqichlar biri ikkinchisidan keskin farq qilmasa – da, ularning negizidagi asosiy g’oya demokratik jarayonlarning olg’a tomon rivojlanishini ana ma’lum bir vaqtga kelganda bu jarayonga yangi kuch, qudrat hamda faollik baxsh eta olishini ifodalaydi. Chunki jarayonlar izchillik bilan tahlil etilmasa, undagi asosiy muammo aniqlanmasa va istiqboldagi vazifalar belgilanmasa, rivojlanish ham bo’lmaydi. Shu ma’noda ham Prezident demokratik qurish borasidagi vazifalarni “chuqurlashtirish” (1996 yil) “Erkinlashtirish” (1996 yil) va “demokratik o’zgarishlar orqali fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish” (2002 yil), “mamlakatni modernizasiyalash orqali jamiyatni demokratlashtirish” (2005 yil) kabi konseptual g’oyalar ifodalab bergan. Ammo bu – o’tish davri mustaqil ravishda bir necha bosqichlardan iborat ekan, degan xulosa kelib chiqishiga asos bo’lmasligi kerak. Chunki o’tish davrining o’zi mamlakatning turli tuzumlardan demokratiyaga o’tishdagi mustaqil oralig’i, ko’prog’i hisoblanadi. Yuqorida ko’rsatilgan bosqichlar o’tish davrining uzluksizligini ifodalaydigan ko’rsatgichdir. MA’RUZA MASHG’ULOTLARI 4- MAVZU. QONUN USTUVORLIGI – HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATI QURIShNING ASOSI REJA: 1. Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati. 2. Qonun ustuvorligini ta’minlash – huquqiy davlat barpo etishning asosiy mezoni. 3. Sud hokimiyatining mustaqilligi – qonun ustuvorligining asosiy belgisi. Tayanch iboralar: Konstitusiya, qonun ustuvorligi, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati, Ombutsman instituti, Sud hokimiyati, qonun oldida barchaning tengligi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin o’ziga xos bo’lgan taraqqiyot yo’lini – ya’ni, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan erkin, ochiq demokratik davlat qurish vazifasini asosiy maqsad qilib belgilab oldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o’tgandek: «Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz… Adolat va haqiqat g’oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog’i darkor. Adolat va haqiqat g’oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo’nalishi bo’lmog’i shart» 13 . Demokratik jamiyat qurish uchun mamlakatda qabul qilingan qonunlar adolatli bo’lishi, o’zida xalq manfaatlarini ifoda etishi, og’ishmay itoat etilsagina, 13 Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy istiqbolininh asosiy tamoyillari. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruza. 1995 yil, 23 fevral. “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” kitobida, 3 jild, - Toshkent: O’zbekiston, 1996 yil, 10 bet. jamiyatda demokratiya qaror topadi va mustahkam bo’ladi. Chunki barcha demokratik institutlar, inson huquq va erkinliklari qonun vositasida joriy etiladi. Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri – jamiyat a’zolarining qonun oldidagi tengligining, Konstitusiya va qonunlarning ustuvorligining ta’minlanganligidir. Shu bilan birga, Konstitusiya va qonunlarning provard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat bo’lmog’i lozim. «Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo’ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi» 14 . Konstitusiyaning 15 moddasiga muvofiq «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar». O’z faoliyatini Konstitusiya va qonunlarga muvofiq amalga oshirish sanab o’tilgan subyektlarning konstitusiyaviy burchi hisoblanadi. Agarda davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, mansabdor shaxslar yoki fuqarolar o’zlarining bu burchlarini bajarmasalar, ularga nisbatan tegishli javobgarlik choralari qo’llanishi mumkin. Konstitusiyaning 16 – moddasida mustahkamlangan qoidaga binoan «Birorta ham qonun yoki boshqa normativ – huquqiy hujjat Konstitusiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas». Agarda birorta normativ – huquqiy hujjat konstitusiyaga zid keladigan bo’lsa, u bekor qilinishi lozim. Konstitusiyaga binoan qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjatning konstitusiyaga mosligini qaysi organ nazorat qiladi, degan savolning tug’ilishi tabiiydir. Bu nazorat normativ huquqiy hujjatlar loyiha shaklida tayyorlangan vaqtida ularni huquqiy ekspertizadan o’tkazish orqali amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida»gi 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan qonuning 18 moddasiga muvofiq «Huquqiy ekspertiza normativ- huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organning yuridik xizmati, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi». Biroq bu borada demokratik tamoyilarni hayotga to’liq joriy etilishida ayrim jiddiy muammolar ham mavjud. Ulardan biri tom ma’nodagi sud mustaqilligiga erishishdan iboratdir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Sudlar tom ma’nodagi mustaqil bo’lgan holdagina qonunlarning qat’iy ijrosi, ularning haqiqiy ustuvorligi so’zsiz ta’minlanadi. Qayerda sud mustaqil bo’lmas ekan, shu yerda 14 Karimov I.A. Adolat qonun ustuvorligida. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oltinchi sessiyasidagi ma’ruza. 2001 yil 29 avgust. “Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak” kitobida, 10 jild, Toshkent: O’zbekiston, 2002 yil, 28 bet. qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar». Darhaqiqat, qonun ustuvorligini, insonning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlamasdan turib, demokratik va fuqarolik jamiyatini qurish haqida so’z yuritishga hyech qanday asos qolmaydi. Biroq bu borada demokratik tamoyillarni hayotga to’liq joriy etishida ayrim jiddiy muammolar ham mavjud. Ulardan biri tom ma’nodagi sud mustaqilligiga erishishdan iboratdir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Sudlar tom ma’nodagi mustaqil bo’lgan holdagina qonunlarning qat’iy ijrosi, ularning haqiqiy ustuvorligi so’zsiz ta’minlanadi. Qayerda sud mustaqil bo’lmas ekan, shu yerda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar». Darhaqiqat, qonun ustuvorligini, insonning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlamasdan turib, demokratik va fuqarolikjamiyatini qurish haqida so’z yuritishga hyech qanday asos qolmaydi. Fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirishda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) instituti muhim rol o’ynaydi 15 . Yer yuzida inson borki, u doimo o’z huquqi va erkinligini himoya qilish uchun imkoniyat izlagan. Ombudsmanning tashkil topishi esa, davlat bilan fuqaro o’rtasidagi munosabatlarga yanada aniqlik kiridi. Ombudsman fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qiluvchi, munosabatlarni nazorat qiluvchi vakildir. «Ombudsman» (Hombutsmen) shvedcha so’z bo’lib, «hukumat idoralari faoliyatini taftish, nazorat qiluvchi mansabdor shaxs yoki vakil» ma’nosini anglatadi 16 . Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) demokratik yo’ldan borayotgan jamiyatimizdagi inson huquqlari bilan bog’liq muammolarni hal qilishda faol ishtirok etmoqda. Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili Ombudsman 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan qonunda berilgan vakolatlariga muvofiq faoliyat ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda. Konstitusiyaga ko’ra, qonunlar Respublika Prezidenti tomonidan imzolanadi, boshqacha qilib aytganda, o’zining rasmiy tasdig’ini topadi. Agar Prezident qabul qilingan qonunda fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilmagan yoki u Konstitusiyaga zid deb hisoblasa, Konstitusiya 93-moddasining 14-bandiga muvofiq qonunga o’z e’tirozlarini ilova etib uni takroran muhokama qilish va ovozga qo’yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli. Agarda boshqa normativ-huquqiy hujjat, masalan, Vazirlar Mahkamasining qarori, vazirning buyrug’i, hokimning qarori, Konstitusiyaga yoki qonunlarga zid bo’lsa, respublika Prezidenti shu moddaning 13-bandiga muvofiq uni to’xtatishga yoki bekor qilishga haqli. «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi qonunning 26-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq «Hokimlarning O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat hujjatlariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 15 Xalilov E.H. O’zbekiston Respublikasining Parlamenti: Birinchi chaqiriq Oliy Majlisning faoliyati. – Т.: O’zbekiston, 1999, 11-17 betlar. 16 Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’ati. – Т.: Sharq, 1998, 179-bet. tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan to’xtatiladi va bekor qilinadi». Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, qonun ustuvorligini ta’minlashda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qonunchilik tashabbusi asosida inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar loyihalarining kiritilishi ham katta ahamiyatga ega. Sud hokimiyatining mustaqilligi – qonun ustuvorligining asosiy belgisi. Sudlar tomonidan davlat organlari huquqiy hujjatlarning Konstitusiyaga va qonunlarga mosligini nazorat qilinishi – sud organlarining vakolatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12 – moddasi «Davlat organining yoki fuqarolarning o’zini – o’zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish», deb nomlangan bo’lib, uning birinchi qismiga muvofiq «Davlat organlarining yoki fuqarolarning o’zini – o’zi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq bo’lmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxslarning fuqarolik hujjatlarini va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini bo’zadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin». Sud huquqiy hujjatni haqiqiy emas, deb qaror chiqargan taqdirda, bu qaror hamma davlat organlari va boshqalar uchun ham majburiydir. Chunki Konstitusiyaning 114 – moddasida «Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir», deb mustahkamlab quyilgan. Sud qaroriga ko’ra haqiqiy emas deb e’lon qilingan huquqiy hujjat–yuridik kuchga ega emas. Agarda biron–bir hujjatnining qonuniyligi to’g’risida sud qarori mavjud bo’lsa, usha hujjat yuzasidan fuqarolar yoki tashkilotlar sudga yana shikoyat qilishlari mumkin emas. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar tomonidan chiqarilgan normativ– huquqiy hujjatlarning konstitusiyaviyligi nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudga yuklatilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 109 – moddasiga muvofiq O’Zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi qonunlarning va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumat qarorlarining, davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga mosligini aniqlaydi. Konstitusiyaning ushbu moddasiga ko’rsatilgan normativ – huquqiy hujjatlarning Konstitusiyaga yoki qonunlarga mosligini umumiy yurisdiksiya yoki hujalik sudlari nazorat qilishga haqli emaslar. Ularning Konstitusiyaga mosligini aniqlash Konstitusiyaviy sudning mutloq vakolatiga kiradi. Shu yerda yana bir savol tug’iladi. Konstitusiyaviy sud faqatgina normativ- huquqiy hujjatlarning Konstitusiyaga msoligini nazorat qiladimi yoki normativ bo’lmagan individual huquqiy hujjatlarning ham Konstitusiyaga msoligini nazorat qiladimi? Bu to’g’rida Konstitusiyada ham, boshqa qonun hujjatlarida ham aniq ko’rsatilmagan. Ammo, O’zbekiston Respublikasining «Prokuratura to’g’risida»gi qonunning 13-moddasining oxirgi qismiga muvofiq «O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va boshqa hujjatlari (individual xususiyatga ega bo’lgan hujjatlar bundan mustasno) O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlariga zid bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudining qarori asosida bekor qilinadi» degan norma mustahkamlangan. Agar shu norma asos qilib olinadigan bo’lsa, fikrimizga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi Respublika Prezidentining individual xarakterga ega bo’lgan farmonlarining yoki Vazirlar Mahkamasining individual xarakterga ega bo’lgan qarorlarining Konstitusiyaga mosligini ham nazorat qilmasligi lozim. Prokuror qabul qilgan qarorlar ustidan, shuningdek, respublika Bosh prokurori qabul qilgan individual xarakterga ega bo’lgan buyruqlar va boshqa hujjatlar ustidan amaldagi qonun hujjatlarga ko’ra, sudga shikoyat qilish mumkin emas. Chunonchi, «Prokuratura to’g’risida»gi qonunning 7-moddasida prokuror qabul qilgan «qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin» degan qoida mustahkamlab qo’yilgan. Fikrimizcha, bu normaning o’zi Konstitusiyaga mos emas. Konstitusiyaning 44-moddasida «har bir shaxsga o’z huquq erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayri-qonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi», deb ko’rsatilgan. Agarda umumiy yurisdiksiya sudlarida yoki xo’jalik sudlarida Konstitusiyaning 109-moddasida sanab o’tilgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitusiyaga mosligiga shubha bo’lsa yoki bu masalada fuqarolarning shikoyatlari bo’lsa, Oliy sudning raisi, Oliy xo’jalik sudining raisi ushbu normativ- huquqiy hujjatning Konstitusiyaga mosligini aniqlab berishni so’rab. Konstitusiyaviy sudga murojaat qilishi mumkin. Bunday holda ular Konstitusiyaviy sudga murojaat qilishlari shartmi yoki bu ularning huquqlarimi, degan o’rinli savol tug’iladi. «O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to’g’risida»gi qonunning 19-moddasida muvofiq bu ularning huquqlaridir. Demak, ular xohlasalar Konstitusiyaviy sudga ko’rib chiqish uchun masala kiritadilar, xohlamasalar masala kiritmaydilar. Normativ-huquqiy hujjatlarni Konstitusiyaga mosligini nazorat qilishda ko’rsatib o’tilgan organlarning, jumladan, Konstitusiyaviy sudning vakolatlari muhim ahamiyat kasb etadi va mamlakatimizdagi islohotlarning keyingi bosqichlarida yana ham takomillashib boradi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, qonun ustuvorligi quyidagi uchala holat bo’lgandagina, o’zining to’liq ifodasini topadi. Birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-hujjatlar adolatga, inson huquqi va manfaatlariga asoslangan bo’lishi shart. Ikkinchidan, Konstitusiya, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniq bajarilishi zarur. Uchinchidan, barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitusiya va qonunlarga mos bo’lishi – qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy mexanizmlarini tashkil etadi. Demokratik jamiyatning muhim tamoyili bo’lgan qonun ustuvorligi mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati qurishning asosidir. Albatta, demokratik jamiyat qurish faqat qonun ustuvorligi bilan cheklanib qolmaydi, balki xalqimizning milliy-ma’naviy negizlariga tayanishni taqozo etadi va zaruriy sharti qilib qo’yadi. MA’RUZA MASHG’ULOTLARI 5- MAVZU. FUQARO ERKINLIGI VA FAOLLIGINI TA’MINLASH – DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH OMILI REJA: 1. Fuqaro erkinligi va faoligi tushunchalari. 2. O’zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish asoslari. 3. Fuqarolarning siyosiy madaniyati va faolligi. Tayanch iboralar: Fuqaro, fuqarolik, fuqarolik jamiyati, fuqarolik mas’uliyati, fuqaro huquqlari va erkinliklari, qonun uchtivorligi, qonuniy va huquqiy manfaatlar, inson, erkinlik, kuchli jamiyat, ijtimoiy guruh, jamoat tashkilotlari. Bugungi kunda “fuqaro”, “fuqarolik”, “fuqarolik jamiyati”, “fuqarolik mas’uliyati”, “fuqaro huquqlari va erkinliklari” tushunchalari demokratik rivojlanishning zaruriy shartlaridan bir – biriga aylanmoqda. Binobarin, demokratiya va fuqaro erkinligi hamda uning faolligini ta’minlash masalalari dolzarb bo’lib qolmoqda. Fuqarolik tushunchasi jamiyatning hozirgi davrigacha, ya’ni huquqiy davlat tomon rivojlanishida katta yulni bosib o’tdi. U jamiyatning demokratik rivojlanishida qulga kiritilgan ulkan yutuqlardan biri. Fuqarolik tushunchasi qadimiy Yunonistonda va Rimda mavjud bo’lsa – da, asosan feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga uta boshlaganda, hozirgi shaklida paydo bula boshladi va ilk bor “shaharlik” (fransuzcha “situayyan”, inglizcha “sitezen”, ruscha “gorojanin - grajdanin”) degan ma’nolarni anglatgan. Mustaqillik e’lon qilingandan so’ng, o’zbek tilida o’tmishdagi “grajdanlik” so’zi urniga “fuqarolik” degan atama qabul qilindi. Mustaqillik yillarida fuqaro erkinligi va uning faolligi masalasi demokratik jamiyat barpo etishning muhim shartlaridan biri sifatida e’tirof etila boshlandi. Shu urinda, erkinlik tushunchasini aniqlash ham zarurdir. Negaki, fuqaro erkin bo’lgan taqdirdagina, jamiyat taraqqiyotga erishadi. Ijtimoiy – siyosiy fanlarda va falsafada individlar erkinligi va ular irodasining erkinligi bir – biriga uxshash tushunchalar deb qabul qilinadi. Buning asosiy sabablaridan biri, huquqning o’zi odamlar erkinligining alohida shakli, ya’ni ular irodasining erkinligi ekanligi bilan belgilanadi. Shu nuqtai – nazardan “fuqaro erkinligi” tushunchasi ham politologik, ham huquqshunoslik fanlarining umumiy kotegoriyalari sifatida urganiladi. Demokratiya inson erkinligini qonunlar vositasida kafolatlaydi. Demak, demokratiyaning o’zi ochiq muhokama, ijtimoiy ziddiyatlarni ifoda etish va bartaraf qilish usuli sifatida fuqarolik va siyosiy huquqlar deklarasiyalarida qayd qilingan erkinliklarsiz mavjud bo’la olmaydi. Bu yerda so’z erkinligi va o’z fikrini erkin ifodalash huquqi, erkin uyushmalar tuzish huquqi, hayot tarzini o’zgartirish erkinligi va shaxsning xavfsizlikka bo’lgan huquqi to’g’risida ketmoqda. Ushbu huquqlar demokratiyaning asl mohiyatini tashkil qilgani bois, ular himoya qilinishi kerak. Xulosa qilib aytganda, insoniyat borliqni va ijtimoiy hayotda erkinlikni ifodalashning huquqdan tashqari boshqa biron – bir shaklini hozirgacha kashf etmagan. Bu mantiqan ham, amalda ham mumkin emas. Odamlar o’z tengligi darajasida erkindirlar va erkinligi darajasida tengdirlar. Hozirgi davr ijtimoiy-siyosiy fanlarida «inson» deganda yerda yashayotgan mavjudot turlaridan biri tushuniladi. Inson alohida olingan tur (Homo sapiens) vakilini ifodalovchi umumiy tushunchadir. Inson, umuman zotning yirik obrazi sifatida bioijtimoiy mavjudot bo’lib, u bir vaqtning o’zida ham tabiatga, ham ijtimoiy hayotga mansubdir. Individ – inson zotining alohida olingan nusxasi, uning vakillaridan biri. Shaxs esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo’lib u ma’lum va betakror individuallikka ega bo’ladi. Individning jamiyatga kirish jarayonlari uning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishish natijasida individning jamiyatdagi qadriyatlar va me’yorlarni o’zlashtirib borishi uchun zamin yaratiladi. Bu jihatdan yondoshganda, u ijtimoiy ta’sir obyektidir. Shuningdek, individ ijtimoiylashuv oqibatida jamiyatdagi turli munosabatlarda faollashadi va bunda u ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida harakatlanuvchi shaxsga, subyektga, kuchga aylanadi. Insonning paydo bo’lishi, uning jamiyatdagi o’rni va mohiyati doimo ijtimoiy fanlarning muhim va bahstalab sohalaridan biri bo’lib keldi. Aristotelning ta’kidlashicha, «inson – tabiatan (mohiyatan) ijtimoiy» ekanligini ta’kidlash bilan birga, umumiy ma’noda kimda kim hokimiyat yuritish va bo’ysinishga taalluqli bo’lsa, o’sha fuqarodir; har bir davlat tuzumida fuqaroning mohiyati o’zgaradi. Davlat tuzumining eng yaxshi turida kimda kim ma’naviy qadriyatlar talablariga mos hayotni nazarda tutgan holda bo’ysinish va hokimiyat yuritishni xohlasa va unga qobil bo’lsa, ana shu fuqarodir. Insonning mohiyatini dastlabki o’rgangan olimlardan biri Xitoydagi Konfusiy va uning izdoshlari edi. Eramizdan ilgari 298-238 yillarda yashagan Konfusiyning izdoshi bo’lgan olim Sen-szi shunday deb yozgan edi: «tug’ma xususiyatlar, bu – samoviy munosabatlar hosilidir. Ularga ta’lim yoki odamning o’zini yaratuvchilik ijodi vositasida erishib bo’lmaydi. Inson yovuz tabiatga ega. Insondagi ezgulik manfaatlar uchun orttirilgan fazilatdir. Hozirgi inson tug’ilishidan boshlab foyda olishga intiladi. Bu shunga olib keladiki, kishilar o’zaro raqobatlashadilar va bir birlariga yon bermaydilar. Shuning uchun ham tarbiya yo’li bilan inson tabiatini o’zgartirish, yaratilgan qoidalar asosida ta’lim berib, ularni adolatlikka va mas’uliyatlikka o’rgatish lozim». Ko’rinib turibdiki, insonning jamiyatga uyushishi yoki uning jamiyat a’zosiga aylanishi va faollashuvi uchun u ma’lum darajada tashqi ta’sirda va hayotdagi ijtimoiylashuvga ehtiyoj sezadi. Insonning muhim xususiyatlaridan biri – uning ijtimoiy mavjudot ekanligidir. Inson o’zining ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida o’zi kabi insonlar bilan birlashishga intiladi. Insonning ijtimoiylashuvi sun’iy xarakter kasb etib, u shaxs sifatida boshqa insonlar o’rtasidagi muhitdagina shakllana oladi. Agar u insoniy munosabatlardan xoli bo’lsa, o’zidagi yovuzlik yoki hayvoniy tabiatdan xalos bo’la olmaydi. Insondagi jamiyatga uyushishga intilishning tabiiy tarzda kechishini Abu Nasr Forobiy quyidagicha ifodalaydi: «har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazid beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko’paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar. Natijada inson jamoasi vujudga keldi». An’anaviy jamiyatlarda insonning yaratuvchilik ijobiy qobiliyati ancha chegaralandi. Chunki an’anaviy jamiyatlarda mehnatning tabiiy taqsimoti va ixtisoslashuvi adolat prinsiplariga asoslanmadi. Shuningdek, bu jamiyatlarda shaxslararo aloqalarning o’ta tabaqalashuvi, o’zaro harakatlar va munosabatlarning norasmiy muvofiqlashtirilishi, jamiyat a’zolarining bir-biriga tobelik, urug’chilik va qon-qarindoshlik munosabatlari bilan bog’liqligi natijasida shaxs erkinligi ham ta’minlanmadi. Boshqaruvdagi primitiv tizimlar imtiyozsiz jamiyat a’zolarining faolligini pasaytirib, bu holat shaxsning ijobiy faoliyat ko’rsatish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga imkon bermas, natijada o’zaro munosabatlar, kichik tarzda ro’y berar edi. Zamonaviy jamiyatning paydo bo’lishi bilan insoniyatning ijtimoiy va siyosiy munosabatlarning bir-biriga ta’sir etish darajasida mehnat taqsimotini chuqurlashuvi ro’y berdi. Bu jarayonlarning sekinlik bilan yuksak ta’lim va tajribaga, shuningdek, yuqori kasbiy malakaga asoslanishi, ijtimoiy munosabatlarning qonunlar, me’yorlar, shartnomalar asosida muvofiqlashtirishning rasmiy tizimi yaratilishi zamonaviy jamiyatlarning xalqchil bo’lishiga zamin yaratdi. Dinning davlat va rivojlanishi kabi omillar natijasida insonlararo munosabatlar yuksalib, siyosiy institutlarni nazorat etish, inson huquq va erkinliklarini himoya etish, jamiyatda tenglish o’rnatish imkoniyatlari paydo bo’ldi. XX asrga kelib eng takomillashgan va zamonaviy kishilik birliklarini fuqarolik jamiyati deb atash rusumga kirdi. Ma’lumki, inson o’zining ijtimoiy mavjudot ekanligi va o’z mohiyatidan kelib chiqib, tabiiy ravishda siyosiy munosabatlarda ishtirok etishga intiladi. Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda faol ishtirok etish ehtiyojlari va zaruriyati esa har bir fuqaroda manfaatlarni faqat ruhiy shakldagina ifodalash va qondirish mumkin ekanligini anglab yetishga zamin yaratadi. Turli xil ijtimoiy guruhlar va tabaqalarning turlicha manfaatlarini o’zaro to’qnashuvlar va ziddiyatlarga kirishishi, ularni o’zaro kelishtirish va muvozanatlashtirish hal qilib bo’lmasligini anglash jarayonlari tabiiy ravishda xalqchil jamiyat va siyosiy hokimiyatga bo’lgan ehtiyojlarni shakllantirdi. Chunki turli manfaatlar muvozanatini ta’minlashni faqat demokratik jamiyat bilan davlat hokimiyati hamkorligida amalga oshirish mumkin ekanligini tarixiy tajribalar isbotlab berdi. Shu sababli ham, siyosiy ong turli hil ijtimoiy guruhlarning siyosiy institutlar va siyosiy subyektlar bilan o’zaro muloqat va munosabatlarga kirishishi uchun zaruriy ehtiyojlarni shakllantirdi hamda rasmiylashtirdi. Insonning fuqarolik, siyosiy iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari amalga oshish yunalishlaridan kelib chiqib, negativ va nozitiv huquqlari inosnning tabiiy, asos buluvchi va ajralmas negativ huquqlari doirasiga kirdi. Mustaqillik davrida O’zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va ularni ta’minlashning huquqiy asoslari rivojlangan mamlakatlar tadribasi va milliy qadriyatlar talablari darajasida shakllandi. Shuningdek, Konstitusiya hamda qonunlar inson huquqlari va huquqiy davlat talablari darajasidagi mezonlari, me’yorlarini yarata oldi. Konstitusiyaning 24 – moddasidagi «Yashash huquqi har bir insonning o’zviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir», 25 – moddasidagi «Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hyech kim qonunga asoslanmagan holda hisbga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas», 27 – moddasidagi «Har kim o’z sha’ni va obrusiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotidagi aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hyech kim qonun nazarda tutgan xollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o’tkazishi yoki uni ko’zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so’zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas», 29 – moddasidagi «Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega…», 32 – moddasidagi «O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita ham o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o’z – o’zini boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yuli bilan amalga oshiriladi», 36 – moddasidagi «Har bir shaxs mulkdor bo’lishga xaqli. Banka qo’yilgan omonat sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi», 43 – moddasidagi «Davlat fuqarolarning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi» kabi fuqarolik jamiyati qurishning Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling