Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 33.32 Kb.
bet1/5
Sana19.01.2023
Hajmi33.32 Kb.
#1101276
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kushaliyeva Xolidaning HO\'AT fanidan mustaqil ishi




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti 305-guruh talabasi Kushaliyeva Xolidaning
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan yozgan

MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Kushaliyeva Xolida _________________________


Tekshirdi: Dildora To‘rayeva _________________________
Qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot.
Qo‘shma gap sodda gap bilan mustahkam bog‘langan, biroq undan ham struktur, ham uzatilayotgan axborot miqdori va sifati nuqtayi nazaridan farqlanuvchi sintaktik qurilma. Shu bois qo‘shma gapning umumiy lisoniy mohiyati uning sodda gap bilan o‘zaro munosabatida ochiladi. Lisoniy struktura jihatidan qo‘shma gapning sodda gapdan farqi ma’lum darajada ravshan. Aniqrog‘i, sodda gapda shakllangan kesim bitta bo‘lsa, qo‘shma gapda u birdan ortiq bo‘ladi va birdan ortiq sodda gaplarning mazmun hamda grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi. Misollar: 1. Men sizni bilaman, siz bunday qilmaysiz. (Oyb.) 2. Nima qilasan, qishloqqa qaytasanmi? (Oyb) 3. Dunyoda nima ko‘p – kulgu ko‘p. (Oyb.) 4. Bilamanki, sodda barmoqlaring tilla uzuk taqmagan. (Uyg‘.)5. Majlisda ko‘riladigan masalalarning muhim tomoni shundaki, unda cho‘l yerlarni suvga serob qilish masalasi muhokama qilinadi.
Кo‘rinadiki, 1-gapda bilaman va qilmaysiz, 2-gapda qilasan va qaytasanmi, 3-gapda ko‘p va ko‘p, 4-gapda bilaman va taqmagan, 5-gapda shundaki va muhokama qilinadi kabi har bir gapdagi birdan ortiq kesim sintaktik qurilmaning qo‘shma gapligini ta’minlovchi muhim asoslardan biri. Кesimlarning birdan ortiqligidan tashqari, har bir qo‘shma gapda ifodalanayotgan birdan ortiq fikr, axborotning o‘zaro zich munosabati, gaplararo grammatik taqozo etuvchilik hamda intonatsion yaxlitlik kabilar ham bu sintaktik qurilmalarning qo‘shma gapligini ta’minlaydi.
Кommunikativ nuqtayi nazardan sodda gap bir fikrni, axborotni uzatish vazifasini bajarsa, qo‘shma gapda birdan ortiq hukm o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Shuningdek, bu alohida axborotlar asosidagi munosabat ham qo‘shma gapda qaysidir darajada bo‘rtib turadi. Masalan: Jahongir keldi. Men shu ondayoq jo‘nadim gaplarida ifodalangan fikrlar bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lib, gaplarning biri ikkinchisini taqozo etadi. Bu jihatdan ular Jahongir keldi va men shu ondayoq ketdim gapidan ajralib turadi.
Demak, qo‘shma gap grammatik shakllangan va birdan ortiq axborotni tashish uchun mo‘ljallangan nisbiy mustaqil sodda gapning grammatik, semantik, intonatsion va kommunikativ jihatdan yaxlitlangan butunligidir.
Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gap alohida olingan sodda gapdan nisbatan mustaqil emasligi bilan ajralib turadi. Avvalo, bu – grammatik va intonatsion nomustaqillik. Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi qurilmasiga ergash gapli qo‘shma gap tusini bergan jihat mazmuniy va grammatik taqozo etish va birdan ortiq axborot mavjudligi. Birinchi gapdagi mazmun ikkinchi gapdagi mazmun uchun sabab maqomida. Biroq bunday mazmuniy zich bog‘lanishsiz ham qo‘shma gap hosil bo‘lishi mumkin. Osmonda turnalarning «qurey-qurey»i eshitilardi, uzoqlardan cho‘ponlarning hay-haylagani quloqqa chalinardi. Ikkinchidan, shuning uchun bog‘lovchisi qo‘shma gap a’zolarini grammatik jihatdan zich munosabatga kiritgan (Biroq bu bog‘lovchisiz ham qo‘shma gap hosil qilish mumkin: Bahor keldi, dala ishlari qizib ketdi.) Ammo sodda gaplar orasidagi intonatsion uzilish qo‘shma gapni sodda gapga parchalab yuborishi mumkin: Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi – Bahor keldi. Shuning uchun dala ishlari qizib ketdi.
Demak, ma’lum bo‘ladiki, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapning o‘zaro zichlashuvi mazmun, grammatik shakl va intonatsiya nuqtayi nazaridan bo‘ladi. Ammo bu omillar darajali ziddiyatda turadi:

Download 33.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling