Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
Asosdosh so‘zlar. Bir umumiy asosga ega bo‘lgan so‘zlar asosdosh so‘zlar
hisoblanadi. 1.Bog‘, bog‘bon, bog‘cha. 2. O‘r, o‘roq, o‘rim.3. O‘t, o‘tloq, o‘toq, o‘tla. 4.Gul, gulchi, gulzor, guldor, guldon. 5. Chiz, chizg‘ich, chiziq, chizma. 6.Paxta, paxtakor, paxtazor. 7. Ter, terim, terimchi.8. Bil, bilim, bilimli, bilag‘on, bilimdon. 9.Tug, tugun, tuguncha.Ish, ishchi, ishchan, ishli, ishla. 10. Tuz, tuzdon, tuzli, tuzsiz, tuzla. 11. Oq, oqlik, oqardi.12. O‘qi, o‘quvchi, o‘qituvchi. 13. Kitob, kitobxon. 14. Kasal, kasallik, kasalxona. 15.Kasb, kasbdosh. 16. Ot, otboqar, otlanmoq. 17.Och, ochlik, ocharchilik, ochko‘z. 18. To‘lqin, to‘lqinli. 19.To‘g‘ri, to‘g‘rilik, to‘g‘rilandi. 20.Uzun, uzunlik, uzunchoq. 21.Xat, dastxat.22.Don, donxo‘rak, donlamoq. 23.Dori, dorixona, dorilangan. 24.Joy, joyladi, joylandi. 25.Zo‘r, zo‘ravon, zo‘rlik, zo‘rg‘a. 26.Iz, izladi, iztopar. Savol va topshiriqlar 1.Morfologiyaning o‘rganish ob'ektini izohlang. 2.So‘z turkumlari va turkumlarga ajaratish tarixi haqida ma'lumot bering. 3.Grammatik ma'no va uning xususiyatlarini bayon eting. 4.Lug‘aviy shakllar haqidagi tushunchalaringizni bayon etingyu 5. Affikslarni ajratish mezonlariga munosabat bildiring. Testlar 1. Aytib berib tura qol shaklidagi birikuv qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? 132 A) aytib berib-ko‘makchi fe’l, tura qol-mustaqil fe’l. B) aytib berib tura-mustaqil fe’l, qol-ko‘makchi fe’l. S) aytib berib-mustaqil fe’l, tura qol-ko‘makchi fe’l. D) aytib-mustaqil fe’l, berib tura qol-ko‘makchi fe’l. 2. Turlanish hodisasi qaysi so‘zlarga xos? 1) sifatdosh; 2) son; 3) ot; 4) ravishdosh; 5) harakat nomi; 6) olmosh. A) 3 B) 1, 3, 4, 5, 6 S) 3, 6 D) 3, 5, 6 3. Quyidagi grammatik ko‘rsatkichlardan qaysi biri otning grammatik shakllanishida har doim ham qatnashavermaydi? A) egalik B) son S) kelishik D) egalik 4. Shu mustaqillik sharofati bilan bizning o‘z tilimiz, urf-odatlarimiz, tariximiz, jamiki merosimiz - hammasi o‘z qadrini topdi. Ushbu gapda qo‘llangan olmoshlar miqdorini aniqlang. A) 4ta B) 3ta S) 2ta D) 5ta 5.Qaysi gapdagi kelishik qo‘shimchasini ko`makchi bilan almashtirib bo‘lmaydi? A) Sizga atagan qo‘shiqlarim bor. B) Shu yo‘ldan yurib, murodga etdik. S) Saharlab shaharga yo‘l oldi. D) Zavq bilan kuldi. 6. Quyidagi yasama sifat va otlarning qaysi biri fe’lning bo‘lishsizlik shakli bilan omonimik munosabatda bo‘ladi? A) qo‘llanma B) qazilma S) qotishma D) moslama 7.Tilshunoslikning morfologiya bo‘limiga oid atama (termin)lar qaysi qatorda berilgan? A) grammatik ma’no, modal so‘z, buyruq mayli B) ot- kesim, fe’l, undalma S) bosh so`z, ergash so`z, morfologik yozuv qoidasi D) modal so‘z, undov so‘z, kirish so‘z Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling