Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gap haqida umumiy ma’lumot
So`z birikmalari zanjiri. Gap tarkibida bir so‘z birikmasidagi hokim so‘z
boshqa bir so‘zga tobelangan, bir hokim so‘z bir necha tobe so‘z yoki bitta tobe so‘z bir nechta hokim so‘zga aloqador bo‘lgan hollarda so‘z birikmalari zanjiri hosil bo`ladi. So‘z birikmasidagi tobe va hokim so‘zlar orasida bir necha boshqa so‘zlar va so‘z birikmalari kelishi mumkin. So‘z birikmasi va gap. So‘z birikmasi ham, gap ham so‘zlarning grammatik aloqaga kirishuvidan yuzaga keladi. So‘z birikmasi biror narsa, belgi, harakat yoki holatni aniqlashtirgan holda anglatadi. Gap esa ma’lum bir fikrni, tasdiq yoki inkor hukmni ifodalab keladi. Gapning markazi kesimdir. U kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllanadi. Gap haqida umumiy ma’lumot Ohang va fikr tugaligiga ega bo‘lib, kesimlik shakllari orqali ifodalanuvchi so‘z va so‘zlar qo`shilmasiga gap deyiladi. Masalan: Vohid o‘rnidan turdi. (O. Yoqubov). Yurtimiz qanday chiroyli! Yozuvda gap oxiriga nuqta, so‘roq yoki undov belgilaridan biri qo‘yiladi va har bir gap bosh harf bilan boshlanadi. Muomala vositasining eng kichik birligi gap hisoblanadi. Gap nisbiy tugallangan fikrni bildiradi. Gap quyidagi xususiyatlarga ega: 1.Gap muomala vositasining eng kichik, asosiy birligidir. 2.Nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi. 3.Grammatik shakllangan bo’ladi (bosh va ikkinchi darajali bo’laklardan iborat). 137 4.Tugallangan ohang bilan aytiladi. Gap voqea-hodisa haqidagi xabarni, so‘roq yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir. Gap so‘z birikmasidan kesim va ega yoki faqat kesim bo‘laklariga aloqador grammatik asosi borligi bilan farq qiladi, so`z birikmasi tushuncha, gap fikr ifodalaydi. Grammatik asosda gapning fikriy mundarijasi ifodalanadi. Bu fikriy mundarija fe`l kesimning mayl va zamon ma`nolari bilan bog‘liq bo`ladi. Masalan, Bolalar ishlayaptilar. Ozoda rasm chizmoqda gaplari ish-harakatning hozirgi zamonda bo`layotganidan darak bersa, Bolalar ishladi. Ozoda rasm chizdi gaplari esa ish-harakatning o‘tgan zamonda bo‘lganidan darak beradi. Siz dalaga borasizmi? Sen hikoyani o`qidingmi? gaplari o‘tgan zamonda bo‘lgan ish-harakat haqida so‘roqni bildiradi. Siz she’rni o‘qing. Siz shu ishni bajarib qo‘ysangiz gaplari istak-buyruq ma’nolariga ega. Gap tarkibidagi so‘zlar ham ma`no tomondan, ham grammatik tomondan o‘zaro bog‘lanadi. Morfologiya bo`limida o‘rganilgan kelishik, egalik, son, zamon, shaxs-son qo‘shimchalari, shuningdek, ko‘makchi va bog‘lovchilar sintaksisda so‘zlarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi. Ayrim hollarda gapdagi so‘zlar tartib va ohang yordamida ham o‘zaro bog`lanadi: Oq paxtalar ochildi, Teraylik quvnab- quvnab. (Qo‘shiq). Bu gapda oq va paxtalar so‘zlari bir-biri bilan so‘z tartibi orqali bog‘langan. Har bir gap biror maqsadni-mazmunni ifodalaydi. Og‘zaki nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo`ladi. Ohang ayni bir vaqtda gaplarni bir-biridan ajratib ham turadi. Ohang gap uchun eng muhim belgidir. Ayrim so‘z (Kuz. Tong) yoki so‘z birikmalarini tugallik ohangi bilan aytsak, gap yuzaga keladi va biror fikr-maqsad anglashiladi: Ko‘m-ko‘k dala. G‘arbiy chegaralardan biri. Ayni bir sodda gapning ohangini o‘zgartirish orqali ba’zan uch xil mazmun ifodalash mumkin: Buvijonim keldilar. –Buvijonim keldilar! –Buvijonim keldilar? Yozma nutqda ana shu ohangga qarab har bir gap oxiriga yo nuqta (.) yo so‘roq (?) yoki (!) belgisi qo‘yiladi. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling