Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Download 3.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/184
Sana30.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1733621
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   184
Bog'liq
Мутахассисликка кириш (тил)

III. Gap modallikka kora yoki voqelikka munosabatiga kora tasdiq va 
inkor mazmunida bo‘ladi. Tasdiq va inkor tilda turli vositalar yordami bilan 
ifodalanadi (leksik, morfologik, sintaktik, intonasion vositalar). Gapning barcha 
turi tasdiq yoki inkor xarakteriga ega bo‘ladi; Bodom gulladiYomg‘ir yog‘madi. 
-Qo‘shiq aytasizmi? -Qo‘shiq aytmaysizmi? 
IV.Gap tuzilishiga kora ikkiga bo‘linadi: sodda gaplar va qo‘shma gaplar. 
Grammatik asosi bitta bo‘lib, ma’lum bir fikrni (ba’zan unga qo‘shimcha 
ravishda his-hayajonni) ifodalovchi gaplar sodda gap deyiladi: Shahnoza oqidi. 
Shahnoza kitobni oqidi. Shahnoza shu kitobni oqidi. Shahnoza shu kitobni 
hayajon bilan oqidi kabi. Ikki va undan ortiq grammatik asosdan tashkil topib, 
murakkabroq fikr anglatuvchi gap qo‘shma gap deyiladi: Shu payt eshik ochildi va 
hovliga harbiycha kiyingan bir yigit kirib keldi. (I.R.) Bilimli ozar, bilimsiz tozar. 
(Maqol) Odam borki, odamlarning naqshidir. (Navoiy). 
Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimlik belgisining miqdori gaplarni 
sodda va qo‘shma gaplarga ajratishga asos bo‘ladi. 
 
Savol va toshiriqlar 
1.Sintaksisning o‘rganish obyekti haqida ma’lumot bering. 
2.Sintaktik bog‘lanish ko‘rinishlari haqida ma’lumot bering. 
3.Tobe bog‘lanish turlarini misollar asosida tushuntiring. 
4. So‘z birikmasi va qo‘shma so‘z munosabatini yoriting. 
5.So‘z birikmasi asosida shakllangan qo‘shma so‘zlarni tahlil qiling. 
Testlar 
1.Ravish ishtirok etgan qatorni belgilang. 
A) Olimjon jo‘rttaga qattiq ovoz bilan gapirdi. 
B) Zalga shoshib Zunnunov kirib keldi. 


140 
S) Moviy osmonda kul rang bulutlar sayr qilmoqda. 
D) Ernazar aka uning ko‘zlariga tikilib qaradi. 
2.Gapda ravishga xos sintaktik vazifani aniqlang. 
A) aniqlovchi B) kesim S) hol D) ega 
3.Tarz (holat) ravishi qaysi gap tarkibida qo‘llangan? 
A) G‘ulomjon otasi yonida turib atrofga qaradi. 
B) Kechagi topshiriq o‘z vaqtida bajarildi. 
S) Oyqiz uning qo‘qqisdan g‘oyib bo‘lgani to‘g‘risida o‘ylab, vahimaga tushdi. 
D) Sayohatchilar yuqoriga ko‘tarilib, qarag‘ayzor va archazorga etdilar. 
4.Yordamchi so‘zlar ishtirok etgan gapni aniqlang. 
A) Inson go`zallik uchun intiladi, yorqin ufqlar sari oshiqadi. 
B) Zokir ota, shubhasiz, tajribali paxtakor, qo‘li gul odam. 
S) Eh, bugun toqqa ketamiz 
D) Xotin yaktakni olib yoniga qo‘ydi, aftidan, hozir tikmoqchi edi. 
5.Vosita ma’nosini ifodalaydigan ko‘makchi qaysi qatorda qo‘llangan?
A) Muhayyo bu sodda, beg‘ubor bolaga havas bilan qaradi. 
B) Haligacha majlis uchun xonamiz yo‘q. 
S) Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi. 
D) Avtobus shahar markaziga kirib borgan sari yo‘lovchi ko‘payar edi. 
6.Kelishik qo‘shimchasi o‘rnida ko‘makchi qo‘llanishi mumkin bo‘lgan qatorni 
toping. 
A) Saida kulib yubormaslik uchun labini tishladi. 
B) Radiodan sening quvnoq ovozingni hamma eshitdi. 
S) Mehnat, kitob, do‘stlik haqida suhbat qizg‘in davom etdi. 
D) Do‘stining holatini diqqat bilan kuzatib turgan Xotam sekin kuldi. 
7.Dam yomgir yogadi, dam havo ochiladi. Ushbu gap tarkibida 
bog‘lovchining qaysi turi qo‘llangan? 
A) biriktiruv bog‘lovchisi B) zidlov bog`lovchisi S) ayiruv bog‘lovchisi D) 
ergashtiruvchi bog`lovchi 
8.Ergashtiruvchi bog‘lovchi qo‘llangan qatorni toping. 
A) Olim Sharq xalqlarining madaniyati to‘g‘risida hurmat va iftixor bilan 
gapirdi. 
B) Hozir yo shamol bo‘ladi, yo yomg‘ir yog‘adi. 
S) Qishloq obod bo‘ldi, shuning uchun ko‘nglim shod. 
D) Quyosh dam yalt etib bir ko‘rinib qoladi, dam bulutlar ichiga bekinib oladi 
9.Toglarda hatto yoz oylarida ham yomgir yogadi. Ushbu gapda 
yuklamaning qaysi turi qo‘llangan? 
A) so‘roq yuklamasi B) ta’kid yuklamasi 
S) ayiruv yuklamasi D) kuchaytiruv-ta’kid yuklamasi 
10. Qanday hollarda jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -qa shaklini oladi? 
A) jo‘nalish kelishigi q bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilsa 
B) g‘ bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda 
S)-k,-q bilan tugagan sozlarga qo‘shilganda 
D) A va B 


141 

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling