120 mingdan ortib ketadi. O‘zbekiston hukumatining qarori bilan ko‘p jildli
«O`zbek tilining izohli lug`ati» va «O‘zbek milliy ensiklopediyasi» tuzildi.
Ilmning ham, axloqning ham, hissiyotning ham kaliti tildir. Til insonning
yuksak madaniyatini, chuqur bilimini, hissiyotini namoyish qiluvchi vositadir.
Shuning uchun til qoidalarini mukammal bilish va unga amal qilish zarur. Tilning
nozik tasviriy vositalarini o‘zlashtirish, uning rang-barang uslub jilolaridan
foydalana bilish inson uchun muhim ahamiyatga ega.
So‘zligining bir til yoki bir necha tildan iborat bo‘lishiga ko‘ra tarjima
lug‘atlari va bir tilli lug‘atlar farqlanadi.
I.Tarjima lug‘atlarida bir tilning lug‘aviy birligiga boshqa tildagi mos birlik
beriladi. Masalan, «O‘zbekcha-ruscha lug‘at».
II.Bir tilli lug‘atlar (o‘z til lug‘atlari)ning so‘zligi bir tilda bo‘ladi. Bir tilli
lug‘atlarning quyidagi turlari bor.
1.Izohli lug‘atda lug`aviy birliklarning (so‘z yoki iboralarning) ma’nosi
izohlanadi. Lug‘aviy birlik ko‘p ma’noli bo‘lsa, uning barcha ma`nolari keltiriladi
va izohlanadi. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» 1981 yilda ikki jild holida e’lon
qilingan bo‘lib, oltmish besh mingga yaqin so‘z izohlangan. Izohli lug‘at 2006-
2008 yillarda besh jild holida nashr etildi.
2.Imlo lug‘ati so‘zlarning imlo qoidalariga binoan qanday yozilishini qayd
etadi. Imlo lug‘ati (orfografik lug‘at) so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini ko‘rsatadi.
Katta hajmli imlo lug‘ati 1976 yilda nashr etilgan, unda 65 ming so‘zning to‘g‘ri
yozilishi qayd qilingan. O‘quvchilar uchun chiqarilgan maxsus imlo lug‘atida 17
ming so‘zning to‘g‘ri yozilishi berilgan.
3. Orfoepik lug‘atda so‘zlarning adabiy talaffuzi qayd etiladi.
4.Morfem lug‘atda so‘zlarning morfem tuzilishi, ma’noli qismlari beriladi.
Ular lingvistik maqsadlarda tuziladi.
Morfemika-so`zning ma`noli qismlari haqidagi ta`limot. Morfemika-
morfemalar haqidagi bo`lim. So`zning ma`noli qismlari morfemalar deyiladi.
Morfema so`zning bo`linmas, eng kichik ma`noli qismidir. Morfemalar ikki
xil bo`ladi: o`zak morfema va affiksal morfema.
1.
O`zak morfema: so`zda albatta ishtirok etadigan, leksik
(lug`aviy) ma`no ifodalay oladigan morfemadir. O`zak morfema so`z
yasalishi uchun ham, shakl (forma) yasalishi uchun ham asos bo`ladi:
gulchilarimizni: o`zak morfema-gul
Do'stlaringiz bilan baham: |