Alisher navoiy nomidagi


III BOB. ISHNING AMALIYOTGA TATBIQI


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/28
Sana08.09.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1674545
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
ziroat bmi 2017-2018

III BOB. ISHNING AMALIYOTGA TATBIQI 
 
3.1. Akademik litsey 2-bosqich uchun kichik guruhlar bilan ishlash metodi 
asosida tashkil qilingan darsning ishlanmasi va texnologik xaritasi 
O‘quv fanining nomi: Hozirgi o‘zbek adabiy tili.
Mavzu nomi: Sinonimlar va ularning uslubiy xususiyatlari. 
Darsning maqsadi: 
a) ta’limiy: O‘quvchilarda sinonim va uning uslubiy xususiyatlari haqida 
bilim va ko‘nikmalar hosil qilish. 
b) tarbiyaviy: o‘quvchilarda nutqiga e’tiborli bo‘lish ko‘nikmalarini 
tarbiyalash.  
c) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda o‘z nutqlarida so‘z ma’nolaridan to‘g‘ri 
foydalana olishga o‘rgatish. 
Kompetensiya:  
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: darslik materiallaridan va 
televizor, radiodan zarur ma’lumotlarni topa olish.  
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: mustaqil o‘qib-o‘rganish.  
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: Sinf va sinfdan tashqari ishlarda 
faol ishtirok etish.  
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: 
Nutqiy 
kompetensiya 
(tinglab 
tushunish, 
so‘zlash, 
o‘qish, 
yozish):o‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni tinglab 
tushuna oladi va topshiriqlarini bajaradi. 
Lingvistik kompetensiya: mavzuga oid so‘zlar va iboralarni og‘zaki va 
yozma nutqda qo‘llay oladi. 
Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng
o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar: 
1. Sinonimlar haqida tushunchaga ega bo‘lishadi va uni ko‘p ma’noli 
so‘zlardan farqini bilib olishadi. 


39 
2. Sinonimlarning turlari va affiks sinonimlar haqidagi bilimlarga ega 
bo‘lishadi va ularning paydo bo‘lish sabablarini bilib olishadi. 
3. Sinonimlar uyasi yoki qatori va dominantasi aniqlash malakasiga ega 
bo‘lishadi. 
4. Nutqda leksik sinonimlardan foydalanishning ahamiyati haqidagi 
bilimlarni o‘zlashtirishadi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling