Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shimcha adabiyotlar
- 11-§. LEKSIKOGRAFIYA. LUGAT TURLARI VA TIPLARI Reja: 1.Leksikografiya haqida ma’lumot. 2. Lug`atchilik tarixi. 3. Lug`at turlari. Kalit so`zlar
- Leksikografiya
Asosiy adabiyotlar
1. Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish.-Toshkent, 2010.-157-161 б. 2. Peter T. Daniels. (2001) Writing and Language. In The Handbook of Linguistics. Edited by Arnoff, M., Rees-Miller, J. P.65-68. 3. Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2009.-Б.220-226 б. 4. Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. -Тoshkent, 2013. -Б.-196-204; 205-210. 5. Хolmanova Z. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent, 2007. -Б.86-89 6.Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси.-Т.,2010. 7.Nurmonov A. Lingvistik tahlil metodlari va metodologiyasi.-T., 2010 8.Искандарова Ш. Лексикани мазмуний майдон асосида ўрганиш муаммолари.-Т.: Фан, 1988. -98 б. 9. Hakimova M. Semasiologiya. –T., 2008. Qo‘shimcha adabiyotlar 1.Абдуазизов А., Шереметова А. Общее языкознание.- Тошкент, 2004.-Б.4-9 2.Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2009.-Б.241-246 3.Щитка Н.Н., Юсупова К.Н.Введение в языкознание. -Тошкент, 2006.-Б.21- 27. 4.Ҳoжиeв A. Тилшунoслик тeрминлaрининг изoҳли луғaти.-Тошкент, 2002.- Б.14-32. 5.Қ. Маҳмудов. Ўзбек тилининг тарихий фонетикаси.-Тошкент,1992. 6.www. literature.uz 7.www. genhis philol.ru. 8. Искандарова Ш. Ономасиология муаммолари ва ўзбек тили лексикасини майдон сифатида ўрганиш.// Ўзбек тили ва адабиёти.-1998.-№3.-Б.29-30. 9. Ҳoжиeв A. Тилшунoслик тeрминлaрининг изoҳли луғaти.-Т., 2002. 11-§. LEKSIKOGRAFIYA. LUGAT TURLARI VA TIPLARI Reja: 1.Leksikografiya haqida ma’lumot. 2. Lug`atchilik tarixi. 3. Lug`at turlari. Kalit so`zlar: лексикография, энциклопедик қомус, филологик луғатлар, izohli lug‘at, imlo lug‘ati, orfoepik lug‘at, morfem lug‘at, chastotali lug‘at, ters (chappa, teskari) lug‘at, o‘zlashma so‘zlar lug‘ati 122 Tilimizdagi so‘zlarning alifbo tartibida joylashtirilishiga lug‘at, lug‘at tuzish qoidalarini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasiga esa lug‘atshunoslik (leksikografiya) deyiladi. Leksikografiya lotincha «chizmoq», «yozmoq» so‘zlaridan olingan bo`lib, lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslik bo‘limidir. Avvalo, luqatlar ikki turli bo‘ladi: 1) ensiklopedik (qomusiy) luqatlar; 2) filologik (lingvistik) lug‘atlar. Bu ikki turdagi lug‘atlar birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi. Lug‘atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o‘z ichiga olsa, ensiklopedik (qomusiy) lug‘at; ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z ichiga olsa, filologik (lingvistik) lug‘at hisoblanadi. Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar o‘z ifodasini topadi. Umuman, ensiklopedik lug‘atlar ma’lum bir xalqning madaniy-ma’naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o‘z izohini topadi. O‘zbek leksikografiyasida 14 jildlik qomusiy lug‘at, besh jildlik izohli lug‘at, 5 jildlik ruscha-o‘zbekcha lug`at, o‘nlab atama lug‘atlari, 2 jildlik akademik grammatika, bir necha tilli lug‘atlar, dialektologik lug‘at va to‘plamlar nashr qilindi. Orfoepik va orfografik lug‘atlar bosib chiqarildi. Tildagi so‘zlarni izohlashga qaratilgan lug‘atlar izohli lug‘at, muayyan tildagi so‘zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan (bir tildagi so‘z ikkinchi tilda qanday so‘zga teng kelishini ko‘rsatuvchi) lug‘atlar esa tarjima lug`at sanaladi. Izohli lug‘atlar so‘zlikning tanlanishiga ko‘ra umumiy va tarmoq lug‘atlarga bo‘linadi. Tilning barcha so‘zlarini izohlashga qaratilgan lug‘atlar umumiy izohli lug‘atlar, ma’lum bir tarmoqqa doir so‘zlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug‘atlar tarmoq lug‘at hisoblanadi (masalan, kasb-hunarga doir lug‘atlar, ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalar lug‘ati va boshqalar). Filologik lug‘atlarning doirasi keng bo‘lib, unga yana ma’lum fan va texnikaga oid atama lug‘atlari, frazeologik, idiomatik lug‘atlar, sinonim so‘zlar lug‘ati, imlo va to‘g‘ri talaffuz lug‘atlari, sheva, kasb-hunar, tarixiy, toponimik va boshqa lug‘atlar kiradi hamda har qaysisi o‘z sohasidagi so‘zlarni izohlab beradi. So‘zlarning to‘g‘ri yozilishini ko‘rsatuvchi lug‘atga imlo lug‘ati deyiladi. Lug‘at oldiga qo‘yilgan maqsadiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi: izohli lug‘at, tarjima lug‘ati, imlo lug‘ati va boshqalar. Tildagi so‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘z ichiga olgan lug‘atlar etimologik lug‘atlar sanaladi. Prof. Sh. Rahmatullayevning ko‘p yillik samarali mehnatlari tufayli o‘zbek tilida ham dastlabki etimologik lug‘at paydo bo‘ldi. O‘zbek tili so‘zlarga boy. Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha E.F.Fozilov rahbarligida tuzilgan lug‘atda 70000ga yaqin so‘z, P.Shamsiyev va S.Ibrohimovlar tuzgan lug‘atda 60000ga yaqin so‘z qo‘llangani ko‘rsatilgan. Agar Abdulla Qodiriy, Oybek, A.Qahhor asarlarining lug‘atlari tuzilsa, so‘zlarning miqdori bundan kam bo‘lmaydi. Aslida o‘zbek tilidagi so‘zlarning barchasi to‘plansa, 100- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling