Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 50.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana08.11.2023
Hajmi50.95 Kb.
#1756919
1   2   3   4   5
Bog'liq
shodmonova-m.b.-oqituvchi-mahoratini-oshirishda-talimning-samarali-metod-va-shakllaridan-foydalanish-imkoniyatlari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  
Vol. 1
№. 01 (2022) 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
388 
Adabiyot darslarini tashkil qilishning psixologik-didaktik shartlarini 
ta'limning metod va shakllaridan urinli foydalanish tashkil etadi. Malaka oshirish 
kurslarida adabiyot o‘qituvchilarida o‘quv faolligini yuzaga keltirish va ularda 
adabiyot darslarini to‘g‘ri, samarali tashkil etish ko‘nikma va malakalarini 
shakllantirishga xizmat qiluvchi ta'lim turlaridan yana biri - bu interfaol ta'lim 
sanaladi. 
Hozirda interfaol («inter» - «o‘zaro») ta'limdan foydalanish tobora 
ommalashmoqda. U ta'lim subyektlari – ta'lim beruvchi, ta'lim oluvchi va ta'lim 
oluvchilar guruhi o‘rtasida yuzaga keluvchi hamkorlik, qizg‘in bahs-munozaralar
o‘zaro fikr almashish asosida tashkil etiladi, tinglovchilarda erkin fikrlash, shaxsiy 
qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda 
izlash, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda tinglovchilarning o‘zaro yaqinliklarini 
yuzaga keltirish, «ta'lim beruvchi - ta'lim oluvchi - ta'lim oluvchilar guruhi» o‘zaro 
bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo‘llab-quvvatlashlari, samimiy 
munosabatda bo‘lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi. 
Yukoridagi fikrlarga tayangan holda aytish mumkinki, -interfaol ta'lim - bu 
«ta'lim beruvchi - ta'lim oluvchi - ta'lim oluvchilar guruhi» o‘rtasida o‘zaro 
hamkorlik, hamfikrlik va hamjihatlikka asoslanuvchi ta'lim shakli bo‘lib, 
o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarining tezkor va samarali o‘zlashtirilishini 
ta'minlaydi. 
Interfaol ta'lim metodlaridan adabiyot o‘qituvchilari bahs-munozaralar, 
muammoli vaziyatlarni hal qilish, treninglar, rolli o‘yinlar, debatlar, intervyu, 
taqdimot (yoki himoya) va boshqa o‘ziga xos shartlarga ega interfaol metodlar bilan 
yetarli darajada tanish bo‘lishlari maqsadga muvofiq. 
Adabiyot o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslarida mazkur metodlardan 
foydalanish adabiyot o‘qituvchilari tomonidan adabiyot darslarining mohiyati
maqsadi, tamoyillari va yo‘nalishlari borasida puxta bilimlarga, shuningdek, 
faoliyatni to‘g‘ri rejalashtira olish, muayyan tadbirlarga oid texnologik xarita yoki 
loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish 
imkonini beradi. 
Dars shakli. Adabiyot o‘qituvchilarining malakasini oshirish jarayonida dars 
shaklini aniqlab olish ham muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘quv materialining 
mazmuni, hajmi, darsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va o‘quvchilar 
imkoniyatlariga nisbatan qiyinlik darajasini belgilash; materialning o‘quvchi 
hayotiy tajribasi, ilgari o‘zlashtirgan bilimi va aqliy-amaliy faoliyati bilan aloqasini 
o‘rnatish; o‘quvchining mustaqil ishlari va o‘quv topshiriqlari tizimini aniqlash; 
darsning jihozlarini, axborotlarning asosiy va qo‘shimcha manbalarini o‘rganish 
ko‘zda tutiladi. 
Darsning ko‘rinishi. Adabiyot o‘qituvchilarining malakasini oshirishda 
darsning ko‘rinishini belgilash ham muhim o‘rin tutadi. Bunda darsning barcha 



Download 50.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling