Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Download 3.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/184
Sana30.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1733621
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   184
Bog'liq
Мутахассисликка кириш (тил)

Sozning atash ma’nosi. So‘zlarning borliqdagi narsa-hodisalar, belgi 
xususiyatlar, harakat-holatlarni bildirishi uning atash ma’nosi sanaladi. Faqat 
mustaqil so‘zlargina atash ma’nosiga ega bo‘ladi. Olmoshlar bundan mustasno. 
Ular atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga ishora qiladi.
Bir ma’noli va kop ma’noli so‘zlar. So‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noli 
so‘zlarga bo‘linadi. Bir ma’nolilik hodisasi monosemiya deyiladi. Bir ma’noli 
so‘zlar monosemantik so‘zlar hisoblanadi. On, Toshkent, Mirzachol, oshpaz, 


114 
pazanda, sa’va, odam, chumchuq, ravish, tuya.. singari aniq bir ma’noni ifodalash 
uchun qo‘llanilgan so‘zlar bir ma’noli so‘zlar sanaladi.
Nutqiy jarayonda ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llanuvchi so‘zlar ko‘p 
ma’noli so‘zlar deyiladi. Birdan ortiq (bir necha) ma’nolarda keladigan so‘zlar 
ko‘p ma’noli so‘zlar deyiladi. Ko‘p ma’noli so’zlar polisemantik so‘zlar deyiladi. 
Ko‘p ma‘noli so‘zlarda bosh (asosiy) va ko‘chma ma’no bo‘ladi. 
кo
Odamning ko‘zi 
uzuk ko‘zi 
yog‘och ko‘zi 
oynaning ko‘zi 
yoqa 
ko‘ylak yoqasi 
yo‘l yoqasi 
tog‘ yoqasi 
daryo yoqasi 
Sozning oz ma’no va kochma ma’nolari. So‘z ma’nosi ko‘chishi natijasida 
o‘z va kochma ma’no hosil bo‘ladi. So‘zlarning nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan 
atash ma’nosi oz ma’no («denotativ», «bosh», «atash» ma’nosi) sanaladi. 
So‘zning nutqdagi boshqa so‘zlarga bog‘lanib hosil qilinadigan yondosh ma’nosi 
kochma ma’no (konnotativ ma’no) hisoblanadi. Masalan: odamning qulogi – o‘z 
ma’noda, qozonning qulogi – ko‘chma ma’noda.

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling