130
Ismlarning lug‘aviy shakllari. Ismlarning ko‘plik,
kichraytirish-erkalash,
qiyoslash ma’nolarini bildiruvchi qo‘shimchalarga ega bo‘lgan shakli lug‘aviy
shakl sanaladi.
Ismlarning munosabat shakllari. Egalik, kelishik,
-man, -san, -dir
qo`shimchalarga ega bo‘lgan shakli munosabat shakli hisoblanadi. Ism asoslariga
qo`shilib, ularni boshqa so‘zlarga bog‘lab kelish va gap bo‘laklarini
shakllantirishga
xizmat qilganligi uchun egalik, kelishik,
-man, -san, -dir
qo‘shimchalari munosabat shakllari deyiladi. Demak,
ismlarning munosabat
shakllariga quyidagilar kiradi: 1) egalik shakllari; 2) kelishik shakllari; 3) ismlarni
kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan munosabatini ifodalovchi
-man, -san, -
dir qo‘shimchalari,
bo‘
lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so‘zlari. Uchinchi turdagi
so‘zlar va qo‘shimchalar bog‘lamalar deb ham yuritiladi.
Sifatdosh va harakat nomlaridagi egalik qo‘
shimchalari. Sifatdosh va harakat
nomlari tarkibidagi egalik qo‘shimchalari harakat
bajaruvchisining shaxsi, sonini
bildiradi. Shuning uchun qaratqich kelishigini olgan shaxs bildiruvchi so‘zning
qo`llanishiga ko‘pincha ehtiyoj bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: