Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
zidlanadi, ikkinchidan, vengr tilidagi bir so‘z ingliz tilidagi bir necha tillarga
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
zidlanadi, ikkinchidan, vengr tilidagi bir so‘z ingliz tilidagi bir necha tillarga
o‘xshab ketishining sababi. Ingliz tilidagi so‘zlar o‘zaro morfemalarsiz bog‘lanadi. Vengr tilidagi morfologik kompleksli so‘zlar ingliz tilidagi so‘zlarda ajratiladi. Masalan, (15) elallatiasodottsagaban so’zi. Vengr tili agglyutinativ til bo‘lganligi uchun uzun so‘z bir necha morfemalardan iborat bo‘ladi, ular o‘zaro ajraladi va ularning hammasida sezilarli ma’no bo‘ladi: el+allat+i+as+od+ott+sag+a+ban va ingliz tilida har bir morfema yangi so‘zga o‘xshab ketadi. Biz buni ingliz tilidagi ko‘pgina so‘zlarning morfemalardan tashkil topganidan ham ko‘rishimiz mumkin; egyiink, evett, enni kabi so‘zlardagi e nimani bildiradi? Bu kabi so’zlar flektiv tillarga xosdir. Ya’ni e morfemasi moslashuvchan. Flektiv tillarda so‘zlarning qaysi morfema bilan boshlanishi yoki tugashi aniq emas. 31 Affiksal morfemalar o‘zak morfemaga birikish xususiyatiga ko‘ra muayyan tilning o‘ziga xos jihatlarini namoyon qiladi. O‘zak morfemalarning tabiatiga ko‘ra tillar asosan agglutinativ va flektiv tillarga bo‘linadi 32 . 31 Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.-P.42 32 Agglyutinatsiya-lotincha «yopishtirish» ma’nosini; fleksiya «bukilish» ma’nosini anglatadi. 143 Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili affiksal morfemalari tabiatiga ko‘ra agglyutinativ hisoblanadi. Agglutinatsiya «ketma-ketlik», «yopishtirish» ma’nosidagi so‘z bo‘lib, qo‘shimchalarning o‘zakka ma’lum tartib va ketma- ketlikda qo‘shilishidan dalolat beradi. Bunday hollarda o‘zak va qo‘shimchalar chegarasi sezilib turadi. Agglutinativ tillarda so‘z shakllari o‘zgarmas holda qo‘shiladigan affikslar yordamida yasaladi. Bunday tillarda affikslar asosan bir grammatik ma’noni ifodalaydi. Masalan, -lar faqat ko‘plik qo‘shimchasi sifatida qaraladi. Mazkur qo‘shimchaning boshqa hollarda ifodalagan hurmat, kesatiq, kinoyani bildiruvchi grammatik ma’nolari uslubiy jihatlari hisoblanadi. Ta’kidlanganidek, turkiy tillarda (o‘zbek tilida) o‘zakka dastavval, so‘z yasovchi qo‘shimchalar (morfemalar), keyin lug‘aviy shakl yasovchi va oxirida sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar birikadi: tila-k-lar-imiz-ni. Bu qat’iy qoida morfem tahlilda, ya’ni so‘zlarni ma’noli qismlarga ajratishda ham muhim. Masalan, o‘rtoqlarcha, mardlarcha so‘zlari o‘rtoq-lar-cha, mard-lar-cha ko‘rinishida emas, balki o‘rtoq-larcha, mard-larcha tarzida ma’noli qismlarga ajratiladi. Flektiv tillarda o‘zak morfema va affiksal morfema chegaralari sezilmaydi. Rus tili, arab tili flektiv tillarga mansubdir: видет-вижу; ходит-хожу; hukm- mahkama-hokim-hakam-mahkum; fikr-tafakkur-mutafakkir; zulm-zolim-mazlum; hol-ahvol; xulq-axloq; she’r-ash’or. Geneologik tasnif tillarni kelib chiqishiga ko‘ra muayyan guruhlarga ajratadi. Dunyoda yigirmadan ortiq til oilasi bor. Hozirgi vaqtda tarixi o‘rganilib, qardoshligiga, yaqinligiga ko‘ra ajratilgan til oilalari quyidagilardan iborat. Hozirgi tilshunoslik fanida tillar o‘rtasida genetik aloqadorlikning yangi qirraralari ochilmoqda. Taxminan 200 til oilasidan 22tasi Yevrosiyoga, 20ga yaqini Afrikaga, qolganlari Amerika, Avstraliya, Yangi Gvineyaga to‘g‘ri keladi. XIX asr oxirida, asosan, 4 ta til oilasi ajratilgan: turkiy, mo‘g‘ul, tungus- manchjur, koreys tillari. XX asrda mazkur tillarning qardosh ekanligi ta’kidlandi va umumlashtirilib oltoy tillar oilasi deb nomlandi. Bu kabi an’anaviy til oilalaridan kengroq bo‘lgan, bir-biriga qardoshligi to‘la asoslanmagan til oilalarini “makro ti loilalari” deb nomlash taklif qilingan. V.M.Ilyich-Svitich tadqiqotlarida aks etgan nostratik gipoteza (lotin tilida noster “bizniki” ma’nosini beradi) til oilalarini yanada kengroq doiradagi genetik asosga birlashtirishni nazarda tutadi. Nostratik makrotiloilasiga hind-yevropa, ural, oltoy, kartvel, dravid tillari kiritilgan. Bu tillar o‘rtasidagi o‘xshashlik, asosan, olmoshlarda kuzatiladi: tаtар. мин, mоrd. мон, “men”; zаnsк. munens, rus. мне; mаr. тый, mo‘g‘. сі (> x ti), rus. ты; udm. ми , teleut тети, xaysa ти, rus. мы; komi тайо, mo‘g‘. tere, rus. тот; o‘zb. ким, fin. кеп, somali кита “kim”. O‘zaro o‘xshashlik bir qator leksik asoslarda ham kuzatiladi: turkiy qulaq, gruz. quri “quloq”, fin. kuule, yun. klyo “eshitmoq”; turkiy qaryn “qorin”, arab. qurb, tamil каrирраi, lat. соrpus “tana”; 144 mo‘g‘. mоren “daryo”, tamil marai “yomg‘ir”, rus море ; turkiy tuman, rus. темный; turkiy kelin, lat.glоs, rus золовка, fin. kаly “ukaning xotini”; turkiy qara, teleut kari. Nostratik gipoteza muayyan faktik materiallarga ega bo‘lsa-da, hali ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan emas. Oltoy tillari o‘rtasida ko‘plab o‘xshashliklar kuzatiladi. Masalan: turkiy – qol, xalxa – гол (geografik nom), manchj. доlо, kor. кол “vodiy”; turkiy baj, mo‘g‘. bajan, tung.-manchj. bajan “boy”; turkiy bek, beki, tung.-manchj. beki “berk”; turkiy san “sana”, mo‘g‘. sana- “bilmoq”, tung.-manchj. sа- “bilmoq”; mo‘g‘. moren “daryo”, evenk. му , kor. мул “suv”; mo‘g‘. modun, tung-manchj. то “daraxt”, kor. мой “o‘rmon, tog‘”. O‘zbek tilidagi мен mo‘g‘ul tilidagi minu “menga”, evenk tilidagi минду “menga” so‘zlariga mos keladi. O‘rin-payt kelishigi turkiy tillarda -da, mo‘g‘ul tilida -da, tungus-manchjur tilida -de. 33 Turk, mo‘g‘ul, tungus-manchjur, koreys tillarida aksariyat o‘rinlarda fonetik moslik kuzatiladi. Oltoy oilasidagi tillarning o‘xshashligi, ayniqsa, so‘z yasalishi tizimida yaqqol namoyon bo‘ladi. Til oilalarini o‘rganish tilshunoslarning dastlabki e’tiborida bo‘lgan. Jumladan, oltoy tillari oilasiga kiruvchi tillar xususida tadqiqotlar olib borilgan. Xususan, N.A. Baskakovning “Алтайская семья языков и ее изучение”; V.Kotvichning “Исследование алтайских языков”, N.P. Direnkovaning “Грамматика алтайского языка” kabi izlanishlari shular jumlasidandir. Tillarni bir-biriga muqoyasa qilib, taqqoslab o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ba’zi tillardagi so‘zlarning ma’nolari, shakllari, grammatik xususiyatlari bir- biridan juda katta farq qiladi. Albatta, bunday tillar bir-biriga yaqin, qardosh tillar bo‘la olmaydi. Ammo ba’zi tillarning tuzilishi, grammatik xususiyatlari, shu tillardagi so‘zlarning paydo bo‘lish manbai, so‘z shakllari va ma’nolari bir-biriga ancha yaqin bo‘ladi. Bunday tillar bir umumiy o‘zakli tildan kelib chiqqan bo‘lib, Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling