Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Download 3.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/184
Sana30.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1733621
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   184
Bog'liq
Мутахассисликка кириш (тил)

Asosiy tushunchalar glossariysi 
Tilshunoslik – tilning jamiyatdagi o‘rni, taraqqiyot xususiyatlari, rivojlanish 
qonuniyatlari haqidagi fan. 
Tilshunoslik nazariyasi – tilshunoslik taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlari, 
tilning ichki qurilishi, til tizimi, til va nutq munosabatlari haqidagi fan. 
Fonetika – tilshunoslikning nutq tovushlari, ularning hosil bo‘lishi, tiplari, 
tovushlar o‘zgarishi, bo‘g‘inlar, ularning tuzilishi tiplari, strukturasi; urg‘u, urg‘u 
tiplari va intonatsiya haqidagi tarmog‘idir. 
Grammatika (yun.) – tilshunoslikning so‘z shakllari (shakl yasalishi), so‘z 
birikmalarining turlari, gap turlari (tilning grammatik qurilishi) haqidagi bo‘limi. 
Morfologiya (yun.) – grammatik ma’no so‘z shakllari, so‘z turkumlari haqidagi 
grammatik ta’limot. 
Umumiy tilshunosliktilshunoslik uchun umumiy bo‘lgan taraqqiyot 
qonununiyatlarini, tilshunoslik rivoji, taraqqiyot bosqichlari, tilshunoslik 
maktablari, nazariy ta'limotlar tarixi, shakllanish jarayoni, til strukturasiga xos 
bo‘lgan umumiy jihatlar haqidagi soha. 
Xususiy tilshunoslik – muayyan tilning taraqqiyot xususiyatlari, tarkibiy 
qismlari, bo‘limlari, sathlari, boshqa tillar bilan munosabati, til oilasida tutgan 
o‘rni haqida bilim beruvchi soha. 
Proto til – tillar uchun asos bo‘lgan, qadimiy bobo til. 


39 
Sinxroniya – til taraqqiyotini muayyan davr nuqtai nazaridan tahlil qiladigan 
metod. 
Diaxroniya – til taraqqiyotini tarixiylik nuqtai nazaridan qiyosiy aspektda tahlil 
qiluvchi metod. 
 
Asosiy adabiyotlar 
1. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 
2006.-B.19 
2. Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish.-Toshkent, 2010.-Б.7-10 
3. Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2009.-Б.5-7 
4. Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. -Тoshkent, 2013.-Б.3-4. 
5. Тилшунослик назарияси ва методологияси. Тузувчи: Ҳ. Дадабоев. –
Тошкент, 2004.-Б.4-5 
6. Хolmanova Z. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent, 2007. -Б.3-5 

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling