Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
Tovush va fonema. Tilshunoslik fanida tovush va fonema tushunchalari bir-
biridan farqlanadi. Bu farqlanish fan uchun juda muhim bo‘lgan xususiylik va umumiylik munosabatining aks etishidir. Bilan, tilim, sira so‘zlari tarkibida i bilinar-bilinmas aytiladi. Qiliq, qiziq kabi so‘zlar tarkibida til orqa tovushi ta’sirida o‘ ga yaqin talaffuz etiladi. Ularning hammasida takrorlanadigan umumiy jihatlar bor. U ham bo‘lsa, torlik belgisi va lablanmaganlik belgisi. Nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog‘imiz bilan eshitgan eng kichik va boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan nutq bo‘lagi tovush sanaladi. Bevosita kuzatishda bir nechta tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so‘z va uning ma’noli birliklarini shakllantirish hamda farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma-ketlik jihatdan boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan eng kichik til birligi fonemadir. Masalan, tosh - tom so‘zlarini sh va m farqlaydi. Demak, sh va m alohida-alohida fonemalardir. Yoki tosh-tesh zidligida o va e; tosh-qosh zidligida t va q ma’noni farqlash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ular ham mustaqil fonemalar sanaladi. Fonemalarni xilma-xil tartibda joylashtirish orqali cheksiz so‘zlar hosil qilinadi: sut, tus, ust. Demak, nutq tovushlarining asosiy vazifasi so‘zlarning ma’nolarini farqlashdir. Nutq tovushlari ikki xil: unli va undosh tovushlar. Unli tovush - o‘pkadan chiqayotgan havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramay chiqishidan hosil bo‘ladigan tovush. Unli tovushlar oltita: a, i, e, u, o`, o. Unlilar lab ishtirokiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 100 1.Lablangan unlilar: o, u, o` 2.Lablanmagan unlilar: a, i, e. Unli tovushlar og`izning ochilish darajasiga (tilning ko‘tarilish darajasiga) ko`ra uch xil: 1.Tor unlilar (til o‘rtasining tanglayga tomon ko‘tarilishi natijasida hosil bo`ladi. Shu bois yuqori ko`tarilish yoki yuqori tor unlilar ham deyiladi): u, i. 2.O‘rta keng unlilar: e, o`. 3.Keng unlilar: а, о Undosh tovush -o‘pkadan chiqayotgan havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘ida yoki bo‘g‘izda to‘siqqa uchrashidan hosil bo‘lgan tovushlar. Tilimizda 23 ta undosh tovush bor: b, v, g, d, z, j, y, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h, ng. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling