Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sun`iy tillar
tog - tau (taw) : o‘zbek tilidagi t tovushiga ozarbayjon tilidagi d tovushi muvofiq
keladi: temir-demir, til-dil; Qardosh tillardagi tovushlarning bir-biriga muvofiq kelishi fonetik qonunga asoslangandir hamda qardosh tillardagi so‘zlarning ma’nolari va grammatik qurilishi bilan bog‘liq. Demak, qardosh tillar oilasiga kiradigan tillarda ba’zi tovushlar bir-biridan ozmi-ko‘pmi farq qilsa ham, grammatik vositalar, so‘zlarning ma’nolari o‘zaro yaqin bo‘ladi. Tilning boyligi irqning oq yoki sariq ekanligiga bog‘liq emas. Shunday qilib, geneologik tasnif qardosh tillarning tarixiy taraqqiyot jarayonida bir o‘zak tilidan tarqalganligini va ularning o‘zaro munosabatini, so‘z ma’nolari va grammatik shakllarini, nutq tovushlarining bir-biriga yaqinligini, o‘xshashligini nazarda tutib, tillarni guruhlarga ajratadi. Sun`iy tillar maxsus yaratilgan xalqaro tillardir. Polyak olimi L. Zamengof tomonidan yaratilgan esperanto tili sun`iy til hisoblanadi. Bu tilning lug`aviy asosi Yevropa tillaridan olingan, grammatikasi agglyutinativ xarakterda, grafikasi lotin yozuvi asosida. Bu tilda mashhur asarlar tarjima qilingan. Radio eshittirishlar ham tashkil qilingan. Bu tilning keyingi taqdiri muayyan davr bilan bog`liq. Sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan, umumiy va xususiy qonuniyatlarga tayanadi. XIX asrning o`rtalarida tabiiy fanlarning rivojlanishi, Charlz Darvin ta`limotining vujudga kelishi bilan tilni tirik organizm deb tushunish kuchayadi. Chunonchi, nemis tilshunoslari M. Myuller va A. Shleyxerlar shu nazariya tarafdori edilar. To`g`ri, fiziologik jihatdan til umurtqali hayvonlarning, shu jumladan, kishilarning og`iz bo`shlig`ida joylashgan harakatchan bir qismi. Lekin hayvonlar tili faqat ovqat yeyish, uning ta`mini aniqlash kabi ishlar uchun xizmat qiladi. Kishilar tili esa hayvonlarga xos xususiyatlardan tashqari, nihoyatda muhim vazifalarni, ya`ni kishilik jamiyatining aloqa vositasi - kommunikativ ijtimoiy vazifani bajaradi. Shuni uqtirib o`tish kerakki, insonning tabiiy-biologik xususiyatlari kishilik jamiyatidan tashqari, jamiyatga bog`liq bo`lmagan holda, masalan, yangi tug`ilgan go`dak hayotining takomili (nafas olishi, korishi, ovqat yeyishi, asta-sekin yurib ketishi va hokazolar) tabiat qonunlariga muvofiq 154 holda taraqqiy etaveradi, o`saveradi. Ammo til bunday tabiiy hodisa emas. So`zlashish, fikrlash uchun kishilik jamiyatining bo`lishi shart. Demak, aytilgan fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkin: birinchidan, til tabiiy biologik hodisa emas; ikkinchidan, tilning mavjud bo`lishi va uning taraqqiy qilishi tabiat qonunlariga bog`liq emas; uchinchidan, til kishilarning tabiiy belgilariga (oq-qoraligi va boshqa irqiy belgilariga) bog`liq emas; to`rtinchidan, faqat jamiyat bo`lib uyushgan insonlargina aloqa vositasi bo`lgan tilga ega. Binobarin, til tabiiy-biologik hodisa bo`lmay, kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi sifatida jamiyatga xizmat qiladigan, subyektga bog`liq bo`lmagan ijtimoiy hodisadir. Dastlabki davrlarda, jamiyatning qarama-qarshi guruhlarga bo`linishiga qaramay, til birgina guruh ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmadi, u jamiyat a`zolarining hammasiga bab- baravar xizmat qildi. Ishlab chiqarish jarayoni jamiyatdagi turli guruh odamlari bir-biri bilan aloqada bo`ladilar, til esa ishlab chiqarishni uyushtirishda jamiyatning hamma sohalari rivojlanishida muhim aloqa vositasi bo`lib xizmat qiladi. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling