Otli so‘z birikmasida hokim so‘z ot va otlashgan so‘zlar (sifat, son, ravish,
taqlid so‘z) bilan ifodalanadi: shaharning ko‘chalari, hammasidan katta,
chumchuqning chug‘ur-chug‘uri, o‘quvchilarning beshtasi, beqiyos o‘lka, katta
qishloq.
Fe’lli so‘z birikmasida hokim so‘z fe‘l, uning sifatdosh, ravishdosh shakllari
bilan ifodalanadi: kitobni o‘qimoq, daftarga yozmoq, tez yugurgan, ohista
gapirmoq, ta’sirli so‘zlab, zavq bilan o‘qimoq.
O‘zbek tilida so‘z birikmalarining tobe so‘zi, asosan, hokim so‘zdan oldin
keladi.
So‘z birikmasida so‘zlarning o‘zaro birikish usullari. Kelishik va egalik
qo‘shimchalari hamda ko‘makchilar so‘z birikmalari, so‘zlarni bir-biriga
bog‘lashga xizmat qiladi.
So‘z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so‘zning hech qanday
qo‘shimchasiz, faqat ohang va ma’nosiga ko‘ra bog‘lanishi bitishuv deyiladi: tez
termoq, chiroyli gapirmoq, ishchan o‘quvchi, mehribon murabbiy.
Tobe so‘zning hokim so‘zga tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishigi
qo‘shimchalari yoki ko‘makchilar yordamida bog‘lanishi boshqaruv deyiladi:
do‘stlarni hurmat qilmoq, g‘alaba uchun kurashmoq, yoshlarga g‘amxo‘rlik
qilmoq, sharoitga ko‘ra yondashmoq.
Tobe so‘zning hokim so‘zga qaratqich kelishigi qo‘shimchasi yordamida,
hokim so‘zning esa tobe so‘zga egalik qoshimchalari yordamida bog‘lanishi
moslashuv deyiladi: kitobning muqovasi, xonalarning kattarog‘i, bizning sinfimiz,
sizning ukangiz, universitet hovlisi.
Bitishuv, moslashuv, boshqaruv usullarini tobe so‘zga qo‘shilgan kelishik
shakllariga asoslanib ajratish mumkin:
1.Bosh kelishik: - ( bitishuv)
2.Qaratqich kelishik: -ning ( moslashuv)
3.Tushum kelishigi: -ni (boshqaruv )
4.Jo‘nalish kelishigi: -ga ( boshqaruv)
5.O‘rin-payt kelishigi: -da (boshqaruv)
6.Chiqish kelishigi: -dan (boshqaruv)
Boshqaruv: olmani terish, ko‘chaga chiqmoq, maktabda o‘qimoq, ishdan
qaytmoq, sayr haqida suhbat.
Do'stlaringiz bilan baham: |