GAP
[WPm] [((S1-W1)(S2-W2))Pm] [WPm – WP m]
sodda gap uyushgan gap qo‘shma gap
Bunda, aytilganidek, sodda va qo‘shma gap tasnifning chekka, uyushgan gap oraliq vaziyatini egallaydi.
Qo‘shma gap ham, o‘z navbatida, qolipning tur va ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
[WPm-WPm] umumiy qolipining yuzaga chiqish turini, umumiy qolip bilan nutqiy ko‘rinish orasidagi turli bosqichdagi oraliq qolipni aniqlash me’yori, belgi va mezonlarni muayyanlashtirmoq lozim bo‘ladi.
Ma’lumki, qo‘shma gapning tur va ko‘rinishini o‘rganishda sodda gapning eng kichik qolipi asos qilib olingan. Sodda gapning eng kichik qolipi [WPm] dan iborat bo‘lsa, mantiqan qo‘shma gapning qurilish qolipi
[W1P m1-W2Pm2-W3Pm3 · n] dir.
Qo‘shma gapning lisoniy qolipi [W1Pm1-W2Pm2-W3Pm3·n] ekanligini nazarda tutgan holda qo‘shma gapning eng kichik qolipi uchun [WPm-WPm] ramzidan foydalaniladi.
Qo‘shma gapning voqelanish usullarini belgilashda uch ko‘rsatkichga tayaniladi:
[WPm] larning egasi (E) bor-yo‘qligiga, bir xil yoki boshqa xil ekanligiga;
[WPm] lar tarkibidagi [W]ning xususiyatiga (W larning bir xil yoki boshqa-boshqa bo‘lishi, bir xil yoki har xil so‘z turkumi bilan ifodalanishiga) ko‘ra;
[WPm] tarkibidagi [Pm] larning bir xil yoki qisman bir xil ekanligiga ko‘ra.
Do'stlaringiz bilan baham: |