Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
Muallif shaxsining ana shu qirralarini ko‘rmasdan turib, asarni
tushunish qiyin. Tomoshabin, tinglovchi, kitobxon badiiy asardan uning oldiga zamon, odamlar yuragi qo‘ygan murakkab savollarga javob qidiradi. San’atkor xohlasa-xohlamasa, o‘z suhbatdoshining savollariga javob qaytaradi. Agar o‘quvchi darsda san’atkorning ichki olami bilan tanishsa, ovozining betakrorligini anglab yet- sa, yozuvchi bilan so‘zlashuv behad chuqur, hayajonli va to‘g‘ri bo‘ladi. Mutlaqo notanish shaxs bilan suhbatlashish mushkul, shuning uchun biografik ma’lumot badiiy asar tahlilida tabiiy va zaruriy tayanch bo‘lib qoladi» 135 . Adibning hayoti va ijodiy faoliyatini darsliklarda beriladigan tarjimai hollar yordamida o‘rganish ta’lim jarayonini to‘liq qam- rab olmaslikdan iborat bir yoqlamalilikka sabab bo‘ladi. Ayrim ma’lumotlarni eshitish mashqlari sifatida taqdim etish, ba’zilarini ma’ruza sifatida o‘quvchilarga yetkazish (yozuvchi yoki shoirning tug‘ilgan kuni munosabati bilan tashkil etiladigan adabiy kechalar dasturiga kiritiladi, devoriy gazetalarda beriladi), kinoko‘rsatuv, diafilm, videofilm va boshqa materiallardan foydalanish yo‘li bilan ham o‘rganish mumkin. Bular biografik ma’lumotlar mazmunini kengaytiradi. R. Usmonovning ta’kidlashicha: «O‘quvchilar yozuvchi biog- rafiyasini o‘rganish orqali san’atkorning ijodiy takomiliga ta’sir 135 Маранцман В. Г. Биография писателя в системе эстетического воспитания школьников. – Москва: «Просвещение», 1965. – С. 73. 300 301 etgan fakt va hodisalarni hamda ularning yozuvchi asarlarida qanday aks ettirilganini, shuningdek, asarlarining yaratilish tarixi, ularga singdirilgan g‘oyaviy fikrlar, yozuvchining asar ustida olib borgan ishlari, uning bu ijodiy mahsuli zamondoshlari tomonidan qanday kutib olingani va keyingi davrlar uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini tushunib oladilar» 136 . Ixchamlik uchun tarjimai hol yozuvchining o‘rganiladigan asari bilan bog‘liq faoliyat davrini yoritadigan qisqa ocherk tarzida tavsiya etilishi ham mumkin. Tarjimai holni bayon etish shakli ham muhim masala. Yozuvchi biografiyasi o‘rniga uning o‘zi haqidagi hikoyasidan, xatidan yoki biografik asaridan parcha bergan ham ma’qul. «Adabiyot» darsliklaridagi aksariyat tarjimai hollar (asosan XX asr o‘zbek adabiyoti namoyandalari haqida) shunday hikoyalardir. Bunday paytda ilmiy maqola o‘rnini badiiy matn egallaydi, natijada biografik ma’lumotlarni o‘rganishning estetik qiymati ta’minlanadi. Adibning o‘zi haqidagi hikoyasida ko‘proq tarixiy davr, ta- rixiy voqealar bilan bog‘lab o‘z mehnat faoliyati yoritiladi. Ijodiy faoliyati, badiiy mahorati haqida esa juda kam so‘z yuritiladi. Bun- day so‘z yuritilgan o‘rinlar ba’zan hisobotga o‘xshab ketadi. Ba’zan yozuvchi o‘z uslubining farqli xususiyatlarini aytib o‘tadi. Masalan, Sharof Boshbekov shunday deydi: «Har bir yo- zuvchining qandaydir o‘zigagina xos jihati bo‘ladi. Kimdir syujet topishga usta, kimdir noyob xarakterlar yaratishga mohir, boshqa- lari asar voqealarini zargarona terishda tengi yo‘q. Mening eng yaxshi ko‘rgan qurolim – yumor. Asar qanday janrda yozilmasin, voqealar qanchalik jiddiy, qahramonlarimning taqdiri qay dara- jada fojiali bo‘lmasin, yumor, hazil-mutoyiba, askiya unsurlari, so‘z o‘yinlaridan unumliroq foydalanishga harakat qilaman... « 137 . Nihoyat, aytish joizki, biografik ocherkning tili nisbatan sodda bo‘lishi kerak.Tarjimai hol sermazmun bo‘lishi bilan bir qatorda hajm jihatdan katta bo‘lib ketmasligi, o‘quvchilarning imkoniyat doirasidan chetga chiqmasligi, ularni zo‘riqtirishga olib kelmas- ligi, o‘ta zarur ma’lumotlar bilan qurollantirishni ko‘zda tutmog‘i lozim. 136 Usmonov R. K. Yuqori sinflarda yozuvchi biografiyasini o‘rganish. – T.: «O‘qituvchi», 1969. 37 – 38-b. 137 Kattabekov A., Raxmonov V. O‘zbek adabiyoti. 8-sinf uchun darslik-majmua. – T.: «O‘qituvchi», 1993. 195-b. 301 Adib hayoti va ijodining ilmiy bayoni: a) muayyan adibning yozuvchi va mutafakkir sifatidagi mav- qei; b) yashagan davrida tutgan o‘rni; v) ijodkor uslubi va uning shakllanishi; g) adibning milliy-ijtimoiy tafakkuri va adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi; d) uning umumjahon badiiyati va tafakkuri rivojiga munosa- bati; e) milliy g‘oya va milliy qadriyatlar tarkibidagi o‘rni singari masalalardan tashkil topsa, o‘quvchi e’tiborini jalb etishga yordam beradi. Adiblarning tarjimai holini keng miqyosda, batafsil o‘rganish VIII sinflardan boshlab amalga oshirilishi kerakligi metodist-olim- lar tomonidan ta’kidlangan. Bu yoshdagi o‘quvchilarga xos bo‘lgan inson shaxsini o‘rganishga qiziqish quyidagilarga asoslanadi: – iste’dodining rivojlanishi; – qalbining ulug‘vorligi; – tabiatga munosabati; – insonga munosabati. Yoshlarning komil inson sifatida shakllanishida milliy an’analar, qadriyatlar, ma’naviy boyliklar, davr ijtimoiy hayo- tining roli beqiyosdir. Shu bois tarjimai hollar mazmuni qanday bo‘lishidan qat’i nazar birinchi navbatda adibning o‘zi haqidagi hikoyasi bilan ijodi to‘g‘risidagi maqola qo‘shilgan holda berilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, O‘tkir Hoshimov shunday yozadi: «Men 1941- Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling