Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
So‘z birikmasi va so‘z. So‘z birikmalari ham so‘zlar kabi narsa, belgi,
harakatni atashga xizmat qiladi. Lekin so‘z–leksik hodisa, so‘z birikmasi–sintaktik hodisadir. So‘z birikmasi narsa, belgi yoki harakatni yakka holda emas, balki ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalaydi. Masalan, kitob so‘zi bir narsaning umumlashgan oti bo‘lib, yolg‘iz tushunchani ifodalaydi, o‘rtog‘imning kitobi birikmasida esa faqat «kitob» ma’nosining o‘zi emas, balki «o‘rtog‘imga tegishli kitob» tushunchasi ifodalanadi. 136 So‘z birikmasi va qo‘shma so‘z. So‘z birikmasida ham, so‘zda ham qismlar bir xildagi so‘z turkumlariga oid bo‘lishi, har ikkalasi ham bir xil grammatik shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bu ularning shakliy o`xshashligidir. Lekin so‘z birikmasidagi qismlar ma’no mustaqilligini saqlagan bo`ladi. Qo‘shma so‘z ma’nosi tarkibidagi qismlarning ma`nosi orqali anglashiladi. So‘z birikmasidagi qismlar orasida grammatik aloqa sezilib turadi, qo‘shma so‘z qismlari orasidagi grammatik aloqa esa yo‘qolgan bo‘ladi. So‘z birikmasini tashkil qilgan qismlarning har biriga alohida-alohida so‘roq berish mumkin: kitobni (nimani?) o`qimoq, uydan (qayerdan?) chiqmoq kabi. Qo‘shma so‘zlarga esa yaxlit bir savol beriladi: kungaboqar (nima?), kamquvvat (qanday?). So‘z birikmasining qismlari o‘z mustaqil so‘z urg`usini saqlagan bo‘ladi (uyning eshigi, xatni o‘qidim, tez yugurdi), qo‘shma so‘z esa umumiy bir urg‘uga ega bo‘ladi (oq ko‘ngil, bilakuzuk, Yangiqo‘rg‘on). Qo‘shma so‘zlarning ko‘pi tarixan so‘z birikmalari asosida yuzaga kelgan. So‘z birikmasi va turg‘un bog‘lama. So‘z birikmasida so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘ladi: tushuncha anglatadi, turg‘un bog‘lanma (ibora)lar esa ma’noviy butunlik uchun birlashgan-yaxlitlangan bo‘ladi va bir leksik ma’noni anglatadi. Turg‘un bog‘lanma (ibora)ga bir so‘z sifatida qaraladi, lug‘atlarda so‘zlar qatorida beriladi, chunki ular ham so‘zlar kabi ma’no ifodalaydi. Masalan, ko‘zini yog‘ bosgan iborasi – «mag‘rurlangan», yog‘ tushsa yalagudek iborasi – «toza», to‘nini teskari kiyib olmoq iborasi – «qaysarlik qilmoq» ma’nosini beradi, ammo bu ma’nolarni oddiy emas, obrazli tarzda ifodalaydi. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling