Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
- Bu sahifa navigatsiya:
- affiksal sinonimlar
Sinonimlar (ma’nodosh so‘zlar). Bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki va
undan ortiq so‘zlarga ma’nodosh so‘zlar deyiladi. O‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lgan so‘z va qo‘shimchalar sinonimlar uyasi yoki sinonimlar qatori deyiladi: dastur- reja, botir-mard – jasur - qahramon, ota- padar, o‘qituvchi- muallim, bitik -kitob, et - go‘sht, el – yurt – diyor - vatan, chiroy - husn, chiroyli - go‘zal, katta - buyuk, tug‘ilmoq - tavallud topmoq va b. So‘z maqomidagi sinonimlar lug‘aviy (leksik) sinonimlar, qo‘shimcha maqomidagi sinonimlar esa affiksal sinonimlar sanaladi. Har qanday uslubiy xoslanish va so‘zlovchining bahosidan xoli bo‘lgan sinonimlar qatori a’zosi dominanta (uslubiy xoslanish va baho bildirishga ko‘ra neytral) sanaladi. Ma’nodosh so‘zlar bir ma’noni xilma-xil so‘zlar orqali turli nozik ma’no qirralari bilan ifodalashda, so‘z sehrini namoyish etishda, nutqni bezashda, ta’sirchanligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Sinonim belgi, predmet, shaxs, voqeaning bir necha nomlar bilan aytilishidir: odam, inson, kishi, bashar; yel, bo‘ron, sabo, nasim; katta, buyuk, ulug‘; gapirdi, aytdi, so‘zladi, dedi, uqtirdi, 117 bayon etdi va b. Sinonimlar til boyligi bo‘lib, avvalo shaxs va predmetlarning eng nozik ma’no bo‘yoqlarini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: Gulshanda gullarni tebratar sabo, Adashgan yo‘lchiday daydib yurar yel. Men buyuk yurt o‘g‘lidirman, Men bashar farzandiman. Sinonimlar gapdagi takrorga yo‘l qo‘ymaydi. O‘rinsiz takror nutqqa zarar yetkazadi. Sinonimlar badiiy uslub vositasi bo‘lib, adabiy tilni boyitish manbalaridandir. Ona tili imkoniyatlarimizdan (bet-yuz) va boshqa tillardan so‘zlar olish yo‘li bilan sinonimlik qatorlar kengayaveradi: Sinonimlar, asosan, boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirish natijasida yuzaga keladi: sevgi (o‘zbek) - muhabbat (arab); kuch (o‘zbek) - qudrat (arab); buyruq (o‘zbek) - amr (arab) - farmon (tojik); ot (o‘zbek) - ism (arab); yozuvchi (o‘zbek) - adib (arab); manglay (o‘zbek) - peshana (tojik); ko‘klam (o‘zbek) - bahor (tojik); qo‘shin (o‘zbek) - armiya (rus); yurak (o‘zbek) - dil (tojik) - qalb (arab). Sinonimlar nutqni ravon va ta’sirchan qiladi: Erur bas chu husn-u malohat senga, Yasanmoq, bezanmoq ne hojat senga. Shu qadar chiroyli, shu qadar go‘zal! Minglab gulistondan afzaldur bu joy. Minglab gulistonga, minglab chamanga Bu huzur ko‘rk bo‘lur undagi chiroy. Ma’noni kuchaytirish va ta’kidlash uchun sinonimlar ketma-ketlikda qo‘llanadi. Ul-oyki, kula-kula yig‘latdi meni, yig‘latdi meni demayki, siqtatdi meni. Falakdan, osmondan, ko‘kdan oshqay faxr etib boshim …(Habibiy) Ajoyib husndor, go‘zal fasl bu! Sadoqatli, qadrdon, oshno-yu, do‘st-u yorim bor. (Habibiy). Tilimizda shartli sinonimlar ham uchraydi. H.Olimjon Ofeliyaning chiroyini bo‘rttirish uchun chiroy so‘zi bilan qanoatlanmay, o‘t so`zidan ham foydalandi: Nega kerak edi, shu chiroy, shu o‘t? Shu yoniq yulduzni ko‘zga yashirmoq? Ma’nodosh so‘zlar bir umumiy ma’noni ifodalasa ham, shu umumiy ma’noni qanday ifodalash nuqtayi nazaridan bir-biridan farq qiladi. Masalan: shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo‘kirmoq so‘zlari so‘zlash umumiy ma’nosi bilan bir xil bo‘lsa ham, ovozning baland-pastligiga ko‘ra farq qiladi. Shuningdek, to‘ng‘illamoq, ming‘irlamoq, vaysamoq, javramoq so‘zlari ham so‘zlash umumiy ma’nosi bilan yuqoridagi so‘zlar bilan birlashadi, lekin ulardan salbiy bahoga egaligi bilan farq qiladi. Irod etmoq, bayon etmoq singari so‘zlar kitobiy uslubga xoslanishi bilan farqlanadi; bashar, siyna poetik (badiiy) uslubda: bahor, quyosh so’zlari ilmiy uslubda qo‘llanadi. Bunday sinonimlar uslubiy sinonimlar deyiladi. Bir ma’noni maqsadga muvofiq bo‘lgan bir necha so‘zlardan bittasini tanlash orqali ifodalsh mumkin. Bu bilan nutqning ta’sirchanligini oshirish orqali so‘z sehrini namoyon qilishga erishiladi. Sinonimik qatordagi so‘zlar ma’noni qay darajada ifodalashi jihatidan ham farqlanadi. Masalan, qiziq-g‘alati-ajoyib-alomat-antiqa sinonimik qatorida qiziq belgini neytral holda; ajoyib-alomat-antiqa so‘zlari belgini kuchli darajada; yaxshi- durust-tuzuk sinonimik qatorida durust, tuzuk so’zlari belgini kuchsiz darajada ifodalaydi. Ayrim sinonimlarda sinonimik qatordagi so‘zlar nozik ma’nosi bilan farqlanadi. Bunday sinonimlarni (har doim ham) birining o‘rnida boshqasini 118 qo‘llab bo‘lmaydi; ho‘l-shalabbo; tiqillatdi-taqillatdi, dukillatdi-gursillatdi; kulmoq-jilmaymoq-irshaymoq-tirjaymoq. Ba’zi sinonimlar ma’nosi va ishlatilishi jihatidan farq qilmaydi: tilshunoslik- lingvistika; respublika-jumhuriyat; doston-poema; kosmos-fazo. Sinonimiya – bir ma’nodagi so‘z, ibora, gaplarni turlicha shaklda ifodalash usuli bo‘lib, uslubiyatning bir turidir. Sinonimiyaning quyidagi turlari mavjud: 1. Leksik sinonimiya. 2. Morfologik sinonimiya. 3. Sintaktik sinonimiya. Bir tushunchani ayrim hollarda, ayniqsa, badiiy uslubda ikki va undan ortiq so‘z bilan ifodalash mumkin. Bular frazeologik sinonimlar deyiladi: quloq soldi, ko‘zingi yog‘ bosibdi, qo‘l uchida (so‘rashmoq), tilini uzun qildi. O‘zlashma so‘zlar faqat o‘zbekcha so‘zlar bilangina emas, o‘zaro ham sinonim bo‘lishi mumkin: hujum-ataka-hamla; josus-agent; mavzu-tema; muallif-avtor; sozanda-muzikant; muharrir-redaktor; aktyor-artist; shtraf-jarima. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling