Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Абдуазизов А., Шереметова А. Общее языкознание.- Тошкент, 2004.-Б.19 2. Бушуй А.М., Сафаров Ш. Тил қурилиши: таҳлил методлари ва методологияси. - Тошкент: Фан, 2007.-Б.9-12. 3. Щитка Н.Н., Юсупова К.Н.Введение в языкознание. -Тошкент, 2006.- Б.31-33 7. Ҳoжиeв A. Тилшунoслик тeрминлaрининг изoҳли луғaти.-Тошкент, 2002. 4. www. literature.uz 5. www. genhis philol.ru. 8-§. TILSHUNOSLIK VA UNING BO`LIMLARI. FONETIKA VA FONOLOGIYA Reja: 1. Tilshunoslik bo`limlari. 2. Fonetika haqida ma’lumot. 3. Fonologiya haqida ma’lumot. Asosiy tushunchalar: til tizimi, ramz, fonologiya, fonema, kvaziomonimlar, morfema, murakkab sintaktik (birlik) butunlik, abzas va matn, lison, nutq, fonetika, orfoepiya, orfografiya, grafika, leksikologiya, frazeologiya, so‘z yasalishi, 98 etimologiya, grammatika, morfologiya, morfemika, sintaksis, punktuatsiya, stilistika (uslubiyat), dialektologiya, leksikografiya Dunyoda 5 ming xil til mavjud. Bu tillar ma’um xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratilgan. O‘zbek tili mansub bo‘lgan turkiy tillar guruhi o‘ttizga yaqin tilni o‘z ichiga oladi. O‘zbek tili qardosh tillar bilan bir asosga ega. Shu bilan bir qatorda mazkur tilning keyingi taraqqiyot bosqichlarida shakllangan o‘ziga xos jihatlari mavjud. Til o‘z ichki tuzilishiga ega. Tilning ana shu ichki tuzilishidan qaysi birini o‘rganishga ko‘ra tilshunoslik fani ham bir necha bo‘limlarga ajratiladi. Og‘zaki nutqning tovush tizimini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi fonetika, yozma nutqning harflar tizimini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi esa grafika deyiladi. So‘z va uning ma‘nolari leksikologiya bo‘limida, so‘z turkumlari morfologiya bo‘limida, gap va gapda so‘zlarning bog‘lanishi sintaksis bo‘limida o‘rganiladi. Tilshunoslik fonetika (grafika), leksikologiya, morfologiya va sintaksis bo‘limlarining uzviy bog‘liqligidan iboratdir. Bu bo‘limlar - mazmuniga ko‘ra: fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis; qo‘llanishiga ko‘ra: alifbo, imlo, talaffuz, tinish belgilari, uslubiyat kabilarga ajratiladi. «Fonetika» grekcha so‘zdan olingan bo`lib, «tovush» ma’nosini anglatadi, ya’ni «tovush haqidagi bo`lim» demakdir. Nutq tovushlari fonetikada o‘rganiladi. Nutq a’zolari harakati jarayonida hosil bo‘lgan tovushlar nutq tovushlari deyiladi. Nutq a’zolarining jami nutq apparati deyiladi. Nutq a’zolari nutq tovushlarini hosil qilishdagi ishtirokiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1. Faol (aktiv) nutq a’zolari: 1) til; 2) ovoz (un, tovush) paychalari; 3) yumshoq tanglay; 4) lablar; 5) pastgi jag‘. 2. Nofaol (passiv) nutq a’zolari: 1) o‘pka; 2) kekirdak; 3) qattiq tanglay; 4) burun bo‘shlig`i; 5) tish. Nutq tovushlarining uch tomoni mavjud: a) akustik, b) talaffuz (fiziologiya) v) vazifaviy tomonlari. Birinchidan, har qanday tovush havoning tebranishi natijasida hosil bo‘ladi. Shuning uchun ularning hammasi ma’lum sifat belgisiga: balandlik, kuch (yoki tezlik), miqdor (yoki uzunlik) va tembr belgilariga ega bo`ladi. Tovushlarning bu tomoni akustik tomoni deyiladi va u fizika fani bilan aloqadorlikda o‘rganiladi. Ikkinchidan, nutq tovushlari insonning nutq a’zolari harakati natijasida maydonga keladi. Nutq tovushlarining bu tomoni uning talaffuz (fiziologik) belgisi hisoblanadi va u fiziologiya fani bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi. Uchinchidan, nutq tovushlari ma’lum maqsadda talaffuz etiladi. Tovushlarning ketma-ket talaffuz qilinishi natijasida ma’lum axborot uzatiladi. Demak, tovushlar ma’noli birliklar tarkibida ularni moddiy tomondan shakllantirish va ma’nosini bir-biridan farqlash vazifasini bajaradi. Masalan, soli bilan sholi so‘zlari birinchi tovushlari bilan, sot bilan soch so‘zlari oxirgi tovushlari bilan, sot bilan sut so‘zlari o‘rtasidagi tovushlari bilan farqlanadi.Tovushlarning bunday belgilari ularning vazifaviy belgisi sanaladi va u faqat inson tovushlarigagina xos belgi hisoblanadi. Har qaysi nutq tovushini tavsif qilishda ana shu uch tomon e‘tiborga olinadi. Masalan, k tovushi til o‘rtasining yuqori tanglayga tegishi va havoning bu to‘siqdan portlab chiqishi natijasida hosil 99 bo‘ladi. Nutq a‘zolarining qayerida va qanday yo‘l bilan hosil bo‘lishi tovushning talaffuz (fiziologik) tomoni sanaladi. Uning sof shovqindan iborat ekanligi, jarangsizligi akustik belgisi, k ning g dan va boshqa tovushlardan farqlanishi esa vazifaviy belgisi hisoblanadi. Tilshunoslik fani uchun tovushning vazifaviy tomoni muhim sanaladi. Shuning uchun vazifaviy belgi lingvistik (tilshunoslikka oid) belgi deb ham yuritiladi. Nutq tovushlari akustik va artikulyatsion (talaffuz) belgilariga ega bo‘ladi. Bu belgilarning barchasi fonetika uchun muhim sanaladi, chunki bu belgilarni to‘la hisobga olgandagina u yoki bu tovushning xususiyatiga to‘g‘ri javob berilgan bo‘ladi, lekin fonologiya uchun yuqoridagi belgilarning ko‘pi muhim sanalmaydi. Fonologiya uchun faqat bir tovushni ikkinchi tovushga taqqoslaganda ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilarigina ahamiyatli bo‘ladi. Zidlanayotgan ikki birlikni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilar farqlovchi belgilar, ularning har ikkisida takrorlanadigan, ikkisi uchun ham umumiy bo‘lgan belgilar birlashtiruvchi belgilar sanaladi. Masalan, t va d tovushlari: birinchi tovush til oldilik, portlovchilik, jarangsizlik belgilariga; ikkinchisi esa til oldilik, portlovchilik, jaranglilik belgilariga ega. Bu ikki tovushning yuqoridagi belgilarini bir-biriga qiyoslasak, dastlabki ikki belgi (til oldilik, portlovchilik belgilari) har ikkisida takrorlanadi. Uchinchi belgi (jarangli- jarangsizlik belgisi) bilan esa ular bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra, birinchi va ikkinchi belgilar ular o‘rtasidagi birlashtiruvchi belgilar, uchinchi belgi esa farqlovchi belgi hisoblanadi. Fonemalarni belgilashda yaqin, o‘zaro o‘xshash tovushlarni bir-biriga zidlash, ular o‘rtasidagi farqlovchi va birlashtiruvchi belgilarni aniqlash katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling