Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
sinfni bitirib, uchinchiga ko‘chirilgan edim. Oltinchi sinfda meni
123 Zunnunov A. O‘zbek maktablarida adabiyot o‘qitish metodikasi tarixidan ocherklar. – T.: «O‘qituvchi», 1980.191 b. 124 Маранцман В. Г. Биография писателя в системе эстетического васпита- ния школьников. – Москва: «Просвещение», 1965. – С.75. 294 295 Toshkentga sayohat qilish yo‘llanmasi bilan mukofotlashdi. Le- kin ma’lum joylar «otasi boy bo‘lgan» deb, mukofotni bekor qili- shibdi. Shunda Daminov degan jo‘g‘rofiya o‘qituvchimiz: «Axir, otasi hozir kolxozchi-ku!» – deb kuyunib yurgani, lekin uning so‘zi o‘tmagani, meni sayohatdan mahrum qilishgani hech esimdan chiqmaydi» 125 . Adibning bosib o‘tgan yo‘li, ijodiy faoliyati biografik ma’lumotda o‘ziga xos o‘rin tutib, uning shaxsi, ichki dunyosi, ruhiy olami, qarashlari, ma’naviy e’tiqodi qay tarzda shakllangani- dan tortib badiiy mahoratini egallashigacha bo‘lgan hayot yo‘li o‘z aksini topadi. O‘quvchi so‘z ustasining kimligini, orzu-o‘ylarini, intilishlarini tarjimai holning shu qismidan ko‘proq bilib oladi. De- mak, bu yerda beriladigan ma’lumotlarning yoshlar uchun ma’rifiy ahamiyati katta. Tarjimai holning shu qismi orqali tarixiy davr bi- lan tanishish ham yuz beradi. R. Usmonovning fikricha, tarjimai holda san’atkorning ijodiy takomiliga ta’sir etgan voqea va hodisalar bayoni ham aks etishi kerak. Masalan: «To‘rt yil davomida Istambul dorilfununida tah- sil olgan Fitrat taqdirida Turkiya hayoti muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu yillar Fitratning siyosiy va davlatchilik qarashlarida, dunyoqarashi, san’atkorlik mahorati shakllanishida yo‘naltiruvchi ahamiyat kasb etdi» 126 . Q. Yo‘ldoshev 7-sinf uchun yozilgan «Adabiyot» darslik- majmuasiga yozgan metodik qo‘llanmasida 127 adiblarning tarjimai hollarini yoritishda shu vaqtgacha qaror topgan qoliplarga rioya et- may, bolalarning tafakkuriga, hissiyotiga ta’sir qiladigan, ularni lo- qaydlikdan chiqaradigan ma’lumotlarni berish kerakligini eslatadi. R. Usmonov, Ye. D. Pristupa, V. G. Maransman va boshqa bir qatori metodist-olimlar o‘quvchi tarjimai hol orqali so‘z ustasining bosib o‘tgan hayot yo‘lini o‘rganish barobarida uning badiiy ma- horati, bu mahoratning o‘ziga xosligi, badiiy kashfiyotlarini bilib olishi kerak degan fikrni ilgari suradilar. 125 Karimov N., Nazarov B., Normatov U. XX asr o‘zbek adabiyoti. 11-sinf uchun darslik. – T.: «O‘qituvchi», 1995, 295 b. 126 Usmonov R. Yuqori sinflarda yozuvchi biografiyasini o‘rganish. – T.: «O‘qituvchi», 1969. 31-bet. 127 Yo‘ldoshev Q. O‘qituvchi kitobi: Metodik qo‘llanma. T.:O‘qituvchi, 1997. 11 – 12-b. 295 «Adabiyot o‘qitish metodikasi» nomli qo‘llanmada yuqori sinf- larda yozuvchi uslubini o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratish zarurli- gi uqtirilgan. «Uslub yozuvchining ijodiga singib ketgan bo‘ladi. Uni ijodining ruhi, har bir asaridan anqib turadigan xushbo‘y hid deyish mumkin. Yozuvchining hayotga munosabatidagi, xarakter yaratishdagi, tasviriy vositalaridagi, fikrlash yo‘sinidagi, hatto biografiyasi va shaxsiyatidagi o‘ziga xosliklar hammasi birikib, uning uslubini vujudga keltiradi. Biroq uslub mana shunday mu- rakkab hodisa bo‘lsa ham, ijodning bir sohasi borki, unda uslub birinchi qarashdayoq ko‘zga yarq etib tashlanib turadi. Bu yozuv- chining tili. Tilda yozuvchining mahorati ham, estetik prinsiplari Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling