Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Download 3.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/184
Sana30.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1733621
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   184
Bog'liq
Мутахассисликка кириш (тил)

Soz birikmasi va soz. So‘z birikmalari ham so‘zlar kabi narsa, belgi, 
harakatni atashga xizmat qiladi. Lekin so‘z–leksik hodisa, so‘z birikmasi–sintaktik 
hodisadir. So‘z birikmasi narsa, belgi yoki harakatni yakka holda emas, balki ikki 
va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalaydi. Masalan, 
kitob so‘zi bir narsaning umumlashgan oti bo‘lib, yolg‘iz tushunchani ifodalaydi
ortogimning kitobi birikmasida esa faqat «kitob» ma’nosining o‘zi emas, balki 
«o‘rtog‘imga tegishli kitob» tushunchasi ifodalanadi.


136 
Soz birikmasi va qoshma soz. So‘z birikmasida ham, so‘zda ham qismlar bir 
xildagi so‘z turkumlariga oid bo‘lishi, har ikkalasi ham bir xil grammatik shaklga 
ega bo‘lishi mumkin. Bu ularning shakliy o`xshashligidir. Lekin so‘z 
birikmasidagi qismlar ma’no mustaqilligini saqlagan bo`ladi. Qo‘shma so‘z 
ma’nosi tarkibidagi qismlarning ma`nosi orqali anglashiladi. So‘z birikmasidagi 
qismlar orasida grammatik aloqa sezilib turadi, qo‘shma so‘z qismlari orasidagi 
grammatik aloqa esa yo‘qolgan bo‘ladi. So‘z birikmasini tashkil qilgan 
qismlarning har biriga alohida-alohida so‘roq berish mumkin: kitobni (nimani?) 
o`qimoq, uydan (qayerdan?) chiqmoq kabi. Qo‘shma so‘zlarga esa yaxlit bir savol 
beriladi: kungaboqar (nima?), kamquvvat (qanday?).
So‘z birikmasining qismlari o‘z mustaqil so‘z urg`usini saqlagan bo‘ladi 
(uyning eshigi, xatni oqidim, tez yugurdi), qo‘shma so‘z esa umumiy bir urg‘uga 
ega bo‘ladi (oq kongil, bilakuzuk, Yangiqorgon).
Qo‘shma so‘zlarning ko‘pi tarixan so‘z birikmalari asosida yuzaga kelgan.
Soz birikmasi va turgun boglama. So‘z birikmasida so‘zlar o‘zaro erkin 
bog‘langan bo‘ladi: tushuncha anglatadi, turg‘un bog‘lanma (ibora)lar esa 
ma’noviy butunlik uchun birlashgan-yaxlitlangan bo‘ladi va bir leksik ma’noni 
anglatadi. 
Turg‘un bog‘lanma (ibora)ga bir so‘z sifatida qaraladi, lug‘atlarda so‘zlar 
qatorida beriladi, chunki ular ham so‘zlar kabi ma’no ifodalaydi. Masalan, kozini 
yog bosgan iborasi – «mag‘rurlangan», yog tushsa yalagudek iborasi – «toza», 
tonini teskari kiyib olmoq iborasi – «qaysarlik qilmoq» ma’nosini beradi, ammo 
bu ma’nolarni oddiy emas, obrazli tarzda ifodalaydi. 

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling