Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 379.74 Kb.
Sana20.02.2023
Hajmi379.74 Kb.
#1215788
Bog'liq
NABIJANOVA AZIZA......





Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti
Amaliy filologiya fakulteti
O`zga tilli guruhlarda o`zbek tili yo`nalishi 203-A guruh talabasi
Nabijonova Azizaning
Orfografiya va punktuatsiya fanidan
MUSTAQIL ISHI

MAVZU: IMLO MUAMMOLARI YUZASIDAN BILDIRILGAN MULOHAZALAR


Adabiy til, ma’lumki, ikki formada - og‘zaki va yozma shakllarda xalqqa xizmat qiladi. Ularning ikkalasi fikrni ifodalaydi, biroq bu vazifani bajarishda og‘zaki shakl talaffuz va eshitishga, yozma shakl esa yozishga, ko‘rishga va o‘qishga asoslanadi, chunki ulardan birining ifoda jihatini fizik-akustik omillar, ikkinchisining ifoda jihatini esa optik-grafik belgilar tashkil qiladi. Og‘zaki shakl yozma shaklga nisbatan birlamchidir, chunki u yozma shakl paydo bo‘lmasdan oldin ham mavjud edi, yozma shakl esa keyin paydo bo‘lgan. Shu bois u tilning og‘zaki shakliga nisbatan ikkilamchi hodisa sanaladi, shunga qaramay yozma nutqning bir qator afzal jihatlari ham bor: u nutqning uzoq vaqt saqlanishini va uzoq masofalarga yetib borishini ta’minlaydi (ogzaki nutq esa bir paytda so‘zlovchi va tinglovchi ishtirokida sodir bo‘ladi. Yozma nutq insoniyatning o‘tmishdagi ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy boyliklarini, jamiyatdagi progressiv g‘oyalarini avlodlarga yetkazib beradi, demak, ijtimoiy taraqqiyot sur’atini tezlashtirishga ham ijobiy ta’sir o‘tkazadi, shuning uchun taniqli tilshunos olim L.R. Zinder uni inson tafakkurining buyuk kashfiyoti deb baholaydi. Bunday kashfiyotning strukturaviy-funksional jihatlarini maxsus o‘rganish, uning tuzilishiga, til bilan aloqasiga oid muammolardan xabardor bo‘lish talabalarning kasb mahoratini ko‘tarishda, bilimlarini yanada mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Imlo muammolarining tanlov fani sifatida o‘quv rejasidan o‘rin olishida masalaning ana shu jihatlari ham hisobga olingan.
“Mazkur qo‘llanmaning yaratilishida hozirgi o‘zbek adabiy tili taraqqiyotining ilk bosqichidan (XX asrning birinchi choragidan) hozirga qadar amalga oshirilgan alifbo va imlo islohotlari materiallaridan unumli foydalanildi, bunday islohotlar oralig‘ida turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan muammolar bilan, ularni hal etish jarayonida ishtirok etgan shaxslarning nomlari bilan talabalarni tanishtirishga harakat qilindi, zero, bunday shaxslarning nomlarini tiklash, ulardan jamoatchilikni xabardor qilish barchamizning insoniy burchimizdir’’, -deydi muallif.
Qo‘llanmaning bo‘limlari mualliflar o‘rtasida quyidagicha taqsimlangan.
Q. Jamolxonov: «Imlo muammolari» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari», «Hozirgi o‘zbek adabiy tili taraqqiyotining ilk bosqichida alifbo va imlo muammolari», «1930-1940 yillarda alifbo va imlo muammolari», «1940-1995 yillarda alifbo va imlo muammolari»
Q. Sapaev: «So‘z boshi», « Rus va lotin alifbolariga asoslangan o‘zbek yozuvlarining qiyosiy tavsifi », «Grafika», «Har ikki yozuv grafik tizimlarining qiyosiy tavsifi», «Orfografiya»,«Imlo qoidalari», «Har ikki yozuvning imlo qoidalaridagi tafovutlar» ,«Adabiyotlar ro‘yxati».
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTINING ILK BOSQICHIDA (XX asrning birinchi choragida) ALIFBO VA IMLO MUAMMOLARI
O‘zbek yozuvining XX asr tarixi murakkab jarayonlarga boy bo‘ldi: bu asrda yozuv uch marta tub isloh qilindi - bir grafik tizimdan boshqa grafik tizimga ko‘chirildi. Jahon xalqlarining yozuv tarixida bunday hodisa kamdan-kam uchraydi.
1919- yilda Toshkentda Fitrat boshchiligida til-imlo va adabiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi to‘garak-seminar - «Chig‘atoy gurungi» jamiyati tashkil topadi. Bu haqida «Ishtirokiyun» gazetasi shunday yozgan edi: «Toshkentda yosh buxoroliklarning faol a’zolaridan Fitrat afandi ila o‘zbek yoshlari tarafidan «Chig‘atoy gurungi» nom(li) yangi bir jamiyat tuzilgan. Milliy ishlar komissariati tarafindan tasdiq etilib ishga kirishkan. Bu jamiyatning maqsadi: Turkistondagi eski va yangi turkiy asarlarni jam qilib, turkiy tilini ixyo qiluv haqinda materiyol hozirlamoq, lug‘at va adabiyot dunyosin boyitmoqdir»
«Chig‘atoy gurungi» jamiyati faoliyatida alifbo va imlo masalalari alohida o‘rin tutadi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘lgan: 1) eski o‘zbek tilidagi 8-9, yangi o‘zbek tilidagi 6-7 unli fonema faqat 3 ta harf (alif), (vov), (yo) bilan ifodalangan; 2) ayrim harflar polifonemali grafema tarzida qo‘llangan; (vov) harfi «v» undoshini va «u», «o‘» unlilarini (demak, uchta fonemani), (yo) harfi xam uchta fonemani - «i», «e (e)» unlilarini va «y» undoshini ifodalagan ; 3) «t» undoshi uchun ikki harf - (te), (to); «s» undoshi uchun uchta harf - (se), (sin), (sod) ; «z» undoshi uchun esa to‘rtta harf - (zol), (ze), (zod), - (zo) qo‘llangan ; 4) har bir harfning to‘rt xil shakli - so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida yoki yolg‘iz holda qo‘llanadigan allograflari bo‘lgan. Bunday holat maorif-ta’lim ishlarida va yozuv amaliyotida qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan, ravon o‘qish ko‘nikmalarining shakllantirilishiga halaqit bergan. «Chig‘atoy gurungi» jamiyati ayni shu qiyinchiliklarni hisobga olib, alifbo va imlo muammolari bilan shug‘ullinishga majbur bo‘lgan: jamiyatning «Imlo to‘dasi» a’zosi Elbek tomonidan «Bitik yo‘llari» kitobchasi yaratiladi, unda arab yozuvini o‘zbek tili tovushlari tizimiga moslashtirish lozimligi aytiladi. «Chig‘atoy gurungi» imlo to‘dasining bu takliflariga munosabat ham har xil bo‘lgan. Masalan, qo‘qonlik o‘qituvchi Ashurali Zohiriy bu haqida shunday degan edi: «Imlo to‘dasi tomonidan ba’zi narsalar maydonga chiqarilar ekan, biz uni bir to‘daniki deb taniymiz... Shuning uchun undoq «to‘dalar» tarafidan chiqarilg‘on narsalar xususiy bir fikrgina bo‘lib, butun o‘lka uchun «Umumiy qoida» bo‘la olmaydi.
1919- yilning 26- dekabrida Rossiyada savodsizlikni tugatish to‘grisida Dekret e’lon qilindi. Turkiston o‘sha yillarda Rossiyaning Muxtor Respublikasi bo‘lganligini hisobga olsak, bu Dekretning O‘zbekistonga ham daxldor ekanligi ma’lum bo‘ladi. Demak, 1919 -yilda va undan keyingi davrlarda til va imlo masalalarining faollashuvida bu hujjatning ham o‘ziga yarasha o‘rni bo‘lgan.
1920- yilning 19- sentyabrida Elbekning «Imlo masalasi» nomli ikkinchi maqolasi (aniqrog`i, birinchi maqolaning davomi) chop etiladi. Unda, asosan, cho‘zg‘ilarga (unli tovushlarga) grafik belgi tayinlash masalasi xususida fikr yuritiladi, «bu masala yangichilar bilan eskichilar orasida tortishilgan xamza , alif masalalaridan ham kerak bo‘lganligi uchun bu nuqtada har bir kimsaning uzoq o‘ylab, ishga kirishuvi kerak...» ekanligi ta’kidlanadi, nihoyat «Chig‘atoy gurungi» tomonidan tuzilgan qoida juda o‘rinli deb topiladi, faqat arabcha, forscha so‘zlar imlosining bu qoidadan chetda qoldirilganligiga e’tiroz bildiriladi: «Biroq, shunisida borkim, bu yerda tuzilgan imlo qoidasi yolg‘iz turkcha so‘zlar uchun bo‘lib, arabcha, forscha so‘zlar mundan tashqari aytilmishdir. Yaxshisi, bu qoidanida yalpi (umumiy) qilmoq kerak edi, chunki bolalar shul qoidani o‘rgangach albatta shul yo‘lda yoza boshlarlar...», - deydi maqola muallifi.
1921- yilning 27- yanvarida «Qizil bayroq» gazetasida «Til va imlo qurultoyi» nomli maqola chop etiladi. Unda qurultoyning alifbo va imloga oid quyidagi qarori e’lon qilinadi:
1. O‘zbekistonda ishlatiladurgan harflarning soni- 23 ta
2. Cho‘zgilarning soni- 6 ta
3. Tilimizga kirib qolgan yot so‘zlar o‘zbek harf va cho‘zgilari bilan yozilur.
4. Cho‘zgi va harflarimiz ayri-ayri shaklda bo‘lur. Harf va cho‘zgilarimizning shakli ikkidan birga (bosh harfga) tushurilur,-deb ta`kidlangan.
1927- yilning 1- iyunida Bokuda sobiq SSSRning Yangi Turk Alifbosi Markaziy Qo‘mitasi (VSK NTA) o‘zining birinchi plenumini o‘tkazadi (bu qo‘mita 1926 -yilning yozida Moskvada - SSSR Markaziy Ijroiya Komitetining navbatdagi sessiyasi paytida tashkil etilgan, uni raisi qilib Samad Og‘amali o‘g‘li saylangan edi. Plenumda lotin grafikasi asosida tuzilgan birlashgan turk alifbosi qabul qilinadi. Bu loyiha quyidagi 33 harf va tutuq belgisini o‘z ichiga oladi.
Shu yilning o`zida O`zbek yangi alifbe markaziy qo`mitasi yuqoridagi “Birlashgan turk alifbosi “ asosida yangi o`zbek alifbosining quyidagi loyihasini yaratdi:

1929- yilning 15-23 mayida Samarqandda Respublika til-imlo konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda asosan 3 ta masala - adabiy til, istiloh (termin) va imlo masalalari ko‘riladi. Konferensiya singarmonizmli qishloq shevalarining xususiyatini, shuningdek o‘zbek tilining boshqa turkiy tillar bilan uyg‘unligini ta’minlash zaruratini hisobga olib, adabiy tilning 9 unliga asoslanishini, shunga muvofiq alifboda ham unli tovushlar uchun 9 ta harf bo‘lishini ma’qul deb topadi, hamda shu me’yorlarga tayanib tuzilgan imlo qoidalari loyihasini tasdiqdaydi.


Mazkur konferensiya natijalaridan yana biri shu bo‘ldiki, unda alifboga bosh harflar qo‘shildi, harflarning alifbodagi tartibi belgilandi. Alifboga bosh harflarni qo‘shish masalasi ancha tortishuvlarga sabab bo‘ldi: bir guruh mutaxassislar (Qayum Ramazon, Orif Ayyub, Sattorov va boshqalar) bir tovush uchun ikki shaklning qabul qilinishi ta’lim-tarbiyaga salbiy ta’sir qiladi, matbaadagi kassalar miqdorining oshishi esa bosmaxona ishlarini qiyinlashtiradi, degan sabablarga ko‘ra alifboga bosh harflarning kiritilishiga qarshilik qildilar. Ikkinchi guruh mutaxassislar (Fitrat, Abdulxay Ayubiy va boshqalar) bosh harflarning qabul qilinishi ta’lim-tarbiyaga hech zarar keltirmasligini, aksincha, savod chiqarishga ijobiy ta’sir etishi mumkinligini, buni Ovrupodagi yozuv tizimlari amalda isbotlab turganligini aytishadi. Shu ikkinchi g`oya konferensiyada ustun kelib, alifboga bosh harflar kiritiladi, natijada alifbo quyidagi tartib va tarkibda tasdiqdanadi:

Rus grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosining shakllanishi va joriy qilinishi


1939- yil, aytish mumkinki, rus grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosini shakllantirish yili bo‘lgan: shu yilning boshida bu alifboni (shuningdek, orfografiya qoidalarini ham). tuzish ishi A.S. Pushkin nomli Til, adabiyot va tarix institutining lingvistika sektori planiga kiritiladi, uni bajarish esa F. Kamolov, O. Nosirova va Ma’rufovlarga topshiriladi
1939- yilning 13- oktyabrida Toshkentda (Hukumat uyining majlislar zalida) poytaxt ziyolilarining shahar partiya komiteti tomonidan uyushtirilgan yig‘ilishi bo‘ladi. Unda rus grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosiga ko‘chish masalasi ko‘riladi. Majlisda Usmon Yusupov, Yo‘ldosh Oxunboboev, A. Abduraxmonov, Po‘latov, Storojev, Fedotov, Isamuhamedov, prof. Brodskiy, Qori Niyozov, prof. A.K. Borovkov va yana bir qator ziyolilar (fan va san’at xodimlari, matbuot vakillari, yozuvchi va shoirlar, maorifchilar) qatnashadi.
Kun tartibidagi masala bo‘yicha O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti Raisining o‘rinbosari o‘rtoq Qori Niyozov doklad qiladi
Dokladda arab va lotin grafikalariga asoslangan yozuvlarimizning o‘ziga xos tomonlari haqida gapirilib, shunday deyiladi: «Lotinlashtirilgan alifbe arab alifbesidan ko‘ra anchagina oson bo‘lib, savod chiqarishni tezlashtirgani sababli bu alifbe o‘zining ijobiy samaralarini berdi. Lekin shuni ham ko‘rsatib o‘tish kerakki, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida lotinlashtirilgan alifbening ijobiy roli endi tugadi... Hozirgi tarixiy etapda o‘zbek yozuvining bundan keyingi rivojlanishi sohasida yuqori bosqich - hech shubhasiz, rus grafikasi, ya’ni rus tilining alifbesi asosida tuzilgan yangi alifbedan iborat ekanini ko‘rsatib o‘tish kerak»
Dokladchining fikricha, bunday xulosaga quyidagilar asos bo‘ladi:
1)barcha xalqlarning o‘zaro zich aloqa o‘rnatish xohishi;
2) hozirgi vaqtda barcha xalqlarning rus tili va rus alifbosiga juda qiziqib qarayotganligi, shu munosabat bilan barcha milliy Respublikalarda lotinlashtirilgan alifbodan rus alifbosiga ko‘chish harakatining avj olganligi;
3) rus grafikasi asosidagi yangi alifboga ko‘chish problemasining katta siyosiy ahamiyatga egaligi, rus tilining dunyodagi eng katta davlatlar tomonidan rasmiy til sifatida tan olinganligi, uning ko‘pgina kapitalistik mamlakalarda o‘qitilayotganligi;
4) o‘zbek va rus alifbolarining birlashtirilishi natijasida o‘zbek bolalarining rus tilini, rus bolalarining esa o‘zbek tilini o‘rganishi ancha osonlashishi;
5) rus tili orqali o‘zlashgan va o‘zlashtirilayotgan internatsional so‘zlarning talaffuz xususiyatlarini o‘zbek yozuvida to‘g‘ri ifodalash imkoniga ega bo‘lish;
6) poligrafiya sanoatida bir qator qulayliklarning yaratilishi: bir xil linotiplardan, bir xil harf kassalaridan foydalanilishi;
Shulardan so‘ng dokladchi o‘zbek va rus alfavitlarini birlashtirishning amaliy tomonlari va alifbo tuzish prinsiplari haqida gapirib, quyidagi ma’umotlarni beradi: 1) alifboning dastlabki loyihasi A.S. Pushkin nomli Til va adabiyot instituti tomonidan ishlangan, so‘ng bu loyiha lingvistlar, grafiklar va poligrafiya sanoati mutaxassislari ishtirokidagi kengashda muhokama qilinib, unga ba’zi o‘zgarishlar kirtilgan; 2 ) yangi alifboni (loyihani) tuzishda quyidagi prinsiplarga asoslanilgan: a) alifbolarda mumkin qadar birlashtirish manfaatlarini ko‘zda tutib, rus alifbosini maksimal darajada saqlash; b) rus alifbosiga o‘zbek tilining o‘ziga xos tovushlarini ifoda etish uchun kerak bo‘lgan qo‘shimcha harflarni kiritish. Bunda harflarni tanlash yoki shakllantirishning besh xil yo‘li o‘ylab ko‘rilgan. Xususan: - o‘zbekcha tovushlarni ifodalashda shu vaqtgacha qo‘llanib kelgan lotincha harflarni rus alifbosiga shu holicha kiritish; - rus alifbosidagi harflar ishtirokida qo‘shma harflar tuzish; - butunlay yangi shakldagi harflarni yasash; - yuqoridagi variantlar kombinatsiyasidan foydalanish; - ruscha harflarga diakritik belgilar qo‘yib, yangi harflar shakllantirish.
Muhokama jarayonida ruscha s, sh, ya, yu harflari o‘rnida ts, shch, ya, yu shaklidagi qo‘shma harflardan foydalanish kerak degan takliflar ham bo‘lgan. Bunday takliflarni qabul qilish alifbolarni birlashtirish prinsipiga xilof bo‘lib, ayni bir xil so‘zlarning rus tilida bir xil, o‘zbek tilida esa boshqa xilda yozilishiga olib kelardi. Shuning uchun bu takliflar inobatga olinmagan.
Nihoyat, 1939- yilning noyabrida Respublika matbuotida «Rus grafikasi asosida tuzilgan yangi o‘zbek alifbesi»ning quyidagi loyihasi muhokama uchun e’lon qilinadi.
Quyida ushbu proyekt bo‘yicha berilgan tushuntirish va izohlarning ba’zilarini (muhimlarini) keltiramiz:
«Yangi o‘zbek alifbesining proyekti rus va o‘zbek tili va shu qatorda qardosh millat adabiy tillaridagi nutq tovushlarining yozuv ham talaffuzda birlashadigan elementlarini e’tiborga olib tuzildi. Shuning uchun proyektda harflarning yozilishi hamda aytilishini maksimal unifikatsiyalashtirish (birlashtirish) ideyasi oldinga surildi. Shuning bilan barobar proyektni tuzishda o‘zbek adabiy tilining faktlari va uning xususiyatlari hisobga olindi. Yangi o‘zbek alifbesining proyekti alohida shevalarga tayanib tuzilmadi. Balki ko‘pchilik o‘zbek shevalari uchun umumiy bo‘lgan o‘zbek adabiy tilidagi so‘zlar, shu hisobda sovet-internatsional so‘zlarning fonetik, morfologik va grafik xususiyatlari asosga olindi». 2. «Rus alifbesidagi harflar rus tilida qanday bo‘lsa, asosan, shunday aytilishicha ham yozilishicha va o‘sha tartibda olindi. Proyektga rus grafikasidagi harflarga qo‘shimcha sifatida o‘zbek adabiy tilining spetsifik tovushlarini ifoda etuvchi yangi harflar kiritildi.
3. «Rus grafikasi asosida tuzilgan yangi o‘zbek alifbesining soni hammasi bo‘lib 38 ta (yo - o‘zbekcha ]o tovushini ayrim harf hisoblaganda 39 ta). Undan (yo ayrim harf hisoblanmaganda) 32 tasi rus alifbesidagi harflardir. Ular rus grafikasining asosini saqlash, yozuvda unifikatsiyaga rioya qilish, ayniqsa, sovet-internatsional so‘zlarni to‘g‘ri aytish va yozishni ta’min etish maqsadida shaklan hech o‘zgarishsiz o‘z tartibi va o‘z nomi bilan olindi... O`zbek tilining spetsifik tovushlarini ifoda etuvchi harflar 6 tadir. Bu 6 harf rus alifbesidagi harflardan so‘ng berildi».
4. «Yangi alifbedagi barcha harflar bir xil vazifa va bir formada ishlatilavermaydi. Ularning bir nechasi bir vazifa va bir formada qo‘llanilsa ham, ba’zilari boshqa-boshqa vazifani ado etadi. Boshqacharoq aytganda, ko‘p harflar o‘zbekcha va sovet-internatsional so‘zlarda xamda o‘zlashib ketgan arabcha-forscha so‘zlarda bir xil ishlatiladi, ba’zi harflar faqat sovet-internatsional so‘zlarning va ba’zilari esa o‘zbekcha so‘zlarning spetsifik tovushlarini ifoda etish uchun qo‘llaniladi»
Shunday qilib, muhokama jarayonida proyektdagi 38 (39) harfdan 18 tasi ustida turli xil fikr va mulohazalar bo‘lganligi ma’lum bo‘ladi, bunday fikr va mulohazalar, taklif va tavsiyalar alifbo masalasiga har xil nuqtai nazardan yondashish borligini ko‘rsatadi, ammo loyihani qayta ishlash va mukammallashtirish jarayonida ularning barchasini hisobga olib bo‘lmasligi ham tabiiy bir hol edi.
Download 379.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling