Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Download 33.32 Kb.
|
Kushaliyeva Xolidaning HO\'AT fanidan mustaqil ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- (W,W)P m
[Pm]ga ko‘ra [WPm + WPm] turlari:
a) bir xil [Pm] li qurilmalar: Xotinim bordi, keldi. («Musht.»); b) har xil [Pm] li qurilmalar: Qaraysanmi, qaray qolgin. («Musht.») Demak, gap markazini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydigan [Pm] qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapda bir xil ham, har xil ham bo‘lishi mumkin. Shunday hol ham bo‘ladiki, [Pm] umumiy – bitta bo‘lishi ham mumkin. Bunda endi qo‘shma gap emas, balki uyushgan gap vujudga keladi. Ma’lumki, [WPm+WPm] qolipida [Pm] tarkibi har xil bo‘lgan hollarda o‘zbek tilining tabiati uni qavsdan chiqarish imkonini beradi. Chunki o‘zbek, umuman, turkiy tillarda, bir necha so‘zlar uyushganda umumiy shakl oxirgi so‘z tarkibida kelishi qonuniyatiga tayansak, bunday gaplarning qolipi [(W,W)Pm] ko‘rinishida bo‘ladi. Misollar: 1. Кelgan, ketgan edim. 2. Men o‘qigan, yozgan edim. Кesimlarning har biriga ega qo‘yilishi bilan ular uyushgan gapga aylanadi:1. Men kelgan, Jamshid ketgan edi. 2. Men o‘qigan, sen yozgan eding. Har bir kesimni shakllantirish bilan uyushgan gap qo‘shma gapga aylanadi: 1. Men kelgan edim, Jamshid ketgan edi. 2. Men o‘qigan edim, sen yozgan eding. Susbtantsial tilshunoslik uqtirishicha, har bir lisoniy birlik ongimizda ma’lum bir shakl va mazmunning barqaror yaxlitligi sifatida yashaydi va xususiy hodisa sifatida nutqqa chiqadi. Bu nutqiy ko‘rinish behisob miqdorga ega. Biroq ular bilan lisoniy birlik (umumiylik) orasida tipik ko‘rinish mavjud bo‘ladi. Yuqoridagi [WPm-WPm] tipik ko‘rinish [WPm, WPm], [WPm WPm] va [WPm WPm] oraliq ko‘rinishlari orqali nutqiy gapga aylanadi. Qo‘shma gap tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘lovchi yoki bog‘lovchi vazifasidagi so‘z vositasida yoki mutlaqo ularsiz bog‘lanadi. Bundan kelib chiqqan holda, qo‘shma gaplarni bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gapga ajratish mumkin bo‘ladi. Bog‘lovchili qo‘shma gap grammatik vosita bilan bog‘langan qo‘shma gap, leksik-grammatik vosita bilan bog‘langan qo‘shma gap va leksik vosita bilan birikkan qo‘shma gapga ajraladi. Qo‘shimchaning funksiyasiga ko‘ra teng bog‘lovchili va ergashtiruvchi bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap farqlanadi. Qo‘shma gap tarkibida sodda gapning o‘zaro munosabati asosida ham qo‘shma gapni tasniflash mumkin. Mazmun, grammatik va intonatsion munosabati nuqtayi nazaridan qo‘shma gap quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) tarkibidagi sodda gap bir-birini mazmun va grammatik jihatdan taqozo etadigan qo‘shma gap: 1. Кunlar isidi va paxtalar yana qiyg‘os ochildi. 2. Yovlariga osmon tutundir, shuning uchun bag‘ri butundir. (H.Ol.) 3. Agar dunyoning narigi burchiga sizni opichlab borishga to‘g‘ri kelsaydi, men sevina-sevina bajarardim. (Oyb.) 4. Men shunday bir ish qildimki, o‘lgunimcha bundan faxrlanaman; 2) tarkibidagi gaplar bir-birini mazmuniy va intonatsion taqozo etadigan, biroq grammatik jihatdan talab qilmaydigan qo‘shma gap: 1. Biz yetib keldik, kutubxona ochildi. 2. Menga pul kerak, qayerdan olaman? (Oyb.) 3. Siz ishonmayapsiz, ishonmaysiz ham. 4. Endi men bir jumboq aytaman, sizdan javob kutaman. 3) tarkibidagi gaplar bir-birini na mazmuniy, na grammatik taqozo etadigan, biroq intonatsion yaxlit bo‘lgan gap: 1.U otasini uyga tortdi, ukasi sekin qayrildi (S.Nur). 2. Bahor keldi, yoz ham kelib qoladi. 3. Sen o‘z ishingni qil, men o‘z ishimni. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1.Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Т.: 2011. 2.Каримов И.А. Амир Темур ҳақида сўз.- Т.: Ўзбекистон,1996. - 62 б. IILMIY ADABIYoTLAR Абдурахмонов Х., Рафиев А., Шодмонқулова Д. Ўзбек тилининг амалий грамматикаси. Т.: Ўқитувчи, 1992. 3.Ахмонова О.С. Словарь лингвистических терминов. М ., 2000 4. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. Т., 1988. 5. Қурбонова М.ва бошқ. Ўзбек тилининг структурал синтаксиси. Т.2004 6. Махмудов Н., Нурманов А. Ўзбек тилининг назарий граматикаси. Т.: Ўқитувчи 1995. 7. Миртожиев М. Ҳозирги замон ўзбек тили. Т.: Фан, 1992 8. Неъматов Х., Сайфуллаева Р., Қурбонова М. Ўзбек тили структурал синтаксиси асослари. Т. 1999. 9. Эрматова Ж. Мазмуний синтактик муносабатлар ва уларнинг синкретизми// Урганч Давлат Университетининг илмий ишлари. Урганч 2004. 10. Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳожиев А., Расулов И., Дониёров Х. Ҳозирги Ўзбек адабий тили. -Т.: Ўқитувчи, 1980. -448 б. 11. Шоабдураҳмонов Ш. (и)н эгалик қўшимчаси // Ўзбек тили ва адабиёти. -1993. - N2. -Б. 36-38. 12. Щедровский Г.Т. Смысл и значение // Проблемы семантики -М., 1974. -С. 76-112. 13. Язык и логическая теория. -М.: Наука, 1987. -208 с. 14. Якобсон Р.О. Избранные работы. -М.: Прогресс, 1985. -456 с. 15. Ярцева В.Н. Иерархия грамматических категорий и типологическая характеристика языков // Типология грамматических категорий. -М., 1975. -С. 117-126. 16. Ҳожиев А. Феъл. -Т.: Фан, 1973. -192 б. 17. Ҳожиев А. Отнинг чегара формаси // Ўзбек тили ва адабиёти. -1977. -N4. 18. Ҳожиев А., Маҳмудов Н. Семантика ва синтактик позиция // Ўзбек тили ва адабиёти. -1983. -N2. -Б. 27-29. 19. Ҳожиев А. Ҳозирги ўзбек тилида форма ясалиши. -Т.: Ўқитувчи, 19 Download 33.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling