Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 50.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana08.11.2023
Hajmi50.95 Kb.
#1756919
1   2   3   4   5
Bog'liq
shodmonova-m.b.-oqituvchi-mahoratini-oshirishda-talimning-samarali-metod-va-shakllaridan-foydalanish-imkoniyatlari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  
Vol. 1
№. 01 (2022) 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
387 
Ma'lumki, dars murakkab ijodiy jarayondir. Uning faolligi ko‘p jihatdan 
ta'lim oluvchilarning faol ishtirokiga bog‘liq. Ta'lim jarayoni ishtirokchilarini 
faollashtirish esa, o‘z navbatida, ta'lim jarayoni tashkilotchisi – boshqaruvchisidan 
katta mehnat va alohida e'tibor talab qilinadi. Ta'lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida 
amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning mohiyati va mazmuni jamiyat yangilanishi 
bilan bevosita bog‘liq. Shu jumladan, nafaqat o‘qituvchi, balki kattalarni o‘qitish 
uchun ham takomillashtirilgan, yangi ma'lumotlar bilan boyitilgan boy nazariy 
bilim, amaliy harakat talab etiladi. 
Adabiyot o‘qituvchilarining malakasini oshirish mavjud o‘quv-mavzu reja va 
dasturlar asosida amalga oshirilsa-da, ta'lim mazmuni bevosita ta'lim beruvchida 
ham, ta'lim oluvchida ham quyidagi omillar bo‘lishini talab etadi: 
1. Ijodkorlik. 
2. Kuzatish. 
3. Qobiliyat. 
4. Mustaqil ta'lim olish. 
5. Notiqlik. 
6. Natijalarni to‘g‘ri tahlil etish. 
7. Qiyoslash. 
8. Taqqoslash. 
9. Obyektiv voqyelikka munosabat bildirish. 
Ibn Sinoning qarashlariga ko‘ra, ta'lim oluvchi bilimi asosida mantiqiy 
fikrlash, shaxsiy kuzatish va tajriba yotadi. Alloma ta'lim-tarbiyada erkinlik 
bo‘lishiga e'tibor qaratgan. Erkinlik o‘z-o‘zidan tafakkur mustaqilligini ta'minlaydi, 
fikr kishisini tarbiyalaydi, shaxsning ma'naviy kamolotiga sabab bo‘ladi. Olim ustoz 
shogirdining ayricha xususiyatlarini inobatga olishi, ularni o‘zining bilimdonligi
shaxsi bilan qiziqtirishi, ta'limning turli metodlaridan foydalanishi kerak, deb 
hisoblagan. Bilimlarni bolalar tuyg‘ulari orqali hissiy o‘zlashtirishi uchun 
o‘qituvchining har bir so‘zi imo-ishora va yuz harakatlari bilan mos bo‘lishi 
kerakligini ta'kidlagan. Fikrlash xususida so‘z yuritib, uning mantiqqa asoslanishi 
lozimligini aytgan. Uningcha, mantiq fikrlashning qurolidir. Borliqni anglash 
mantiqqa asoslanishi kerakligini Ibn Sino alohida ta'kidlagan [1]. 
Ma'lumki, inson katta bo‘lgani sari ularning hayotiy tajribalari ortadi, olgan 
bilimlari chuqurlashadi, tasavvur doirasi kengayadi. Shuning uchun kattalar 
ta'limida narsa-hodisalarning mayda detallariga kamroq to‘xtalish kerak bo‘ladi. 
Bunga qancha kam to‘xtalinsa, umumlashtirishga, tushunchalarni tahlil qilishga 
shuncha tez o‘tish zarur bo‘ladi. Faqatgina androgog tinglovchilarda buning uchun 
zarur bulgan bilimlar yetarli ekaniga, o‘rganilayogan hodisaga xos bo‘lgan mayda 
detallar avvalgi bosqichlarda o‘zlashtirib olinganiga amin bo‘lishi kerak. Ta'lim 
beruvchining vazifasi tinglovchiga alohida narsa yoki hodisada umumni ko‘ra 
bilishiga va uni ongli ravishda o‘zlashtirib olishiga ko‘maklashishdir. 



Download 50.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling