Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Download 3.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/184
Sana30.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1733621
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   184
Bog'liq
Мутахассисликка кириш (тил)

Paronimlar. Faqat bir tovushi bilan farqlanuvchi bir xil talaffuz qilinadigan 
so‘zlarga paronim deyiladi. Talaffuzi yaqin bo‘lganligi uchun bunday so‘zlarni 
bir-biri bilan almashtirib qo‘yish ehtimoli bor. Aytilishi (talaffuzi) bir-biriga 
o‘xshash, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo`lgan so‘zlar paronimlardir: 
yuvindi-yuvundi, fakt-pakt, abzal-afzal, yoriq-yorug`, quyulmoq-quyilmoq, arch-


119 
art, otalik-otaliq, yonilgi-yoqilgi, matal-ma’tal (mahtal), jodi-jodu, yondosh-
yondash, bob-bop, tub-tup, tanbur-tambur, daha-daho, sada-sado, juda-judo, 
qism-qisim, adl-adil, ahl-ahil, asr-asir, quyilmoq-quyulmoq, tuyilmoq-tuyulmoq, 
kift-kaft, yod-yot, darz-dars, ramz-razm, qarz-qars, qayd-qayt, naq-naqd
otkazmoq-otqazmoq. Bir so‘zning ikki xil yozilishi paronim hisoblanmaydi: 
podsho-podshoh, gadoy-gado, kabutar-kaptar, nabira-nevara
Emotsional-ekspressivlik jihatdan ozbek tili leksikasi 
Emotsional-ekspressivlik his-tuyg‘u, munosabat ifodalash demakdir. O‘zbek 
tilidagi ba’zi so‘zlar so‘zlovchining munosabatini ham ifodalaydi, ba’zilarida 
munosabat sezilmaydi. Shu jihatdan so‘zlar ikki xil bo‘ladi: emotsional-ekspressiv 
bo‘yoqsiz so‘zlar; 2) emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlar. Bo‘yoqsiz so‘zlarda 
faqat tushuncha, ma’no ifodalanadi. So‘zlovchining munosabati sezilmaydi. 
Bunday so‘zlar boyoqsiz yoki neytral, uslubiy betaraf sozlar deb yuritiladi. 
Bo‘yoqdor so`zlarda so‘zlovchining munosabati ham ifodalanadi. Munosabatning 
xarakteriga ko‘ra bo‘yoqdor so‘zlar ikki xil bo‘ladi: a) ijobiy bo‘yoqdor so‘zlar: 
chehra, jamol. b) salbiy bo‘yoqdor so‘zlar: badbashara, badburush, naynov, 
qiltiriq, kampirdahan.
So‘z ko‘chma ma‘nosining shakl va ma’no munosabatini ifodalovchi turlari - 
sinonimlar, omonimlar, polisemiya, metafora, epitet, metonimiya, sinekdoxa va 
boshqalar uslubiy vosita bo‘lib, turli qo‘shimcha ma’no, mazmunni ifodalashga 
xizmat qiladi. 
Sifatlash ham tilning boy tasviriy vositalaridan biri bo‘lib, narsa, voqea, 
hodisalarni yorqin ifodalashga xizmat qiladi.

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling