Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darak gap.
Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari
Har bir gapda ma’lum bir maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi. So‘zlovchi biror narsa, voqea-hodisalar to‘g‘risida ma’lumot olishni istaydi, tinglovchiga biror ishni bajarish bo`yicha buyruq-xitobini bildiradi. Gaplar ana shu maqsadlarga ko‘ra turlicha quriladi: o‘ziga xos grammatik xususiyatlarga ega bo‘lib, alohida ohang bilan talaffuz etiladi. Gap quyidagicha tasniflanadi. I. Ifoda maqsadiga ko‘ra gaplar: 1) darak gap; 2) so‘roq gap, 3) buyruq gap, 4) istak gapga bo‘linadi. Darak, so‘roq, buyruq va istak gaplar egali va egasiz, yug‘iq va yoyiq, sodda va qo‘shma gap shaklida bo‘lishi mumkin. Darak gap. Darak, xabar ma’nosini bildiruvchi gaplarga darak gaplar deyiladi. Darak gaplar oxiriga yozuvda doimo nuqta qo‘yiladi. So‘roq gap. So‘roq ma`nosini bildirgan gaplar so‘roq gaplar deyiladi. So‘roq gap so‘zlovchi o‘zi bayon qilgan fikriga suhbatdoshining munosabatini bilishga qaratilgan bo’ladi. So‘roq gaplar quyidagicha shakllanadi: a) -mi, -chi, -a, -ya (so‘roq yuklamalari) ishtirokida: Manzura kelmadimi? 138 b) so‘roq olmoshlari (kim?, nima?, qayer?, qancha?) yordamida: O‘sha vaqtda necha yoshda eding? d) so‘roq ohangi yordami bilan; -Uyga mehmon keldi. -Mehmon keldi? –Tunda yo‘lga chiqamiz. – Tunda?. Yozuvda so‘roq gap oxiriga «?» belgisi qo‘yiladi. So‘roq yuklamalari orqali ifodalangan so`roq gaplar ha yoki yo‘q javoblarini talab qiladi. So‘roq olmoshlari yordamida ifodalangan so‘roq gaplar so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘zni talab qiladi: -Ko‘chatlarga kim suv qo‘ydi? –Salim. Yozuvda -mi yuklamasi kesimga qo‘shib yoziladi. –chi, -a, -ya yuklamalari esa o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Ritorik so‘roq gaplar javob talab qilmaydi, javobi shu gapning o‘zida bo‘ladi. So‘roq gap kesimi bo‘lishsiz fe’llar bilan ifodalangan bo‘Isa, darak gap tasdiq ma’nosini bildiradi: Onani kim sevmaydi? (Onani hamma sevadi); aksincha, bo‘lishli fe’llar bilan ifodalangan bo‘Isa, inkor gap ma’nosini bildiradi. Masalan, Bu daraxtni kesishga kim jur‘at qiladi. («Bu daraxtni kesishga hech kim jur’at qilolmaydi» ma’nosini bildiradi). Tinch uyda janjal bo’lishini kim istaydi? (Tinch uyda janjal bo‘lishini hech kim istamaydi). So‘roq gap orqali ifodalangan darak ma’nosi darak gap orqali ifodalangan darak ma’nosidan kuchliroq bo‘ladi. Shuningdek, so‘roq gap shakli orqali buyruq ma’nosi ham ifodalanishi mumkin. Masalan, - Yurmaysizmi? («yuring» ma`nosida). So‘roq gap orqali ifodalangan buyruq ma’nosi buyruq gap orqali ifodalangan buyruq ma’nosidan kuchliroq bo‘ladi. Darak ma`nosini ifodalagan so`roq gaplarga so‘roq-darak gaplar, buyruq ma`nosini bildirgan so‘roq gaplarga esa so`roq-buyruq gaplar deyiladi. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling