я – меня; men –meni-menga;
мы - нас; biz – bizni – bizga;
Grammatika tilning ichki qurilishi haqidagi bo‘lim hisoblanib, ikki
qismdan iborat: morfologiya va sintaksis.
MORFOLOGIYA
Morfologiya grammatikaning bir qismi bo’lib, so‘z turkumlari, so‘zning
grammatik shakli, grammatik ma’no, morfologik kategoriya ( tushuncha)larni
o‘rganuvchi bo’lim. Morfologiya so‘zni grammatik birlik sifatida tekshiradi. So‘z
grammatik birlik sifatida grammatik ma’nosi va grammatik shakliga ega bo‘ladi.
Grammatik ma’no
So‘zning u yoki bu turkumga mansubligini ko‘rsatuvchi, so‘zning ma’lum
bir grammatik shakl orqali ifodalanadigan ma’nosi grammatik ma’no hisoblanadi;
qalam, suv, tosh, olma, bog’,uy so‘zlari bir grammatik ma’noga mansub so‘zlar
hisoblanadi.
Grammatik forma ( shakl) yoki so‘z formasi
So’zning ma’lum bir grammatik ma’no ifodalovchi shakli so’zning
grammatik formasi (shakli) deyiladi. Grammatik ma’noni ifodalovchi morfema
grammatik ( morfologik) ko’rsatkich ham deyiladi. Masalan, ko‘plikning
grammatik ko‘rsatkichi-lar; bosh kelishik va bo’lishlilik ko‘rsatkichi yo‘q (nol
ko‘rsatkichli). Grammatik shakl (so‘z formasi) ning uch xil turi mavjud:
1.Affikslar (qo‘shimchalar): uyni, uydan, uyga; o’qiyapman, o’qiyapsan,
o’qiyapti. Affikslar yordamida yasaluvchi forma sintetik forma deyiladi.
2.Yordamchi so‘zlar orqali hosil bo’luvchi forma; ukam uchun, park
tomon, o‘qib ko‘r, o‘qib chiq. Yordamchi so’z vositasida yasaluvchi forma analitik
forma deyiladi.
3.Juft va takroriy shakl: qozon-tovoq, yaxshi-yomon juft formalari
umumlashtirish ma’nosini; baland-baland, qator-qator, kula-kula kabilar ko‘plik,
takror, ta’kid ma’nosini ifodalaydi.
Leksikologiya so‘z (leksema)larni, ularning atash ma’nolarini o‘rgansa,
morfologiya so‘zning grammatik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi
shakllarni, ya’ni so‘zning morfologik shakllarini o‘rganadi. Morfologiya so‘z
turkumlari va ularning grammatik shakllari, grammatik ma’no yuzasidan bahs
yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |