Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYASINING
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYASINING
XUSUSIYATLARI VA ADABIYOT O‘QITISHDA UNDAN FOYDALANISH Reja: 1. Modulli ta’lim texnologiyasining xususiyatlari. 2. Adabiy ta’lim jarayonida modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish. 3. Modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanishdagi izchillik. Modul (lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib qism, bo‘lak, blok ma’nolarini anglatadi 82 . Modulli ta’lim pedagogik texnologi- yani tashkil etuvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalaydi. Bu modulli ta’lim dars jarayonini tashkil etishdagi eng kichik ish turlaridan hamda ularning turli miqdordagi to‘plamlaridan iborat bo‘ladi. Bunda eng kichik faoliyat turi eng kichik modul sanalib, boshqa- lari qancha modulni qamrab olishiga qarab o‘ziga mos darajadagi modullar sanaladi. Adabiyot o‘qitish sohasida modulli ta’lim texnologiyasi de- yilganda adabiy ta’lim jarayonini modullar asosida loyihalashtirish nazarda tutiladi. Ajratilgan har bir modul bo‘yicha uning o‘zigagina xos bo‘lgan faoliyat mazmuni va ta’sir doirasi mavjud bo‘ladi. Adabiy ta’lim jarayonida modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanilganda o‘rganiladigan mavzu mantiqiy tugallangan bo‘laklarga, ya’ni modullarga ajratiladi. Har bir bo‘lak o‘quvchilar mustaqil ishlashlari uchun maxsus topshiriqlarga aylantiriladi. Modulli ta’lim texnologiyasida o‘quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan har qanday faoliyatga o‘quv elementi deb qaraladi. O‘quv elementi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: – o‘quvchi faoliyatining aniq elementlarini o‘rgatish bilan bog‘liq nazariy va amaliy ma’lumot; – o‘quvchining o‘quv faoliyatini ta’minlovchi ma’lumotlar; – aynan o‘xshash maqsadlar yig‘indisi; – o‘quvchi ishlashi lozim bo‘lgan zaruriy materiallar to‘plami; – o‘quvchining ish faoliyati, nazarda tutgan farazlari, buning uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit va topshiriqning bajarilganlik da- rajasini nazorat qiluvchi materiallar. 82 https://ru.wikipedia.org 175 Adabiy ta’lim jarayonida modulli ta’lim texnologiyasidan foy- dalanish uchun avval quyidagi ishlar amalga oshiriladi: – mazkur yo‘nalishning xususiyatlarini ochib beradigan metodik majmualar yaratish; – ta’lim jarayonini tashkil etish uchun uni zaruriy didaktik ashyolar bilan ta’minlash; – ta’lim amaliyotini nazariy-metodik va amaliy-tashkiliy ji- hatdan to‘g‘ri uyushtira bilish. Adabiyot o‘qitishning modulli texnologiyasi – ta’limning bel- gilangan tamoyillariga muvofiq tarzda rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Bunda motivatsiya (o‘quvchining bilishga bo‘lgan ichki ehtiyoji), modullilik, muommalilik, hamkorlikka asoslanish, sub- yekt-subyekt munosabati, didaktik o‘yinlar, audio-vizual va hk. tamoyillar nazarda tutiladi. Asar ustida ishlashda modulli ta’lim texnologiyasidan foy- dalanilganda quyidagi izchillikka amal qilinadi: – modulli ta’lim uchun zarur shart-sharoitni yaratish; – modulning maqsadi va mazmunini belgilash; – nazariy va amaliy ma’lumotlarni ajratish; – ta’lim amaliyotini rejalashtirish; – o‘quv hamda didaktik materiallar, texnik vositalarni tay- yorlash; – amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish; – zaruriy nazariy bilimlarni mustahkamlash; – o‘quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini aniqlash; – o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash. Adabiyot darslarini modulli ta’lim texnologiyasi asosida tash- kil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish deganda, avvalo, o‘quvchilarni ham aqlan, ham ruhan mazkur darsga tayyorlash na- zarda tutiladi. Qolaversa, darsni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit va o‘quv materialini vaziyat taqozosiga moslashtirish ishlariga ham e’tibor qaratiladi. Modulning mazmunini belgilashda, dastlab adabiy ta’limning bosh maqsadi – ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish va bu yo‘lda xizmat qiladigan o‘quv materiallari (mazmun)ni tayyor- lashga e’tibor qaratiladi. Modullar bilan ishlash yakunidagi natija esa, ya’ni o‘quvchi egallagan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxslik sifatlari mazkur maqsadga erishilganlik darajasini ko‘rsatadi. Mo- 176 177 dulli adabiy ta’limning maqsadi ham barcha ta’lim texnologiyalari singari adabiy ta’lim bo‘yicha davlat standartiga tayanadi. Modulli ta’lim texnologiyasining maqsadi qancha aniq bo‘lsa, unga eri shish darajasi shuncha oson bo‘ladi. Mazkur bosqichdagi eng muhim ishlar – o‘quv materiali mazmuni va undagi muhimni nomuhimdan ajratish, badiiy asardagi o‘quvchi ko‘nglidan o‘tsa, ma’lum ijobiy iz qoldiradigan jihatlarni umumlashtirish, ularni o‘quvchi hayoti bilan bog‘lashga yo‘naltirish, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabat- lari tabiatini belgilab olishdan iboratdir. Umuman, adabiyot o‘qitishda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish – o‘quvchilarni ma’naviy kamolot yo‘liga solishda, buning uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxslik sifatlarini egallashida, nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishi- da, mustaqil fikrlashga odatlanishida, badiiy tahlil malakalarini egallashida, o‘z bilim va qobiliyatlarini baholay bilishida, o‘zining xato-kamchiliklarini anglash va ularni bartaraf qila bilishida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Adabiyot darslarida modulli ta’lim texnologiyasidan foy- dalanishning amaliy namunasi sifatida A. Ekzyuperining «Kich- kina shahzoda» asari ustida ishlash darsini tavsiya etish mumkin. Umumta’lim maktablari 5-sinfi dasturida Antuan de Sent-Ekzyu- perining «Kichkina shahzoda» asarini o‘rganish uchun to‘rt soat ajratilgan. Asarni o‘rganishga yo‘naltiruvchi talqin quyidagicha: «Ertak-qissada bolalar olamining mahorat bilan tasvir etilishi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling