Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Download 3.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/184
Sana30.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1733621
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   184
Bog'liq
Мутахассисликка кириш (тил)

tog - tau (taw) : o‘zbek tilidagi tovushiga ozarbayjon tilidagi d tovushi muvofiq
keladi: temir-demir, til-dil; Qardosh tillardagi tovushlarning bir-biriga muvofiq 
kelishi fonetik qonunga asoslangandir hamda qardosh tillardagi so‘zlarning 
ma’nolari va grammatik qurilishi bilan bog‘liq.
Demak, qardosh tillar oilasiga kiradigan tillarda ba’zi tovushlar bir-biridan 
ozmi-ko‘pmi farq qilsa ham, grammatik vositalar, so‘zlarning ma’nolari o‘zaro 
yaqin bo‘ladi.
Tilning boyligi irqning oq yoki sariq ekanligiga bog‘liq emas. Shunday qilib, 
geneologik tasnif qardosh tillarning tarixiy taraqqiyot jarayonida bir o‘zak tilidan 
tarqalganligini va ularning o‘zaro munosabatini, so‘z ma’nolari va grammatik 
shakllarini, nutq tovushlarining bir-biriga yaqinligini, o‘xshashligini nazarda tutib, 
tillarni guruhlarga ajratadi.
Sun`iy tillar maxsus yaratilgan xalqaro tillardir. Polyak olimi L. 
Zamengof tomonidan yaratilgan esperanto tili sun`iy til hisoblanadi. Bu 
tilning lug`aviy asosi Yevropa tillaridan olingan, grammatikasi agglyutinativ 
xarakterda, grafikasi lotin yozuvi asosida. Bu tilda mashhur asarlar tarjima 
qilingan. Radio eshittirishlar ham tashkil qilingan. Bu tilning keyingi taqdiri 
muayyan davr bilan bog`liq.
Sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan
umumiy va xususiy qonuniyatlarga tayanadi.
XIX asrning o`rtalarida tabiiy fanlarning rivojlanishi, Charlz Darvin 
ta`limotining vujudga kelishi bilan tilni tirik organizm deb tushunish 
kuchayadi.
Chunonchi, nemis tilshunoslari M. Myuller va A. Shleyxerlar shu 
nazariya tarafdori edilar. To`g`ri, fiziologik jihatdan til umurtqali 
hayvonlarning, shu jumladan, kishilarning og`iz bo`shlig`ida joylashgan 
harakatchan bir qismi. Lekin hayvonlar tili faqat ovqat yeyish, uning ta`mini 
aniqlash kabi ishlar uchun xizmat qiladi. Kishilar tili esa hayvonlarga xos 
xususiyatlardan tashqari, nihoyatda muhim vazifalarni, ya`ni kishilik 
jamiyatining aloqa vositasi
- kommunikativ ijtimoiy vazifani bajaradi.
Shuni uqtirib o`tish kerakki, insonning tabiiy-biologik xususiyatlari 
kishilik jamiyatidan tashqari, jamiyatga bog`liq bo`lmagan holda, masalan, 
yangi tug`ilgan go`dak hayotining takomili (nafas olishi, korishi, ovqat 
yeyishi, asta-sekin yurib ketishi va hokazolar) tabiat qonunlariga muvofiq 


154 
holda taraqqiy etaveradi, o`saveradi. Ammo til bunday tabiiy hodisa emas. 
So`zlashish, fikrlash uchun kishilik jamiyatining bo`lishi shart.
Demak, aytilgan fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkin: birinchidan
til tabiiy biologik hodisa emas; ikkinchidan, tilning mavjud bo`lishi va uning 
taraqqiy qilishi tabiat qonunlariga bog`liq emas; uchinchidan, til kishilarning 
tabiiy belgilariga (oq-qoraligi va boshqa irqiy belgilariga) bog`liq emas; 
to`rtinchidan, faqat jamiyat bo`lib uyushgan insonlargina aloqa vositasi 
bo`lgan tilga ega. Binobarin, til tabiiy-biologik hodisa bo`lmay, kishilik 
jamiyatining eng muhim aloqa vositasi sifatida jamiyatga xizmat qiladigan
subyektga bog`liq bo`lmagan ijtimoiy hodisadir.
Dastlabki davrlarda, jamiyatning qarama-qarshi guruhlarga bo`linishiga 
qaramay, til birgina guruh ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmadi, u 
jamiyat a`zolarining hammasiga bab- baravar xizmat qildi. Ishlab chiqarish 
jarayoni jamiyatdagi turli guruh odamlari bir-biri bilan aloqada bo`ladilar, til 
esa ishlab chiqarishni uyushtirishda jamiyatning hamma sohalari 
rivojlanishida muhim aloqa vositasi bo`lib xizmat qiladi.

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling