qo‘shimchasini olmaydi.
Sifatlarda ham noto‘g‘ri turlanish mavjud. Masalan:
93
Good (yaxshi) –better (yaxshiroq) – best (juda yaxshi) misolida oddiy
turlanishdan farqlanadi.
24
So‘z va qo‘shimcha morfemalar. Ma`noli qismlar, ya`ni apple (olma) va -
s (-lar) qo‘shimchasi morfema deyiladi. Quyidagi so‘zda 3 ta ma`noli qism
mavjud: un + employ + ment. Bulardan employ (xizmat) qismi mustaqil (so‘z)
morfema va u o‘zi ham qo‘llana oladi. Un- va –ment qismlari esa yakka holda
qo‘llana olmaydi, shuning uchun ham ular qo‘shimcha morfemalar hisoblanadi.
Un- qismi prefix (old qo‘shimcha) hisoblanadi, -ment qismi esa o‘zakdan
so‘ng keladi va bu qism suffix (o‘zakdan so‘ng keluvchi morfema) deyiladi.
Employ esa o‘zak (root)dir.
Un- prefiksi bilan boshlanuvchi so‘zlarga misollar keltiramiz:
un+happy(baxtsiz),
un+real(g‘ayritabiiy),
un+able(imkonsiz),
un+conscious(hushsiz).
Ushbu morfem ko‘pincha sifatlar oldidan keladi:
un
+ adjective. Un-
morfemasi qo‘shilgandan so‘ng ham sifat hosil bo‘ladi. Happy(baxtli)/ unhappy
(baxtsiz.) qolaversa, un-(-siz) morfemasi o‘rnida not (emas, yo‘q) so‘zi ham
qo‘llanishi mumkin, ma`noda o‘zgarish bo‘lmaydi. Masalan: Unhappy(baxtsiz)
= not happy(baxtli emas).
-ment suffiksiga misollar quyidagicha: govern+ment(hokimiyat),
retire+ment(nafaqa), argu+ment(munozara).
Ba`zi qo‘shimchalar, xususan, -er morfemasi ot yasash va darajlash
Do'stlaringiz bilan baham: |