O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O’ZBEK TILI VA
ADABIYOTI UNIVERSITETI
Ona tili va adabiyoti ta’limi fakulteti 303-guruh kechki talabasi
Bozorov Farruxning
Farobiyning she’r, uning hosil bo’lish qonuniyatlari va insoniyat tomonidan
idrok etilishi mavzuidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Ahmedov Hoshimjon
TOSHKENT - 2023
MUNDARIJA
KIRISH
Abu Nasr Farobiyning hayot yo’li
Farobiy asarlari va ulardagi mazmun-mohiyat
Farobiyning she’r va uning qonuniyatlari haqidagi nazariy qarashlari
Farobiyning adabiy-estetik qarashlari
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov aytganlaridek, “Dunyo tan olgan ko’p ulug’ faylasuflarning asarlari hanuzgacha o’zbek tilida nashr etilmaganligi tufayli aksariyat ziyolilar, xususan yoshlarimiz ularning g’oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Suqrot, Platon, Nitsshe va Freyd kabi olimlarning, hozirgi zamon faylasuflarining kitoblarini tushunarli qilib, izoh va sharhlar bilan o’zbek tilida chop etishimiz kerak”1. Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o‘zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Buning uchun, avvalo, asriy an’analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy–ma’naviy muhit mavjud bo‘lmog‘i kerak. “Biz ko’p masalalarda g’arb va sharq faylasuflarining fikrlari bilan, ayniqsa, individualism, egoism qarashlarini ilohiylashtirish bilan kelishmasligimiz mumkin.Lekin ularni hisobga olishimiz, keraklisini e’tirof, keraksizini inkor etishimiz zarur 2.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas qismini tashkil etadi. Demak, Prezidentimiz yuqorida ta’kidlab o’tganlaridek, g’arb va sharq faylasuflarining qarashlarini ham yoshlar ongiga ularni sharq faylasuflari fikrlari bilan uyg’unlashtirgan holda singdirib borish darkor. Shuning uchun hozirda, yangi davr sharq faylasuflarining, xususan Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikrlarini, asarlarini ilmiy-qarashlarini o‘rganish, shu bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |