Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Kalit so‘zlar bilan ishlash
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
Kalit so‘zlar bilan ishlash. Asar matni bilan ishlash top-
shiriqlari sirasiga kalit so‘zlar bilan ishlash vazifasi ham kiradi. O‘qituvchi bunday topshiriqlardan uy ishi sifatida ham, dars jara- yonida ham foydalanishi mumkin. Bu topshiriqning asosiy xususi- yati matndagi kalit so‘zlarni ajratib olib, ularning ma’nosi va asar- ning umumiy mazmunidagi o‘rnini aniqlashdan iborat. Kalit so‘zlar bilan ishlash bo‘yicha uy vazifasi biror qahramon timsolida, biror epizod yoki hodisa misolida ham bo‘lishi mumkin. Asar qahramo- ni shaxsi bilan bog‘liq kalit so‘zlar ustida ishlash uchun o‘quvchi matndan asosiy so‘zlarni ajratib oladi. Ularning mohiyatiga kira- di, ma’nosini aniqlaydi. So‘ngra bu so‘zlarning qahramon shaxsi, fe’l-atvorini ochishdagi o‘rni, ahamiyatini belgilaydi. Ularning qo‘llanilishiga o‘z munosabatini bildiradi, fikrini asoslaydi. Shu as- noda yozuvchi ning uslubiga, qahramonning shaxsiga baho beradi. O‘z ma’naviyati shakllanishida o‘zi ishtirok etadi. 288 289 Kalit so‘zlar bilan ishlanadigan uy vazifalarini berishda asardagi peyzaj juda qo‘l keladi. Mavzu atrof olam bilan aloqada o‘rganiladi. O‘quvchi tabiat hodisalarini kuzatadi, ko‘rganlarini badiiy ifodalashga urinadi va hk. Qo‘llangan so‘z va iboralardan mavzu uchun muhimlari ajratiladi. Bunday mustaqil izlanishlar o‘quvchining dunyoqarashini kengaytiradi, peyzaj tasviridagi badiiylik va aniqlikni kashf ettiradi. Matnni o‘zlashtirish emotsional, ongli tarzda amalga oshadi. Ular o‘quvchini ko‘ra bilishga, ilg‘ay olishga, anglaganlarini so‘z bilan ifodalashga o‘rgatadi. O‘qituvchilar asarlardagi peyzaj tasviriga ko‘pda e’tibor qilmaydilar. Tabiatdagi go‘zallikni ko‘ra bilish, ko‘rganlarini so‘z bilan ifodalash mahorati har bir adibda o‘ziga xos tarzda shakllangan. Buni o‘quvchi farqlashi va anglashi uchun uni tasvir mohiyatiga kirishga undaydigan uy vazifalari berilishi kerak. Asar matni ustida ishlash bilan bog‘liq bunday uy ishlari ham o‘quvchilarning ma’naviy kamolotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling