Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


qipchoq tarmog‘i, o‘g‘uz tarmog‘i, qarluq tarmog‘i


Download 3.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/184
Sana30.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1733621
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   184
Bog'liq
Мутахассисликка кириш (тил)

qipchoq tarmog‘i, o‘g‘uz tarmog‘i, qarluq tarmog‘i singari til tarmoqlarini o‘z 
ichiga oladi. Turkiy tillarning eng qadimgi davrlaridan hech qanday yozma 
yodgorliklar saqlanib qolmagan, lekin qadimgi turk tili davriga oid bir qator yozma 
manbalarga egamiz. Ular turkiy run yoki urxun-enasoy, uyg‘ur va qisman moniy, 
sug‘d yozuvlarida bitilgan manbalardir. Bu davrga doir obidalar tili hozirgi barcha 
turkiy tillar uchun umumiydir.
Mahmud Koshg‘ariy tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning 
bir necha guruhlarini tasniflab, ular o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni 
aniqlagan holda “qiyosiy-tarixiy tilshunoslik” deb nomlanuvchi yo‘nalishga asos 
soldi. 
Qoraxoniylar davri adabiy tili hozirgi Markaziy Osiyodagi barcha turkiy 
tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo‘lgan til sanaladi va shuning 
uchun bu davr tili ko‘pchilik turkiyshunoslar tomonidan eski turkiy til deb 
yuritaladi. 
«Devonu lug‘otit-turk»dagi ma’lumotlarga qaraganda, o‘sha davrda 
bajanak, qipchoq, oguz, boshqird, basmil, yabaqu, tatar, qirgiz, chigil, tuxsi, 
yagmo, igrak, uygur kabi turkiy qabilalar tili umumturkiy adabiy tilni tashkil 
qilgan. Ulardan «eng yengili oguz, eng togrisi, yaxshisi yagmo, tuxsi, eng 
ochiq, ravon til xoqoniy olkasida yashovchilarning tili» ekanligi ta’kidlangan.
 
Savol va topshiriqlar 
1.Tillarni tasniflash mezonlari haqida bilganlaringizni ayting. 
2.Tillarning morfologik tasnifini yoriting. 
3. Nostratik nazariyaning mohiyatini tushuntiring. 
4. Tillarning geneologik tasnifi haqida ma’lumot bering.
5.Til oilalari haqida ma’lumot bering. 
6. Qardosh tillarning xususiyatlarini ayting. 
7. Qardosh tillarning farqli jihatlarini misollar orqali tushuntiring.
8.Turkiy tillar oilasiga xos morfologik xususiyatlar haqida fikrlaringizni bayon 
eting. 
9.Turkiy til oilasiga kiruvchi tillar haqida ma’lumot bering. 
10.Hozirda mavjud til oilalari haqidagi fikrlaringizni misollar bilan tushuntiring. 

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling