Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chastotali lug ‘at
- Sinonimlar
- Terminologik lug ‘at
2.
Affiksal morfema: (qo`shimcha morfema) mustaqil leksik (lug`aviy) ma`no ifodalay olmaydigan, so`zning leksik yoki grammatik ma`nolari shakllanishida xizmat qiladigan morfemadir. Affiksal morfema so`z tarkibida hamma vaqt ham ishtirok etavermaydi. Affiksal morfemalar (qo`shimchalar) vazifasiga ko`ra 3 xil bo`ladi: 1. So`z yasovchi affikslar yangi so`z hosil qiladi, so`zning leksik (lug`aviy) ma`nosi shakllanishida ishtirok etadi. Ot, sifat, fe`l, ravish yasovchi barcha affikslar so`z yasovchi hisoblanadi: gulla 124 2. So`z shaklini hosil qiluvchi (forma yasovchi) affikslar so`z ma`nosiga ta`sir etib, uni bir oz o`zgartiradigan, ammo yangi so`z hosil qilmaydigan qo`shimchalardir. Sonlardagi -ta, -tacha, otlardagi kichraytish-erkalash qo`shimchalari (-cha, -jon, -xon, -loq...); qarashlilikni bildiruvchi qo`shimcha (-niki); -dek, -day qo`shimchalari, ko`plik qo`shimchasi (-lar), fe`l nisbatlari, fe`l mayllari qo`shimchalari, sifat darajalari qo`shimchalari shakl yasovchi hisoblanadi. 3. So`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar so`zning ma`nosiga umuman ta`sir etmaydi. So`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar sintaktik munosabat (so`zlarni o`zaro biriktirish) uchun xizmat qiladi.So`z o`zgartiruvchi qo`shimchalarga kelishik, egalik, shaxs-son qo`shimchalari kiradi. Ba`zi adabiyotlarda qo`shimchalarning vazifasiga ko`ra turlari ikki xil deb ko`rsatiladi. Bunda so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar shakl yasovchi qo`shimchalar guruhida beriladi. Qo`shimchalar tuzilishiga ko`ra sodda va murakkab (qo`shma) bo`ladi. 1.Sodda affikslar: -chi,-la,-lik,-lar... 2.Murakkab (qo`shma) affikslar:-chilik,-garchilik,-lan,-lash, larcha: yo`qchilik, yog`ingarchilik, otlan, salomlash, o`rtoqlarcha. Quloqchin, yuksal, yuksak, qattiq, kunda,chindan so`zlari ma`noli qismlarga ajralmaydi. Demak, o`zak va qo`shimchalar so`zning ma`noli qismlari hisoblanadi. 5. Chastotali lug‘at so‘zlarning qo‘llanish miqdori va foizi haqida ma’lumot beradi. 6. Ters (chappa, teskari) lug‘atda so‘zlar qaysi harf bilan tugashiga qarab joylashtiriladi. 7. O‘zlashma so‘zlar lug‘atida boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar izohlanadi. 8. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘atida frazeologik birliklar (iboralar) izohlanadi. 9. Sinonimlar lug‘atida sinonimlar izohlanadi. 10. Omonimlar lug‘atida omonimlar izohlanadi. 11. Antonimlar lug‘atida antonimlar (qarama-qarshi ma’noli so‘zlar) beriladi. 12. Paronimlar lug‘atida paronimlarning ma’nolari keltiriladi. 13. Dialektal lug‘atda o‘zbek tilining dialekt va shevalariga xos bo‘lgan so‘zlar qayd etiladi. 14. Terminologik lug‘atda terminlar izohlanadi. 15. Etimologik lug`atda so‘zlarning kelib chiqishi, shakllanish tarixi yoritiladi. «O‘zbek tilining etimologik lug`ati» 2000 yilda prof. Sh. Rahmatullayev tomonidan yaratildi. Etimologiya so`zlarning kelib chiqishi, shakllanish tarixini o`rganuvchi bo`lim. So`zlarning kelib chiqishini o`rganish quyidagilarda ahamiyatli: 1) so`zlarning lug`aviy ma`no ko`lamini yoritishda. 2) so`z o`zagini aniqlashda. 125 3) tilning tarixiy taraqqiyoti davomidagi o`zgarishlarni tahlil qilishda. Masalan: dehqon so`zi yer ochib, ekin o`stiruvchi qishloq odamini bildiradi. Bu so`z asli tojikcha bo`lib, deh-“qishloq”, qon- xon-hokim degan ma`nolarni bildiradi. Qadimda mayda yer egalarini dehqon deyishgan. Hozirda ”ekin-tikin ishlari bilan shug`ullanadigan odam” tushunchasini beradi. Mehnat so`zi mumtoz adabiyotda “mashaqqat”, “zahmat”, “azob- uqubat” ma`nolarida qo`llangan: Yod etmas emish kishini g`urbatda kishi, Shod etmas emish ko`ngulni mehnatda kishi. Mehnat hozirda jismoniy va aqliy ko`rinishdagi faoliyatni anglatadi: Mehnat-mehnatning tagi rohat. Vatan so`zi aslida “tug`ilgan joy” ma`nosini anglatadi. Keyinchalik, vatan so`zining ma`no doirasi kengaya borib, “mamlakat”, “yurt” tushunchasiga teng kelib qolgan. Etimologik kuzatishlar, turkiy tillar etimologiyasiga bog`liq fikrlar muayyan til, jumladan, o`zbek tili tabiatini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Turkiy so`zlar etimologiyasiga oid quyidagi xulosalar o`quvchi bilimini boyitishga xizmat qiladi. 1. O`zbek tilidagi turkiy so`zlar asosan ikki bo`g`inli, qisman bir va uch bo`g`inli bo`lib, to`rt va undan ortiq bo`g`inli so`zlar juda kam. 2. Bir bo`g`inli so`zlar qadimgi turkiy tilga mansub bo`lib, hozirgi o`zbek tili nuqtai nazaridan tub deb qaraladi. Qadim turkiy so`zlar undosh- unli- undosh (sus) shaklida bo`lgan o`zaklarga asoslangan. 3. Turkiy tillarga, jumladan o`zbek tiliga bir bo`g`in tarkibida ikki undoshning ketma-ket kelishi xos emas. O`zbek tilida uchraydigan berk, bo`rk, art burch, bo`rt so`zlari oxiridagi undosh aslida qo`shimcha sifatida keyin qo`shilgan: ber-ik-berk, bo`ru-k-bo`rk; ari-t- art, bur-uch-burch, bo`r-ut-bo`rt. 4. Qadimgi turkiy tilda (o`zbek tilining dastlabki taraqqiyot bosqichida) so`z yasovchi qo`shimchalar hozirdagiga nisbatan ko`p va xilma-xil ko`rinishlarda mavjud bo`lgan. Bugungi kunda ma`noli qismlarga ajratiladigan so`zlarning ko`pi qadimgi turkiy til davrida yasalgan. Ayrim so`zlar etimologiyasiga e`tibor bering. Qo`shiq- “ashula”. Ko`cha tomonda childirma va qo`shiq eshitildi (Parda Tursun). Qo`shiq 1 so`zi qadimgi turkiy tilda “birlashtirish” ma`nosidagi qo`sh fe`liga-(u-g` ot yasovchisini qo`shish bilan yasalgan (bu haqda “Devonu lug`atit turk”da-1 jild, (357-bet); “Drevnetyurkskiy slovar”da(460-bet), ma`lumot berilgan). Bu so`z dastlab “she`r”, “qasida” ma`nosini anglatgan; ma`no taraqqiyoti natijasida “ashula” tushunchasi shakllangan. So`zning qadimiy ko`rinishi 1 Mazkur so`z etimologiyasi haqida Sh. Rahmatullayev, M. Qodirovlarning «O`zbek tilining qisqa etimologik lug`ati» (-T.”Universitet”,1997-1998)da fikr bildirilgan. 126 keyingi davrlarda fonetik o`zgarishga uchragan: qo`sh-ug`-qo`shug`-qo`shuq- qo`shiq. Burungi “ilgari”, “oldin”, “avval”. Ko`chatlarning holati burun qanday bo`lsa, hozir ham shunday. Bu so`z “hid bilish a`zosi” ma`nosidagi burun otining “oldin”, “ilgari” ma`nosi asosida yuzaga kelgan (burun ham yuz sathidan oldin, ilgari turgani uchun shunday nomlangan). «O‘zbek tilining izohli etnografik lug‘ati», «Qo‘shma so‘zlar lug‘ati» hali yaratilmagan. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling