Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
Savol va topshiriqlar 1. Tilni tizim sifatida ta`riflang. 2.Tilning rivojlanishi, ichki qurilishini til birliklari yordamida asoslang. 3.Til tabiatini o‘rganishga doir nazariyalar va oqimlarni ayting. 5.Til fonetik-fonologik sathini misollar asosida tushuntiring. 6.Fonetika tilning boshqa qismlari va sathlari bo‘lgan morfologiya va sintaksis, leksika va uslubiyat bilan uzviy bog‘liqligini tushuntiring. 7.Tilning lug‘at sathini tavsiflang. 8.Tilning grammatik sathini tavsiflang. 9.Tilning murakkab ijtimoiy hodisa ekanligi haqida o‘z fikrlaringizni bayon eting. 10.Lison va nutqni bir-biridan farqlang. Теstlar 1. Til tizimini tashkil etuvchi asosiy sathlar qaysilar? A) fonetik, etimologik, lug‘at B) fonologik, morfemik, grammatik S) fonetik-fonologik, lug‘at, grammatik D) sintaktik, leksik, etimologik 2.Nutqning eng katta fonetik birligi bo‘lib, ikki tomondan pauza bilan chegaralanib, o‘ziga xos ohangga ega fonetik birlik qaysi? A) takt B) fraza S) nutq tovushlari D) bo‘g‘in 3. Lisonga mansub, ya`ni til xotirasida mavjud hodisalarga nima deyiladi ? A) lisoniy birliklar B) fonetik birliklar S) leksik birliklar D) grammatik birliklar 4. O‘zbek tiliga rus tilidan kirgan qaysi so‘z o‘zbek tili talaffuz me`yorlariga moslashgan? A) karvon-караван 96 B) bozor-базар S) чайник-choynak D) qorovul-караул 5. Grammatikaning yirik va mustaqil birligi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) gap B) so‘z birikmasi S) so‘z qo‘shilmasi D) so‘z 6.Shakli bir xil, ma`nosi har xil bo‘lgan so‘zlar tilshunoslikda qanday ataladi? A) omonim B) antonim S) sinonim D) paronim 7.Quyulmoq-quyilmoq tarzidagi so‘zlar shakl va munosabatga ko‘ra qanday so‘zlar sirasiga kiradi? A) antonim B) sinonim S) paronim D) omonim 8.Qiziq-g‘alati-ajoyib-alomat-antiqa-yaxshi-durust-tuzuk sinonimik qatoridagi qaysi sinonim so‘zlar belgini kuchsiz darajada ifodalagan? A) ajoyib, tuzuk B) alomat, qiziq S) durust, tuzuk D) antiqa, yaxshi 9. Kuz shamoli-kuzgi shamol sinonimlari qanday sinonimlar sirasiga kiradi? A) grammatik sinonimlar B) lug‘aviy sinonimlar S) frazeologik sinonimlar D) bular sinonim emas 10. Doston-poema sinonimlar qanday sinonimlar? A) ma’noviy sinonimlar B) to‘liq sinonimlar S) frazeologik sinonimlar D) grammatik sinonimlar Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling