112
umumiy
qonuniyatlari, tilning ichki qurilishi,
til tizimi, til va nutq munosabatlari
haqidagi fan.
Fonetik-fonologik qonuniyatlar – til taraqqiyotidagi fonetik o‘zgarishlarni
tahlil etuvchi qonuniyatlarlardir.
Umumiy fonetik qonuniyatlar – barcha tillarga xos umumiy holdagi tartib
va qoidalarni tilning boshqa qonuniyatlari bilan bog‘liqlikda aks ettiradi.
Xususiy fonetik qonuniyatlar – muayyan til uchun xos bo‘lgan
qonuniyatlarni ifodalaydi.
Metafora – “o‘xshashlik” asosidagi ma’no ko‘chishi. Bunda ma’no
ko‘chishi o‘xshashlik asosida ro‘y beradi.
Metonimiya – “aloqadorlik” asosidagi ma’no ko‘chishidir. Bunda narsa-
buyum o‘ziga aloqador boshqa nom bilan ataladi.
Sinekdoxa – butunning nomi bilan qismini atash, qismning nomini atash.
Vazifadoshlik (funksiyadoshlik) – vazifa asosida ma’no ko‘chishi.
Bunda
so‘z ma’nosi vazifaga ko‘ra ko‘chadi.
Kinoya – qochiriq, kesatiq ma’nolarida aytilgan o‘zgalar “gapi”, “so‘zi”.
Kinoya bilan aytilgan so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi. Kinoya bilan aytilgan so‘z
teskari
ma’noda tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: