Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
YOZUVCHI TARJIMAI HOLINING BERILISHIGA
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
YOZUVCHI TARJIMAI HOLINING BERILISHIGA
XOS XUSUSIYATLAR Reja: 1. Tarjimai hollarni o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Adib tarjimai holi mazmuni. 3. Tarjimai hollarni o‘rganishning ma’rifiy ahamiyati. 4. Tarjimai hollarni o‘rganishda ilg‘or metodlar, vositalar, usullar. Yozuvchi va shoirlarning asarlarida har bir tarixiy davr ruhi, xalqning turmush tarzi, shu davrga xos ijtimoiy munosabatlar ma’naviy boyliklar sifatida kitobxonlar qalbiga yetib boradi, u yerda puxta o‘rnashib, muhrlanib qoladi, o‘z tarbiyaviy ta’sirini ko‘rsatib turadi. Ravshanki, biografik ma’lumotlar o‘z mazmuni bilan yoshlarni milliy ma’naviyatni anglash, his etish ruhida tarbi- yalashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ma’rifiy va ma’naviy ozuqa berishga da’vat etilgan ijodkor tarjimai holi qanday mazmunda bo‘lishi kerakligini belgilab olish o‘ta mas’uliyatli muammodir. Buning zarurligini «Adabiyot» darsliklaridagi quruq faktlarni qalashtirish mazmunidagi biografik ma’lumotlarning hissiz qabul qilinib kelinganligidan ham bilish mumkin. Adabiyot o‘qitish metodikasida tarjimai hollarni o‘rganish xu- susida A. Zunnunov, R. Usmonov, Q. Yo‘ldoshev, Ye. D. Pristupa, V. T. Maransman va boshqa metodist-olimlar so‘z yuritganlar, biografik ma’lumotlar mazmuni qanday bo‘lishi kerakligi haqida ba’zan yo‘l-yo‘lakay, ba’zan maxsus to‘xtalib o‘tganlar. Metodik adabiyotlarda biografik ma’lumotlar haqida bayon etilgan tavsiyalarni umumlashtirib, tarjimai hol mazmuni quyidagi unsurlardan iborat bo‘lishi ta’kidlanadi: – adibning bolalik chog‘lari va o‘sib ulg‘ayishi; – san’atkorning ijod yo‘li; – yozuvchi yoki shoirning ijodiy faoliyati va badiiy mahorati; – asarlaridan parchalar; – dasturda tavsiya etilgan asarning yaratilish tarixi; – ijodkorning jamiyatda tutgan mavqei, xizmatlari; – so‘z ustasi haqida uning zamondoshlari fikri va hk. 293 Tarjimai holning eng xilma-xil mazmun va hajmga ega bo‘lgan qismi yozuvchi yoki shoirning yoshligi haqidagi ma’lumotlardir. Bu yerda nimalar aks etishi kerakligi to‘g‘risida metodik adabiyot- larda turlicha tavsiyalar beriladi. Mazkur tavsiyalarni umumlashtir- gan holda aytish mumkinki, biografik ma’lumotda san’atkorning o‘sib ulg‘ayishi, kamol topishi, komil inson bo‘lib yetishuvi, ichki dunyosi, ruhiy olami, bu olamning boyligi haqida hikoya qilinishi maqsadga muvofiq. Maktab «Adabiyot» darsliklarida bu masala yuqoridagi talab darajasida hal etilmay kelinyapti. Ayrim tarji- mai hollarda adibning bolaligi 3 – 4 gap bilan aytib o‘tildi. Bunda uning qaysi maktab da qanday o‘qigani, nimalarga ko‘proq qiziqqa- ni, necha yoshidan she’r yoza boshlagani ma’lum qilinadi. Metodik adabiyotlarda adib hayotidagi muhim voqealar (ko‘pincha bir-ikki voqea) aksariyat hollarda uning shaxsi qanday kamol topayotganini yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatish maqsadini ko‘zda tutadi deb ta’kidlanadi 123 . Bundan bilish mumkinki, adib- larning tarjimai holidagi bu kabi ma’lumotlar ma’lum darajada tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Bular yozuvchi ma’naviyatining shakllanish yo‘li, bosqichlari, tarkibini namoyish etadi. Biografik ma’lumotlar, ayrim metodistlarning ta’kidlashlariga ko‘ra, adibning shaxsi, ichki dunyosi va ruhiy olami, ma’naviy e’tiqodi va izlanishlarini qamrab olishi kerak 124 . Bizningcha, e’tiqod va izlanishlar haqidagi gaplarni san’atkorning yoshlik yil- lari va o‘sib ulg‘ayishi bitiladigan qismda emas, uning ijod yo‘li yoritiladigan joyda berilgani ma’qul. «Adabiyot» darsliklarini kuzatish shuni ko‘rsatdiki, adibning bolaligi, o‘sib ulg‘ayish davri juda qisqa yoritiladi va bundan uning shaxsi, ichki olami, ruhiyati va ideallarini bilib olish qiyin. Adib- ning bolaligida yoki o‘quvchiligi paytida taqdirining belgilanishiga sabab bo‘lgan hodisalar bayoni o‘quvchi shaxsining shakllanishi- ga u yoki bu darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Masalan, Pirimqul Qodirovning tarjimai holidan quyidagi o‘rinni ko‘rsatish joiz: «Maktabda men a’lochilar qatorida yurardim. Bir yilda ikki Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling