Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Download 3.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/184
Sana30.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1733621
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184
Bog'liq
Мутахассисликка кириш (тил)

Buyruq gap. Buyurish, da`vat qilish ma`nolarini bildirgan gaplar buyruq gap 
deyiladi: chiroyli yoz. 
Buyruq gaplarning kesimi buyruq shaklidagi fe’llar orqali ifodalanadi. Buyruq 
gap oxiriga nuqta qo‘yiladi.
Ayrim hollarda uchinchi shaxs buyruq maylidagi fe’llar bilan ifodalangan 
gapning kesimi II shaxs ma’nosida qo‘llaniladi. Masalan, Chekmang o‘rnida 
Chekilmasin. Uyga kiring o‘rnida Uyga kirilsin. Bunday vaqtda iltifot, mulozamat 
bildirish, kesatiq kabi ma’nolar ifodalanadi. 
Buyruq gapning kesimi odatda gap oxirida keladi. Ba’zan buyruqni 
kuchaytirish, do‘q-po`pisa ma’nosi ifodalanganda kesim gap boshida keladi. 
Masalan, Qoligizni oling o`rniga Oling qolingizni. 
Istak gap. Kesimi – sa shaklidagi fe’llar orqali ifodalangan gaplar istak gap 
hisoblanadi. Yozuvda istak gaplar oxiriga nuqta qo‘yiladi: Xorijiy tillarni yaxshi 
organib, chet ellarga oqishga borsam. 
II.Gap his-hayajon ishtirokiga kora ikki turga bo‘linadi: 1) his-hayajonsiz 
gaplar; 2) his-hayajon (undov) gaplar. Darak, so‘roq va buyruq gaplar his-
hayajonsiz gaplardir. Bular nutqda kuchli his-hayajonga ega bo‘lishi bilan his-
hayajon gaplarga aylanishi mumkin. His-hayajon gaplar undov gap deb ham 


139 
nomlanadi. Undov gap fikrni kuchli his-hayajon bilan ifodalaydigan, kuchli ohang 
bilan aytiladigan gapdir. Ular shodlik, quvonch, suyunish, qorquv, tantana, 
taajjub, qaygu, afsuslanish kabi turli hissiyotlarni ifodalaydi va baland ohangda 
aytilishi bilan boshqa gap turlaridan farq qiladi. Yozuvda undov gapning oxiriga 
undov belgisi qo‘yiladi: Voy, qomatingdan onang orgilsin! (A.Q.) O
qilmishlaringizdan uyalmaysizmi? (A.Q.) Qadamlaringizga hasanot! (A.Q.) 
Salomlashish - so`rashish, xayrlashish singari holatlar bilan bog‘langan gaplar ham 
yuqori ohang bilan aytiladi (Toy muborak! Xayr dostim!) va undov gaplar 
hisoblanadi.
Agar so‘roq gap his-hayajon bilan aytilsa oldin so‘roq belgisi undan so‘ng 
undov belgisi ishlatiladi: Chiqmaysizmi?! Aytsangiz-chi, nima dedi?! Qoshiqdan 
kim bahra olmaydi?! 
His hayajon gaplarda ko‘pincha qancha, naqadar, shunchalar, qanday so‘zlari 
hamda undov so‘zlar ishtirok etadi yoki kesim gapning oldida keladi: Oh, naqadar 
gozal ona tabiat! Yozuvda his-hayajon gaplar oxiriga undov (!) belgisi qo‘yiladi. 
His-hayajon (undov) gaplarda kesim ko‘pincha gapning oldida keladi, tarkibida ko 
pincha eh, oh singari undov so‘zlari ishtirok etadi va kuchli hayajon bilan talaffuz 
qilinadi. Shuning uchun yozuvda undov gapdan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi. 

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling