Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
“Hech bir tilni uning butun lug‘at boyligini yoki gap qurilishini yod
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
“Hech bir tilni uning butun lug‘at boyligini yoki gap qurilishini yod
olish bilan o‘rganib bo‘lmaydi. Hattoki, biror kishi nazariy jihatdan shakllantirilgan hamma so‘zlarni o‘rgansa ham bu yetarli bo‘lmaydi. Ular o‘rganuvchilar nutq faoliyatining muqobil variantlari bilan tanishmasdan turib muloqotga kirisha olmaydi. Biz biror tilni o‘rganish imkoniyatini yaratadigan boshqa usullarni ko‘rib chiqishimiz lozim. Bu miya faoliyatining muayyan tilni o‘rganish mexanizmi bilan bog‘liq. Yana bir muhim ma’lumot sifatida shuni qayd etish zarurki, bolalar tilni tez va oson o‘rganishadi. Bola nutqi rivoji yoki til o‘rganish qobiliyati uni o‘rab turgan muhit ta’siriga bog‘liq. Til o‘rganishning yana bir muhim usullaridan biri kompyuter texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. Fan-texnika rivoji natijasida til o‘rgatish uchun maxsus kompyuter dasurlari yaratildi. Ularda fe’llar, zamonlar, modal fe’llar tavsifi va zaruriy gap qoliplari keltirilgan”. 2 Tilning ijtimoiy tabiati uning ayrim shaxsda emas, balki jamiyatda mavjudligini taqozo etadi. Til jamiyat tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning taqdiri ham jamiyat taqdiri bilan chambarchas bog‘liqdir. Insonning butun hayoti til bilan bog‘liq bo‘lib, til yordamida kishilar obyektiv borliqni o‘rganadilar, o‘zaro fikr almashadilar, jamoa bo‘lib birlashadilar va mehnat qiladilar. Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Masalan, kishilarning tabiiy-biologik va fiziologik xususiyatlari (ovqat yeyishi, nafas olishi, rivojlanishi va hokazo) tabiat qonunlariga muvofiq, jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanib boradi. Ammo tilda so‘zlashish na fikrlash uchun kishilik jamiyati (sotsial muhit) bo‘lishi shart. Chunki til kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish va fikr almashish ehtiyojlari natijasida paydo bo‘lgan. Shuning 2 Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.-B.19 37 uchun ham til tabiiy hodisalardan farqli o‘laroq, kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan va unga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Tilning boshqa ijtimoiy hodisalardan ajralib turadigan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, til jamiyat faoliyatining barcha sohalariga xizmat qiladi. U kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan konkret- tarixiy norma sifatida jamiyat a’zolarining hammasiga teng xizmat qiladigan asosiy aloqa vositasidir. Shuning uchun ham til sinfiy xarakterga ega emas. So‘zlovchi insoniyat jamoasi tomonidan yaratilgan tildan foydalanadi va ushbu tilning qonun-qoidalariga rioya qiladi. Shu bilan bir qatorda, har bir so‘zlovchi ayniqsa adiblar, olimlar o‘zlarining nutq faoliyati jarayonida tilning rivoji uchun ma’lum hissalarini qo‘shadilar. Kishilar o‘zaro aloqa qilish, fikrlashishda tildan boshqa vositalardan ham foydalanadilar. Bular ovozli va grafik shaklda bo‘ladi va odatdagi so‘zlashuv nutqidan boshqa turli tovush signallari: zvonok, gudok kabilardan foydalaniladi. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling