Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Ismlarni kesimga xoslovchi shakllar
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘plam va tasniflar.
- Morfemalarning agglutinativ tabiati.
Ismlarni kesimga xoslovchi shakllar. Kesim ega bilan shaxs va sonda
moslashadi. Ism orqali ifodalangan kesimlar shaxs-sonni bildiruvchi maxsus -man, -san, -dir qo‘shimchalari, shuningdek, bo‘lmoq, sanalmoq, ekan, emish, emas so‘zlari vositasida ega bilan moslashadi. Ot kesimlarni ega bilan moslashtiruvchi bunday vositalar bog‘lamalar hisoblanadi. To‘plam va tasniflar. O‘rganish uchun olingan turli narsa, voqea-hodisalar yig‘indisi to‘plam deyiladi. To‘plamni o‘xshash va farqli belgilar asosida ichki guruhlarga bo‘lish tasnif hisoblanadi. Mustaqil va yordamchi so‘zlar. So‘zlarning so‘rog‘i va qanday umumlashgan ma’no ifodalashiga ko‘ra guruhlarga bo‘linishi so‘z turkumlari hisoblanadi. So‘z turkumlari ma`no va vazifasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi; 1. Mustaqil so‘zlar. 2. Yordamchi so‘zlar. 3. Undov so‘zlar. 4. Taqlid so‘zlar. 5. Modal so‘zlar. Ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘lib, biror gap bo‘lagi yoki undalma vazifasida keladigan, аtаsh vа umumiy grammatik ma’noga (masalan, predmet, belgi, miqdor, harakat-holat kabi) ega bo‘lgan so‘zlar mustaqil so‘zlar sanaladi: gul (nima?), inson (кim?), chiroyli (qаnday?), yuztacha (nechta?), keldi (nima qildi?). Fe‘l, ot, sifat, son, olmosh va ravishlar mustaqil so‘zlardir. So‘roqqa javob bo‘lmaydigan, atash ma’nosini bildirmaydigan so‘zlar yordamchi so‘zlar deyiladi. Morfemalarning agglutinativ tabiati. Affiksal morfemalar o‘zak morfemaga birikish xususiyatiga ko‘ra muayyan tilning o‘ziga xos jihatlarini namoyon qiladi. O‘zak morfemalarning tabiatiga ko‘ra tillar asosan agglutinativ va flektiv tillarga bo‘linadi 30 . Turkiy tillar, jumladan o‘zbek tili affiksal morfemalari tabiatiga ko‘ra agglyutinativ hisoblanadi. Agglutinatsiya «ketma-ketlik», «yopishtirish» ma’nosidagi so‘z bo`lib, qo‘shimchalarning o‘zakka ma’lum tartib va ketma- 30 Agglyutinatsiya-lotincha «yopishtirish» ma’nosini; flektsiya «bukilish» ma’nosini anglatadi. 131 ketlikda qo‘shilishidan dalolat beradi. Bunday hollarda o‘zak va qo‘shimchalar chegarasi sezilib turadi. Agglutinativ tillarda so‘z shakllari o‘zgarmas holda qo‘shiladigan affikslar yordamida yasaladi. Bunday tillarda affikslar asosan bir grammatik ma’noni ifodalaydi. Masalan, -lar faqat ko‘plik qo‘shimchasi sifatida qaraladi. Mazkur qo‘shimchaning boshqa hollarda ifodalagan hurmat, kesatiq, kinoyani bildiruvchi grammatik ma’nolari uslubiy jihatlari hisoblanadi. Ta’kidlanganidek, turkiy tillarda (o‘zbek tilida) o‘zakka dastavval, so‘z yasovchi qo‘shimchalar (morfemalar), keyin lug‘aviy shakl yasovchi va oxirida sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar birikadi: tila-k-lar-imiz-ni. Bu qat’iy qoida morfem tahlilda, ya’ni so‘zlarni ma’noli qismlarga ajratishda ham muhim. Masalan, o‘rtoqlarcha, mardlarcha so‘zlari o‘rtoq-lar-cha, mard-lar-cha ko‘rinishida emas, balki o‘rtoq-larcha, mard-larcha tarzida ma’noli qismlarga ajratiladi. O‘zbek tilidagi affiksal morfemalar o‘zak morfemadan keyin qo‘shilish xususiyatiga ega. Shu jihatdan, old qo‘shimchalar o‘zbek tili tabiatiga xos emas. Tilimizdagi ser-(sersuv), no-( nomard), be-(begunoh), ba-(badavlat)... kabi old qo‘shimchalar fors-tojik tiliga xos bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy omillar ta`sirida o‘zbek tiliga o‘zlashib ketgan. Old qo‘shimchalar rus-baynalmilal so‘zlarida ham uchraydi. Flektiv tillarda o‘zak morfema va affiksal morfema chegaralari sezilmaydi. Rus tili, arab tili flektiv tillarga mansubdir: видет-вижу; ходит-хожу; hukm- mahkama-hokim-hakam-mahkum; fikr-tafakkur-mutafakkir; zulm-zolim-mazlum; hol-ahvol; xulq-axloq; she’r-ash’or. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling