128
1.Абдуазизов А., Шереметова А. Общее языкознание.- Тошкент, 2004.-Б.4-9
2.Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2009.-Б.241-246
3.Щитка Н.Н., Юсупова К.Н.Введение в языкознание. -Тошкент, 2006.-Б.21-
27.
4.Ҳoжиeв A. Тилшунoслик тeрминлaрининг изoҳли луғaти.-Тошкент, 2002.-
Б.14-32.
5.Қ. Маҳмудов. Ўзбек тилининг тарихий фонетикаси.-Тошкент,1992.
6.www. literature.uz
7.www. genhis philol.ru.
12-§. GRAMMATIKA VA UNING BO`LIMLARI. MORFOLOGIYA
Reja:
1. Grammatika bo`limi haqida ma’lumot.
2. Tilning grammatik vositalari.
3. Morfologiyada oqrganiladigan masalalar.
Asosiy tushunchalar: grammatika, morfologiya, grammatik ma'no,
affiksatsiya, ohang, melodika, takror, ichki fleksiya, suppletivizm, fleksiya
Grammatika ( yunoncha o‘qish va yozish haqidagi bilim )
tilshunoslikning bir bo’limi bo‘lib , nutqda so‘zlarning o‘zgarishi, o‘zaro
birikib gap hosil qilishi haqidagi bilimdir.
Tilning grammatik vositalari:
1.
Affiksatsiya olimlar fikricha tillarda eng ko‘p tarqalgan vositadir. Ma’no
anglatuvchi affaikslarni ikki turga ajratamiz.
Shakl yasovchi affiksal
morfemalarning keyingi turi
fleksiya deyiladi.
2.
Ohang o‘z ichiga tilda grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat
qiladigan melodika bilan urg‘uni
qamrab oladi, lekin melodika va urg‘uning
roli hamma tillarda bir xil emas.
3.
Melodika deganda ton balandligining o‘zgarishi tushuniladi. U, asosan,
hitoy-tibet tillarida katta ahamiyatga egadir. Hitoy tilida to‘rtta ton mavjud
bo’lib so‘zning ma’nosi shu tonlardan qaysi biri ishlatilayotganligiga ko‘ra
o‘zgaradi. Masalan,
da so‘zi nutqda talaffuz qilinishiga ko‘ra ot, sifat, fe’l va
ravish bo‘lib kelishi mumkin.
4.
Takror (reduplikatsiya) deganda grammatik ma’noni
ifodalash maqsadida
so‘z yoki uning biror qismini ikki marta qaytarish tushuniladi. Takrorlar ko‘p
tillarda uchraydi, lekin u bir xil maqsadga xizmat qilmaydi. Masalan, u malay
tilida grammatik vosita sifatida ishlatiladi va ko‘plik ma’nosi
ifodalashda
foydalaniladi:
orang-odam, orang-orang - odamlar
5.
Ichki fleksiya deganda turli grammatik ma’nolarni ifodalash uchun so‘z
tarkibidagi tovushlarni o‘zgartirish tushunilib bu vosita hind-ovro‘pa va semit
tillarida ko‘p qo’llaniladi.
Arab tilida undosh tovushlar leksik ma’noni
anglatsa, unlilar grammatik
ma’noni ifodalaydi.
6.
Suppletivizm deganda bir so‘zning grammatik shakllarini har xil so‘z
o‘zaklaridan yasalishi tushuniladi. So‘zlarning suppletiv
shakli hind-ovropa
129
tilllarida ko‘plab uchraydi. Grammatik ma’noni bu yo‘l bilan ifodalash,
asosan, kishilik olmoshlari hamda sifatlarga xosdir. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: