Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Tafakkur tili kommunikatsiyada eng muhim metod sifatida namoyon


Download 3.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/184
Sana30.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1733621
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   184
Bog'liq
Мутахассисликка кириш (тил)

Tafakkur tili kommunikatsiyada eng muhim metod sifatida namoyon 
bo‘ladi, nafaqat, u metod, balki til tabiatini namoyon qiladi. Biz muloqot 
jarayonida so‘zlash bilan birgalikda imo-ishoralar, yuz ifodalari, qolaversa,
tana harakatlaridan ham foydalanamiz, bular noverbal vositalardir.
Biror boshqa tilni o‘qitishda bular turli kommunikatsiyalar majmuaviy 
texnikasi sifatida namoyon bo‘ladi. Til tabiatini o‘rgatishda, ayniqsa, 
kommunikatsiya 
jarayonida 
mantiqiy 
fikrlashni 
shakllantirish 
inson 
psixologiyasini, uning fikrlash doirasining kengayishiga olib keladi va insonni 
jamiyatga kirishini tezlashtirish vazifasini bajaradi.
5

Tilshunoslikni u yoki bu fanlar sinfiga kiritishda bu fan o‘rganadigan 
obyektining tabiati asos qilib olinadi. 
5
Vrabel T.T. Lectures in theoretical phonetics of the english language and method-guides for seminars
poliprint ungvár, 2009.-P.12


50 
Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi, bilimlarni saqlovchi va kelajak 
avlodga yetkazuvchi vositadir. Ana shu vazifalarini e`tiborga olganda, til-
ijtimoiy hodisadir. Chunki u jamiyat uchun xizmat qiladi. Ikkinchidan, ijtimoiy 
xarakterga ega bo‘lgan til muayyan fizik va fiziologik jarayonlar asosida 
moddiylashadi. Uchinchidan, til va tafakkur o‘zaro ajralmasdir. Til fikrni, 
shakllantiruvchi va ifodalovchi moddiy vositadir. Bu jihatdan til va tafakkur 
muayyan shaklni o‘zida namoyon etadi. Tilshunoslikni ana shu jihatdan mantiq, 
psixologiya fanlari tizimiga kiritish mumkin bo‘ladi. To‘rtinchidan, til uzluksiz 
rivojlanib, takomillashib boruvchi hodisadir. Bu jihatdan u jonli organizmga 
o‘xshaydi. Ana shu xususiyatlarini o‘rganish jihatidan tilshunoslik biologiya fani 
bilan umumiy belgilarga ega ekanligini isbotlaydi. 
Kishilar odatda bir-birlari bilan til orqali munosabatda bo‘ladi. Demak, 
til va tafakkur chambarchas bog‘liq bo‘lib, tilsiz fikrni ifodalab bo‘lmaganidek, 
tafakkursiz til o‘z ifodasini shakllantira olmaydi. 
Fikr tilda voqelashadi, tilda mavjud bo‘ladi. Ongingizda paydo 
bo‘ladigan fikrning mohiyatini, mazmunini tashkil etadigan har qanday idrok 
yoki tasavvur ham faqat so‘zlar vositasi orqali voqe bo‘ladi. 
Til faqat kishilarga xos bo‘lganidek, tafakkur ham kishilarga xos bo‘lib, 
bosh miyaning moddiyligi va fiziologik vazifasi bilan bog‘liqdir. 
Lekin tafakkur bilan tilni aynan bir xil, bir-biriga o‘xshash narsa deb 
tushunish xatodir. Tafakkur – tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks 
etishining eng yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni so‘zlar, so‘z birikmalari va 
jumlalar orqali ifolaydi. Til qonunlari bilan tafakkur qonunlari bir-biriga teng 
kelmaydi. Shuning uchun ham til grammatikaning o‘rganish obyekti hisoblansa, 
tafakkur mantiq ilmining o‘rganish obyektidir.
Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Taffakkur bilan tilning 
munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud, o‘z
navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til ham, 
tafakkur ham mehnat jarayonida, kishilik jamiyatida shakllangan.
Til birliklari - fonema, morfema, so‘z , gap bir butun holda, mantiqiy
tushunchalar (his-sezgi, idrok, hukm) bilan uzviy bog‘liqdir .
Til va tafakkur munosabatida qaysi birining ahamiyatligi, muhimligi, 
birlamchi ekanligi haqida savol tug‘iladi. 

Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling