Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
Tag ma’no. ifodalangan gapning ko‘chma - tag ma`nosi ham bo‘ladi. Xotin:
Sizga tekkuncha alvastiga tegsam bo‘lmasmidi?! Er: Afsuski, yaqin qarindoshlar orasida nikoh man qilingan. So‘zning har bir ko‘chma ma’nosi qo‘shimcha uslubiy (modal) ma’no ifodalaydi. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari So’zlar shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra to‘rt xil: omonim, sinonim, antonim, paronim. Omonimlar (shakldosh so‘zlar). Aytilishi va yozilishi bir xil bo‘lib, turli atash ma’nolarini bildirgan so‘zlarga shakldosh so‘zlar deyiladi: (yoz, o‘t, ol, yon, bor, til, soch, tut, tik, yosh, qo‘y, ko‘k va b.). Omonim. Ikki yoki undan ortiq so‘zning bir xil yozilishi va bir xil talaffuz etilishi natijasida omonimlar yuzaga keladi. Omonimlar quyidagicha hosil bo‘ladi: 1.Boshqa tillardan o‘tgan so‘zlarning o‘zbek tilidagi so‘zlar bilan bir xil shakl hosil qilishi natijasida: atlas-atlas, etik-etik, tok-tok. 2.Ko‘p ma’noli so‘z ma’nolari o‘rtasidagi bog‘lanishning yo‘qolishi natijasida: dam (hordiq), dam (bosqon), dam (nafas); gap (til birligi), gap (yig‘in). Omonimlik hodisasi bir turkum doirasida yoki bir necha turkum doirasida sodir bo‘ladi. Bir turkum doirasidagi omonimlarga grammatik shakllar qo‘shilganda ham omonimligini saqlab qoladi: Biz yoqqan o‘tlarimizni o‘chirdik. Biz ekkan o‘tlarimizni o‘rdik. 116 Shakli bir xil, ma’nosi har xil bo‘lgan bu so‘zlar ko‘proq badiiy uslubda modal, uslubiy ma`nolarni anglatishda vosita bo‘ladi. La’lidin jonimg‘a o‘tlar yoqilur, Men vafosi va’dasidin shodmen, Qoshi qaddimni jafodin yo qilur, Ul vafo, bilmanki, qilmas yo qilur Yana bir misol: Charxi kajraftor elidin yozamen, Chiqmadim hijron qishidin yoza men. Bir meni yorliq bilan yod etmas ul, Har necha ul shahga qulluq yozamen. Omonim so‘zlar yordamida shoirlar adabiy uslubda tuyuq janrini yaratadilar. Ikkinchidan, ular og‘zaki so‘zlashuv nutqida askiya janri uchun katta material beradi. Polisemiya va omonim bir-biriga shaklan o‘xshaydi. Ko‘p ma’noli so‘zlar omonim so‘zlardan quyidagicha farqlanadi: 1.Ko‘p ma’noli so‘z bir so‘zning bir necha ko‘chma ma’noda kelishidir. Omonim esa bir xil shaklga ega bo‘lgan birdan ortiq (bir necha) so‘zdir. Masalan, o‘t (olov), o‘t (o‘simlik), o‘t (harakat), o‘t (inson a’zosi). 2.Ko‘p ma’noli so‘zning ma’nolari o‘rtasida bog‘lanish seziladi. Omonim so‘zlar ma’nolari o‘rtasida yaqinlik sezilmaydi. Omonim (shakldosh so‘z)lar: rang I – unvon rang II – bo‘yoq salla I– boshga o‘raladigan mato salla II– o‘rama pishiriq nomi rasta I – do‘kon peshtaxtasi rasta II – balog‘atga yetgan, o‘spirin banda I – qul banda II – inson, banda III –to‘da savag‘ich I – savash mogslamasi savag‘ich II– o‘simlik nota I – shartnoma nota II – musiqa matni Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling