Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
Download 17.03 Kb.
|
Qarshiyev Alibek 305-guruh 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosati
- O’zbekistonning BMTga a’zoligi
- Shanxay hamkorlik tashkiloti
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyoti taʼlimi fakulteti 305-guruh talabasi Qarshiyev Alibekning Oʻzbekistoning eng yangi tarixi fanidan yozgan Mustaqil ishi Mavzu:O’zbekistonni xalqaro reytingdagi ko’rsatkichlarini ko’tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati (tashqi siyosat,BMT,,YUNESKO) 1.O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosati Tashqi siyosat bu davlatning xalqaro munosabatlaridagi umumiy yo’nalishini qamrab oladi. Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar xalqlar va xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlar soxasidagi faoliyatining maqsadlari va vositalari majmunini qamrab oladi. O’zbekiston respublikasi tashqi siyosatini asosiy tamoyillari Konstitutsiyasining 17- moddasida qonuniy jixatdan mustaxkamlab qo’yilgan. “O’zbekiston respublikasi tashqi siyosati va xalqaro faoliyati O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi “Ozbekiston respublikasi shartnomalar to’g’risidagi qonun” O’zbekiston respublikasi “mudofa to’g’risidagi” O’zbekiston respublikasi xarbiy doktirininatasi to’g’risidagi” qonunlari va boshqa qonunchilik xujjatlaridagi tamoyillar va meyorlarga Birlashgan millatlar tashkiloti va yevropa xavfsizlik va xamkorlik tashkilotining tamoyil va maqsadlariga shuningdek, O’zbekiston respublikasi oliy majlisi ratifikatsiya qilgan O’zbekiston respublikasi xalqaro shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan majburiyatlariga asoslanadi” deyilgan, 1996-yildagi O’zbekiston respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari to’g’risidagi qonun 1-modda 1. O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy maqsad va vazifalari O’zbekiston prezidenti Islom Karimovning dasturiy chiqish va maruzalarida aniq va ravshan ifodalangan,mamlakatning Konstitutsiyasi, tegishli qonun va normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi imzolagan xalqaro konvensiyalar va shartnomalar asosida aniqlangan. Tashqi siyosiy kursning asosiy maqsadi davlat mustaqilligi suverenitetini mustaxkamlash, milliy manfatlarni ximoya qilish, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustaxkamlash O’zbekistonning barqror rivojlanishi uchun qulay tashqi siyosiy sharoitlarni yaratish uning xalqaro nufuzini oshirishdan iboratdir. Prezident Islom Karimov o’zining O’zbekiston respublikasi oliy majlisi qonunchilik palatasi va senatining 2010-yil 27-yanvarning qo’shma majlisida so’zlagan nutqida tashqi siyosatning asosiy vazifalariga to’xtalib quyidagilarni takidlab o’tgan: “mintaqamizda va butun dunyoda yuzaga kelayotgan murakkab geosiyosiy sharoitda bizning zimmamizda mamlakatimiz xavfsizligi va mintaqamiz barqarorligini taminlash shu muqaddas zaminimizda hukm surayotgan tinch osoyishta hayotni saqlash kabi bir biridan masuliyatli va keng ko’lamli bir qator vazifalar borki yurtimizning joondan aziz farzandlarimizning bugungi va ertangi kuni ana shu masalalarni qanchalik muvafaqiyat bilan hal etishimizga bog’liqdir O’zbekistonning BMTga a’zoligi Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin koʻp oʻtmay — 1992-yil 2-martda BMTga aʼzo boʻldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi. 1993-yil 24-avgustda BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi. BMTda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham aʼzo boʻldi. Oʻzbekiston oʻz ovozi va mavqeiga ega boʻlgan aʼzo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qoʻyyapti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993-yil sentabr), BMT tashkil etilganining 50 yilligiga bagʻishlangan sessiyada (1995-yil oktabr), BMT Bosh Assambleyasining „Mingyillik sammiti“ (2000-yil sentabr) da soʻzlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uygʻotdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning 20-asr soʻnggidagi eng yirik anjumanida Oʻzbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bogʻliq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat — Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (15-iyun 2001-yil). SHHTning vujudga kelish tarixi „Shanxay beshligi“ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bogʻliqdir. Dastlab Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari („Shanxay beshligi“) uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Unda chegaradosh mamlakatlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash (1996) va qoʻshma chegarada qurolli kuchlar va qurolyarogʻlarni qisqartirish (1997) toʻgʻrisida 2 ta bitim imzolangan edi. 1998-yildan „beshlik“ mamlakatlarining oʻzaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi — Xitoy chegarasi boʻylab harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va koʻp tomonlama iqtisodiy hamkorlikni taʼminlash choralariga oʻtishga qaratildi. SHHTning Dushanbe (2000) sammitida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda „beshlik“ negizida koʻp tarmoqli tashkilot tuzish toʻgʻrisida taklif ilgari surildi. SHHT taʼsischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. Download 17.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling