Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Ismlarni kesimga xoslovchi shakllar


Download 3.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/184
Sana30.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1733621
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   184
Bog'liq
Мутахассисликка кириш (тил)

Ismlarni kesimga xoslovchi shakllar. Kesim ega bilan shaxs va sonda 
moslashadi. Ism orqali ifodalangan kesimlar shaxs-sonni bildiruvchi maxsus -man, 
-san, -dir qo‘shimchalari, shuningdek, bolmoq, sanalmoq, ekan, emish, emas 
so‘zlari vositasida ega bilan moslashadi. Ot kesimlarni ega bilan moslashtiruvchi 
bunday vositalar bog‘lamalar hisoblanadi. 
To‘plam va tasniflar. O‘rganish uchun olingan turli narsa, voqea-hodisalar 
yig‘indisi toplam deyiladi. To‘plamni o‘xshash va farqli belgilar asosida ichki 
guruhlarga bo‘lish tasnif hisoblanadi.
 Mustaqil va yordamchi so‘zlar. So‘zlarning so‘rog‘i va qanday umumlashgan 
ma’no ifodalashiga ko‘ra guruhlarga bo‘linishi soz turkumlari hisoblanadi. So‘z 
turkumlari ma`no va vazifasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi; 1. Mustaqil 
sozlar. 2. Yordamchi sozlar. 3. Undov sozlar. 4. Taqlid sozlar. 5. Modal 
sozlar.
Ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘lib, biror gap bo‘lagi yoki undalma vazifasida 
keladigan, аtаsh vа umumiy grammatik ma’noga (masalan, predmet, belgi, miqdor, 
harakat-holat kabi) ega bo‘lgan so‘zlar mustaqil sozlar sanaladi: gul (nima?), 
inson (кim?), chiroyli (qаnday?), yuztacha (nechta?), keldi (nima qildi?). Fel, ot, 
sifat, son, olmosh va ravishlar mustaqil so‘zlardir.
So‘roqqa javob bo‘lmaydigan, atash ma’nosini bildirmaydigan so‘zlar 
yordamchi so‘zlar deyiladi. 
Morfemalarning agglutinativ tabiati. Affiksal morfemalar o‘zak 
morfemaga birikish xususiyatiga ko‘ra muayyan tilning o‘ziga xos jihatlarini 
namoyon qiladi. O‘zak morfemalarning tabiatiga ko‘ra tillar asosan agglutinativ va 
flektiv tillarga bo‘linadi
30

Turkiy tillar, jumladan o‘zbek tili affiksal morfemalari tabiatiga ko‘ra 
agglyutinativ hisoblanadi. Agglutinatsiya «ketma-ketlik», «yopishtirish» 
ma’nosidagi so‘z bo`lib, qo‘shimchalarning o‘zakka ma’lum tartib va ketma-
30
Agglyutinatsiya-lotincha «yopishtirish» ma’nosini; flektsiya «bukilish» ma’nosini anglatadi.


131 
ketlikda qo‘shilishidan dalolat beradi. Bunday hollarda o‘zak va qo‘shimchalar 
chegarasi sezilib turadi. Agglutinativ tillarda so‘z shakllari o‘zgarmas holda 
qo‘shiladigan affikslar yordamida yasaladi. Bunday tillarda affikslar asosan bir 
grammatik ma’noni ifodalaydi. Masalan, -lar faqat ko‘plik qo‘shimchasi sifatida 
qaraladi. Mazkur qo‘shimchaning boshqa hollarda ifodalagan hurmat, kesatiq, 
kinoyani bildiruvchi grammatik ma’nolari uslubiy jihatlari hisoblanadi. 
Ta’kidlanganidek, turkiy tillarda (o‘zbek tilida) o‘zakka dastavval, so‘z 
yasovchi qo‘shimchalar (morfemalar), keyin lug‘aviy shakl yasovchi va oxirida 
sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar birikadi: tila-k-lar-imiz-ni. Bu qat’iy qoida 
morfem tahlilda, ya’ni so‘zlarni ma’noli qismlarga ajratishda ham muhim. 
Masalan, ortoqlarcha, mardlarcha so‘zlari ortoq-lar-cha, mard-lar-cha 
ko‘rinishida emas, balki ortoq-larcha, mard-larcha tarzida ma’noli qismlarga 
ajratiladi. 
O‘zbek tilidagi affiksal morfemalar o‘zak morfemadan keyin qo‘shilish 
xususiyatiga ega. Shu jihatdan, old qo‘shimchalar o‘zbek tili tabiatiga xos emas. 
Tilimizdagi ser-(sersuv), no-( nomard), be-(begunoh), ba-(badavlat)... kabi old 
qo‘shimchalar fors-tojik tiliga xos bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy 
omillar ta`sirida o‘zbek tiliga o‘zlashib ketgan. Old qo‘shimchalar rus-baynalmilal 
so‘zlarida ham uchraydi. 
Flektiv tillarda o‘zak morfema va affiksal morfema chegaralari sezilmaydi. Rus 
tili, arab tili flektiv tillarga mansubdir: видет-вижу; ходит-хожу; hukm-
mahkama-hokim-hakam-mahkum; fikr-tafakkur-mutafakkir; zulm-zolim-mazlum; 
hol-ahvol; xulq-axloq; she’r-ash’or. 

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling