Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Download 3.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/184
Sana30.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1733621
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184
Bog'liq
Мутахассисликка кириш (тил)

Asosiy tushunchalar glossariysi 
Agglyutinatsiya – (lotincha «yopishtirish» ma’nosini; fleksiya «bukilish» 
ma’nosini anglatadi) o‘zak va qo‘shimchalarning muayyan ketma-ketlikda
ma’lum tartib asosida joylashuvi. 
Agglyutinativ tillar –o‘zak va qo‘shimchalarning muayyan ketma-ketlikda, 
ma’lum tartib asosida joylashuviga asoslangan tillar. 
Geneologik tasnif – tillarni qarindoshlik munosabatiga, kelib chiqish 
asoslariga ko‘ra guruhlaydigan tasnif. 
Morfologik tasnif – tillarni morfologik xususiyatlariga ko‘ra guruhlashga 
qaratilgan tasnif. 
Nostratik gipoteza yoki nostratik nazariya – (lotin tilida noster “bizniki” 
ma’nosini beradi) til oilalarini yanada kengroq doiradagi genetik asosga 
birlashtirishni nazarda tutadigan qarash. 
Qardosh tillar – tuzilishi, grammatik xususiyatlari, shu tillardagi 
so‘zlarning paydo bo‘lish manbai, so‘z shakllari va ma’nolari bir-biriga ancha 
yaqin tillardir. Bunday tillar bir umumiy o‘zakli tildan kelib chiqqan.
Til oilasi – grammatik tuzilishi va boshqa xususiyatlari jihatidan bir-
birlariga yaqin bo‘lgan tillar guruhi.
Turkiy tillar oilasi – qardosh tillardagi o‘xshashlik, yaqinlik ularning so‘z 
boyligi, grammatik qurilishi va nutq tovushlarida ifodalanadi. O‘zbek, uyg‘ur, 
qozoq, qirg‘iz, tatar, boshqird, ozorbayjon, yoqut, turkman, qoraqalpoq, turk, 
chuvash tillari turkiy tillar oilasiga kiradi.
 Flektiv tillar – o‘zak morfema va affiksal morfema chegaralari 
sezilmaydigan, yangi so‘zlar o‘zak o‘zgarishi asosida yuzaga keladigan tillar. 
 
Asosiy adabiyotlar 
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish.-Toshkent, 2010.-133-147 б. 
2. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 
2006.-B.42, 85-86 
3. Ирисқулов И. Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2009.-Б.178-190 б. 
4. Хolmanova Z. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent, 2007. -Б.44-59 

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling