Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Download 3.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/184
Sana30.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1733621
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   184
Bog'liq
Мутахассисликка кириш (тил)

Gapning ifoda maqsadiga kora turlari 
 Har bir gapda ma’lum bir maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi. 
So‘zlovchi biror narsa, voqea-hodisalar to‘g‘risida ma’lumot olishni istaydi
tinglovchiga biror ishni bajarish bo`yicha buyruq-xitobini bildiradi. Gaplar ana shu 
maqsadlarga ko‘ra turlicha quriladi: o‘ziga xos grammatik xususiyatlarga ega 
bo‘lib, alohida ohang bilan talaffuz etiladi. 
Gap quyidagicha tasniflanadi. 
I. Ifoda maqsadiga ko‘ra gaplar: 1) darak gap; 2) soroq gap, 3) buyruq gap, 4) 
istak gapga bo‘linadi. Darak, so‘roq, buyruq va istak gaplar egali va egasiz, yug‘iq 
va yoyiq, sodda va qo‘shma gap shaklida bo‘lishi mumkin.
Darak gap. Darak, xabar ma’nosini bildiruvchi gaplarga darak gaplar deyiladi. 
Darak gaplar oxiriga yozuvda doimo nuqta qo‘yiladi. 
Soroq gap. So‘roq ma`nosini bildirgan gaplar soroq gaplar deyiladi. 
So‘roq gap so‘zlovchi o‘zi bayon qilgan fikriga suhbatdoshining munosabatini 
bilishga qaratilgan bo’ladi. So‘roq gaplar quyidagicha shakllanadi: 
a) -mi, -chi, -a, -ya (so‘roq yuklamalari) ishtirokida: Manzura kelmadimi? 


138 
b) so‘roq olmoshlari (kim?, nima?, qayer?, qancha?) yordamida: Osha vaqtda 
necha yoshda eding?
d) so‘roq ohangi yordami bilan; -Uyga mehmon keldi. -Mehmon keldi? 
 –Tunda yolga chiqamiz. – Tunda?. 
Yozuvda so‘roq gap oxiriga «?» belgisi qo‘yiladi. 
So‘roq yuklamalari orqali ifodalangan so`roq gaplar ha yoki yoq javoblarini 
talab qiladi. 
So‘roq olmoshlari yordamida ifodalangan so‘roq gaplar so‘roqqa javob 
bo‘luvchi so‘zni talab qiladi: -Kochatlarga kim suv qoydi? –Salim. 
Yozuvda -mi yuklamasi kesimga qo‘shib yoziladi. –chi, -a, -ya yuklamalari 
esa o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. 
Ritorik so‘roq gaplar javob talab qilmaydi, javobi shu gapning o‘zida bo‘ladi. 
So‘roq gap kesimi bo‘lishsiz fe’llar bilan ifodalangan bo‘Isa, darak gap tasdiq 
ma’nosini bildiradi: Onani kim sevmaydi? (Onani hamma sevadi); aksincha, 
bo‘lishli fe’llar bilan ifodalangan bo‘Isa, inkor gap ma’nosini bildiradi. Masalan, 
Bu daraxtni kesishga kim jurat qiladi. («Bu daraxtni kesishga hech kim jur’at 
qilolmaydi» ma’nosini bildiradi). Tinch uyda janjal bo’lishini kim istaydi? (Tinch 
uyda janjal bo‘lishini hech kim istamaydi). 
So‘roq gap orqali ifodalangan darak ma’nosi darak gap orqali ifodalangan 
darak ma’nosidan kuchliroq bo‘ladi. 
Shuningdek, so‘roq gap shakli orqali buyruq ma’nosi ham ifodalanishi 
mumkin. Masalan, - Yurmaysizmi? («yuring» ma`nosida). So‘roq gap orqali 
ifodalangan buyruq ma’nosi buyruq gap orqali ifodalangan buyruq ma’nosidan 
kuchliroq bo‘ladi. 
Darak ma`nosini ifodalagan so`roq gaplarga soroq-darak gaplar, buyruq 
ma`nosini bildirgan so‘roq gaplarga esa so`roq-buyruq gaplar deyiladi. 

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling