Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teng bog
Asosiy tushunchalar: sintaksis, so‘z birikmasi, teng bog‘lanish, tobe
bog‘lanish, bitishuv, boshqaruv, moslashuv, gap, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, gapning emotsionallikka ko‘ra turlari Sintaksis haqida umumiy tushuncha. Biz foydalanayotgan til turli birliklardan, vositalardan iborat. Ularning har biri tilda o‘zining muhim vazifasini bajaradi. Tahlil qilganda til birliklari ajratiladi, aniqlanadi va izohlanadi. Sintaksis yunoncha syntaxis so‘zidan olingan bo‘lib, «yopishtirish», «bog‘lash» demakdir. Demak, so‘zlarning va gaplarning (qo‘shma gap doirasida) o‘zaro bog‘lanish qonun-qoidalarini, ularning turlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi sintaksis sanaladi. Bu bo‘lim gapda so‘zlarning bog‘lanishini –so‘z birikmalarini, gap va uning tuzilishi hamda mazmuniy turlarini o‘rganadi. Boshqacha aytganda, sinlaksis so‘z birikmasi va gap haqidagi ta’limotdir. Har qanday til o‘zining nutq tovushlari, so‘zlari (iboralari) va qo‘shimchalardagi imkoniyatlarini sintaksisda, ya’ni gap qurilishida namoyon qiladi. So‘zning tildagi muayyan qonun-qoidalar asosida o‘zaro birikuvidan so‘z birikmasi va gaplar hosil bo‘ladi. So‘z birikmalari va gaplar o‘z qurilishi va ifoda mazmuniga ko‘ra farqlanadi. Sintaksis so‘z birikmasi sintaksisi, gap sintaksisi bo‘limlaridan iborat. Teng bog‘lanish va tobe bog‘lanish. Bir so‘zning boshqa so‘zga ma’lum grammatik vositalar (grammatik qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar) orqali bog‘lanishi grammatik bog‘lanish hisoblanadi. So‘zlarning o‘zaro grammatik bog‘lanishi ikki xil: 134 1.Teng bog‘lanish – ikki so‘zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo‘ysunmay bog‘lanishi: opam va kitob, uy va tom kabi. Bir xil gap bo‘lagi vazifasida kelib, ko‘pincha bir xil so‘roqqa javob bo‘luvchi bo‘laklarning o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog‘lanishi teng bog‘lanish sanaladi: Ular Hofiz, Navoiy, Bedil va Fuzuliy baytlarini tahlil qilib... o‘tirishardi. So‘zlarning teng bog‘lanishi so‘z qo‘shilmalarini hosil qiladi. So‘z qo‘shilmalarida har bir so‘z ma’no mustaqillligini, alohida-alohida narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qoladi: opam va kitob, siz bilan biz kabi. So‘z qo‘shilmalarida so‘zlar sanash ohangi (yozuvda vergul) yoki teng bog‘lovchilar vositasida birikadi. 2. Tobe bog‘lanish – bir so‘zning (tobe so‘zning) boshqa bir so‘zga (hokim so‘zga) bo‘ysunishi orqali bog‘lanishi: opamning kitobi, uyning tomi kabi. Bir bo‘lakning boshqa bo‘lakka kelishik, shaxs-son, zamon qo‘shimchalari, ko‘makchilar va so‘z tartibi va ohang yordamida bog‘lanishiga tobe bog‘lanish deyiladi. Tobe bog‘lanish doimo ikki qismdan iborat bo‘ladi: tobe qism va hokim qism. So‘roq bog‘lanib kelgan qism hokim, so‘roqqa javob bo‘lib keluvchi qism tobe qismdir: chiroyli (qanday?) ko‘ylak, go‘zal (qanday?) mamlakat; dalaga (qayerga?) bormoq. So‘zlarning tobelanish asosida bog‘lanishi so‘z birikmalarini hosil qiladi va so‘z birikmasi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishiga qaramay, bitta tushunchani ifodalaydi: opamning kitobi, qizil gul, uyga kirmoq. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling